03.12.2022
246

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta'lim muassasasi talabalari Muruvvat uyida

Joriy yilning 3 dekabr kuni “Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta'lim muassasasi  “Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo’limi” boshlig’i G.Maxamedova boshchiligida muassasa talabalarining BMT tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “3 dekabr – Xalqaro nogironlar kuni” munosabat bilan Toshkent shahri, Olmazor tumani 1 sonli muruvvat uyiga tashrifi amalga oshirildi.

 Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir. Ta’lim muassasasinig muallima, xodim va talabalari tomonidan to'plangan ehson hamda hadiyalari bilan Muruvvat uyi tarbiyalanuvchilarining ko'nglini ko'tardilar. 

Muruvvat uyi xodimlari haqqiga xatmi Qur'on duolari qilinib, bolalar tomonidan namoyish etilgan go'zal bayram tadbirini birgalikda tomosha qildilar. 

Bolalar minnatdorchilik ramzi o'laroq talabalarga o'z qo'llari bilan yasagan tabriknomalardan berdilar.

 Talabalar Muruvvat uyidan ko'plab ibratlar, kerakli xulosalar olib qaytdilar. 

“Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo’limi” boshlig’i G.Maxamedova

Другие новости

Наврўз айёмингиз муборак бўлсин
21.03.2025 23
Она диёримизга барчамиз орзиқиб кутган гўзал ва дилбар фасл баҳор кириб келди. Ана шу улуғ аййём - шарқона янги йил билан чин қалбимиздан муборакбод этамиз
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom taʼlim muassasasida "ZAKOVAT 2024" intellektual bellashuvi o'tkazildi.
16.02.2024 187
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom taʼlim muassasasida "ZAKOVAT 2024" intellektual bellashuvi o'tkazildi.Joriy yilning 15-fevral kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Yoshlar bilan ishlash, manaviyat-ma'rifat bo'limi" va...
Подробнее
XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASIDA QUR'ON MUSOBAQASI
02.03.2023 578
Joriy yilning 2-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasida "Qur’on musobaqasi 2023" bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga Toshkent Islom instituti "Tahfizul Qur‘on" kafedrasi mudiri Jahongir Qori Ne‘matov, Toshkent Islom...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry