02.03.2023
266

XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASIDA QUR'ON MUSOBAQASI


Joriy yilning 2-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasida "Qur’on musobaqasi 2023" bo‘lib o‘tdi. 

Musobaqaga Toshkent Islom instituti "Tahfizul Qur‘on" kafedrasi mudiri Jahongir Qori Ne‘matov, Toshkent Islom instituti "Tahfizul Qur‘on" kafedrasi Qur‘oni Karim va tajvid fani o‘qituvchisi Valixon qori Azimboyev, Toshkent Islom instituti "Tahfizul Qur‘on" kafedrasi Qur‘oni Karim va tajvid fani o‘qituvchisi Zafar qori Mahmudov,  Toshkent Islom instituti Aqoid va Fiqhiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi Farxod domla Jo‘rayev hamda yurtimizda ayollar ilmi va  sa‘viyasini oshirishda yetakchilik qilib kelayotgan fazilatli ustoz Odinaxon Muhammad Sodiq tashrif buyurdilar. 


Tadbir 3 bosqichda bo‘lib o‘tdi:
1. Murattaba yo'nalishi. (30 pora)
2. Hifz yo'nalishi.  (15 pora)
3. Tilovat yo'nalishi.

Murattaba yo'nalishi bo'yicha birinchi o'ringa 3-kurs talabasi Yusufiy Ruqoyya,  ikkinchi o'ringa 1-kurs talabasi Abdullayeva Zilola, uchinchi o'ringa 3-kurs talabasi  G‘ofurjonova Robiya munosib deb topildilar.

15 poralik hifz yo'nalishi bo‘yicha birinchi o'ringa 3-kurs talabasi Barotxojiyeva Mubina, 2-o‘ringa 2-kurs talabasi Abdurasulova Rahnamo, 3-o‘ringa 2-kurs talabasi Abduqahhorova Sharifa munosib deb topildilar.

Tilovat yo'nalishi bo‘yicha birinchi o'ringa 1-kurs talabasi Odilova Mo‘mina, ikkinchi o'ringa 1-kurs talabasi Axmadova Barno, uchinchi o'ringa 1-kurs talabasi Abduxalilova Muslima munosib deb topildilar. 

So‘ngra ta‘lim muassasa ma‘muriyati tomonidan qimmatli vaqtlarini ayamasdan tashrif buyurgan faxriy ustozlarimizga Tashakkurnomalar topshirildi.



Tadbirning ikkinchi qismida,  Odinaxon ustoz Muhammad Sodiq boshchiligida muassasa ustozalari bilan  o‘qib tugatilgan Hanafiy mazhabi ulamosi Shayx  Saloh Abul Haj qalamiga mansub "أكايل الماس"    "Olmos tojlar" kitobi bo'yicha  ijozalar taqdim qilindi. 

Tadbir ta‘lim muassasasi talabalari tomonidan qilingan xatmlarning duolarii bilan muassasa haqiga duoi xayrlar qilingan holda ko'tarinki ruhda yakunlandi.



"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi Yoshlar bilan ishlash, ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi.

Другие новости

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom taʼlim muassasasida "ZAKOVAT 2024" intellektual bellashuvi o'tkazildi.
16.02.2024 21
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom taʼlim muassasasida "ZAKOVAT 2024" intellektual bellashuvi o'tkazildi.Joriy yilning 15-fevral kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Yoshlar bilan ishlash, manaviyat-ma'rifat bo'limi" va...
Подробнее
XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASI O'QITUVCHI-XODIMLARI VA TALABALARI VIDEOKONFERENSIYADA
02.03.2023 144
#VideokonferensiyaJoriy yilning 2-mart kuni Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasi o'qituvchi-xodimlari va talabalari “Yoshlarning axborot psixologik xavfsizligini ta’minlash, turli xil yot g‘oyalar ta’siriga tushib qilishini oldini olish bo‘yicha...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida davra suhbati
01.03.2023 220
Joriy yilning 1-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga O'zbekiston musulmonlari idorasi Yoshlar ishlari bo'yicha muftiy o'rinbosari Uyg'un domla G'ofurov va Ta'lim va ilmiy tadqiqot bo'limi mudiri...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry