23.11.2022
222

Rahbarga itoat


Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Qadrli yurtimiz farovonlikka, xalqning iqtisodiy va ijtimoiy barqarorligiga tomon rivojlanib borish jarayonida, unga qarshi chiquvchi guruhlar internet tarmoqlarda, jamiyat orasida har xil norozilik kayfiyatlarini uygʻotishga qilayotgan urinishlarini guvohi boʻlmoqdamiz. Bu salbiy harakatlarining bir koʻrinishi davlatga qarshi, chunonchi rahbarlarga, ayniqsa dini islom xizmatida boʻlib turgan ulamolarimizga qarshi tarqatilayotgan mish-mishlar, igʻvolar, boʻhtonlardir. 
Oʻzlarining maqsadlariga yetish uchun muqaddas Islom dini manbalari — Qurʼon va hadislarni teskari talqin qilishdan ham tap tortishmayapti. Ha, ming taassufki ularning toʻriga ilinib onggi zaharlanib qolganlar ichimizda uchrab turibdi. Bunga rahbarlar haqqiga salohiyat, yaxshilik soʻrab duo qilinganda, gʻashi kelib, ichidan ijirgʻanib oʻtiradigan noshukur kimsalarni misol qilib koʻrsatish mumkin. Internet saytlarida, ijtimoiy tarmoqlarda ham bu mavzuni qizitib, bir qancha ahli ilmlar shaʼniga noloyiq soʻzlar tarqatuvchi jamoatchilar oʻzingizga ham maʼlum boʻlsa kerak. Mavjud hukumatga itoatda boʻlishni “gʻayri islomiy”, deb tushunuvchi oʻsha kimsalar oʻzlarini goʻyoki adolatparvar, islomga toʻliq amal qiluvchi komil musulmon qilib koʻrsatishadi. Oddiy avomdan va hatto baʼzi ziyolilardan iborat ayrim qiziqqonlarning oʻsha fitnachilarga qoʻshilib qoʻllab-quvvatlashi esa, ularning shariatmizda ayni shu mavzu bilan bogʻliq ahkomlarni mutlaqo bilmasligidan dalolat beradi.
Shundan kelib chiqib xulosa qildikki, Islom taʼlimotida va ijtimoiy munosabatlarda fuqaroning rahbarga munosabatini oʻrganish va bu haqda imkon qadar oʻquvchilarimizga maʼlumot berish — bugunning dolzarb vazifalaridan biri ekan.
Avvalambor, inson va jamiyat hayotining barcha tarmoqlarini qamrab oluvchi mukammal shariatimizda oddiy fuqaroning rahbarga qay yoʻsinda muomala qilish masalasi haqida aytib oʻtsak. Ahli sunnat aqidaviy yoʻnalishida bosh matnlardan hisoblanmish «Aqidatut-tahoviya”da mavzuga doir quyidagicha matnlar bor:
«Imomlarimiz, boshliqlarimiz agarcha zulm qilsalar-da, ularga qarshi chiqishni haq deb hisoblamaymiz. Ulardan birortasini qargʻamaymiz. Ularga boʻysunishdan bosh tortmaymiz. Ular modomiki maʼsiyatga amr qilishmas ekan, ularga itoat qilishni Allohga itoat qilish oʻlaroq farz deb bilamiz. Ularning haqqiga salohiyat, muvaffaqiyat va salomatlik soʻrab duo qilamiz» (Imom Abu Jaʼfar at-Tahoviy)
Peshqadam salaflarimizdan biri — Imom Tahoviyning bu jumlalari ahli sunna val-jamoa aqidaviy mazhabining eʼtiborli muhim hujjatlaridan biridir. 
Rahbarga qarshi isyon koʻtarish aslida xavorijlarning mazhabidir. Xavorijlar hazrati Ali roziyallohu anhuning rahbariyatini tan olmay, u kishiga qarshi chiqib, tarixda isyon bidʼatiga asos solgan birinchi toifa boʻlgan. Hatto ular haqida Rasululloh sollallohu alayhi va sallam oldindan «Xavorijlar — jahannam ahlining itlaridir», deb ogohlantirib ketganlar. Mingdan-ming afsuslar boʻlsinki, hazrati Alidek ulugʻ sahobaning rahbarligiga qarshi chiqish bilan peshonalariga «xavorij» degan tamgʻani ilib ketgan bidʼatchilarning izdosh avlodlari xozirgacha davom etib kelmoqda.
Shuningdek, Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning koʻplab hadislari ham imom Tahoviy hazratlari aytgan hujjatlarga asos boʻla oladi:
Imom Buxoriy Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qiladi:
«Rasululloh sollallohu alayhi va sallam aytdilar: quloq solinglar va boʻysuninglar! Garchi sizlarga boshi mayizdek habashiy hokim etib tayinlangan boʻlsa ham» (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).
Sof ahli sunnat yoʻlida yuraman degan musulmon hukumat qarori yoqmagan taqdirda ham boʻysunishdan bosh tortmaydi, jamiyatdan ajramaydi, xalq tinchligini buzib, davlatga qarshi isyonchilik harakatiga qoʻshilmaydi, boshliqlar ortidan igʻvo qilmaydi, qargʻamaydi, fitna qoʻzgʻamaydi. 
Diniy taʼlimotda boshliqlarga, rahbarlarga munosabat aniq va toʻgʻri koʻrsatilgan. Ijtimoiy munosabatlar psixologiyasida ham har bir jamoa sogʻlom, ishchan muhitga ega boʻlishi uchun rahbarga itoat qila olishi, bir maqsad sari intila olishi zarurdir. Jamiyat aʼzolarini boshqaruvchi rahbarlar atrofida jipslasha olishi, ularning olib borayotan islohotlarini qoʻllab-quvvatlashi,  jamiyatdagi iqtisodiy va ijtimoiy oʻzgarishlar dinamikasini ijobiy tomonga oʻzgarishiga olib keladi. 
Insonlar hayotdagi oʻz oʻrnini topish uchun ilm oladi, eʼtiqodi va iymoni barkamol boʻlish yoʻlida harakat qiladi, solih amallar qiladi, qabul qilingan jamiyat qonunlariga amal qiladi. Psixologik normal adekvat odam eng avvalosi oʻzi yashab turgan jamiyatda insonlar bilan ijtimoiy munosabatlarini toʻgʻri, samimiy olib borishga harakat qiladi. Har bir inson oʻzi yashayotgan jamiyat aʼzolari orasida oʻz oʻrniga ega boʻlishni, uni tan olishlarini istaydi. Koʻpincha, jamoa rahbarlariga qarshi boʻladigan, insonlar orasida har fitnalarni tarqatuvchilar, psixologik muammolari bor, hayotda oʻz oʻrnini topa olmagan, normal ijtimoiy munosabatlarga ega boʻlmagan kimsalardir. Ularni internetda, odamlar orasida tarqatayotgan norozilik kayfiyatlari aslida oʻzlarining ichki psixologik komplekslarining tashqariga, ijtimoiy munosabatlarga proyeksiya qilingan koʻrinishidir. 
Demak, fitnachilarning jamiyat boshqaruviga, rahbarlarga norozilik harakatlari, oʻsha shaxsning ichki psixologik muammolarining koʻrinishi, eng asosiysi eʼtiqodning notoʻgʻriligidandir. Diniy taʼlimotimizda ham, ijtimoiy munosabatlar psixologiyasida ham bundaylar insonlarni toʻgʻri taʼlim-tarbiyaga muhtojligi koʻrsatilgandir. Oʻzi  yetarlicha taʼlim-tarbiyaga ega boʻlmagan, bir qator psixologik muammolari bor insonlardan ogoh boʻlishimiz, eʼtiqodimizni, insonlararo ijtimoiy munosabatlarimizni bunday insonlardan asrashimiz nihoyatda muhimdir.

Muallif: ta’lim muassasasi o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Vaxidova.

Другие новости

МУҲТОЖЛИК ва ҚАШШОҚЛИКНИНГ энг катта 63 та САБАБИ
23.05.2024 92
КАЛОМУЛЛОҲНИНГ ОЯТИ КАРИМАЛАРИДАХУДОИМ ТАОЛО МАРҲАМАТ ҚИЛАДИ: Z «Аллоҳ хоҳлаган кишиларга беҳисоб ризқ берур» (Бақара сураси 2/212 оят);Z «Қасамки, агар берган неъматларимга шукр қилсангиз, албатта, уларни янада зиёда қилурман. Борди-ю, ношукрчилик...
Подробнее
“Al-Favzul kabir fi usulit tafsir” asarining usulut tafsir ilmida tutgan o‘rni”
11.05.2024 101
“Al-Favzul kabir fi usulit tafsir” asarining usulut tafsir ilmida tutgan o‘rni” “U mendan lafzlar sanadini olar,men esa undan ma’nolarnito‘g‘rilab olar edim”[1].Qur’on mo‘jizalari va uning ilmlari asrlar osha butun insoniyatni hayratga...
Подробнее
Alloh taolo sifatlarining turli e’tiborlardan taqsimlanishi
10.05.2024 106
Alloh taolo sifatlarining turli e’tiborlardan taqsimlanishi Allohni tanish bilan inson yuksak darajalarga ko‘tariladi. Allohning O‘zi Kitobida ta’riflagani kabi ism va sifatlari bilan taniymiz. To‘g‘ri, Allohning hech bir sifati bizga va...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry