
“Xadichai Kubro” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi
Joriy yilning 7 dekabr kuni
“Xadichai Kubro” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasida “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova boshchiligida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 30 yilligi munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirni o‘quv ishlar bo‘yicha direktor o‘rinbosari M.Vahidova kirish so‘zi bilan ochib berib, rahbar-xodimlarni, pedagog-o‘qituvchilar hamda talabalarni bayram bilan muborakbod etdi. Shundan so‘ng talabalar tamonidan tayyorlangan bayram dasturi namoyish etildi. Qomumisimizning yaratilish tarixi, fuqarolar orasida uchrab turuvchi ba’zi qonunbuzarliklar borasidagi chiqishlar yig‘ilganlar e’tirofiga sazovor bo‘ldi. Bundan tashqari asosiy qomusimiz qabul qilinganining 30 yilligi munosabati bilan davlatimiz rahbari tomonidan “O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishonini ta’sis etish to‘g‘risida”gi Farmoni qabul qilingani munosabati bilan “O‘zbekiston Konstitusiyasining 30 yilligi” esdalik nishoni bilan taqdirlangan ta’lim muassasasi o‘qituvchisi D.Mahmudova ta’lim muassasasi jamoasi nomidan tabriklandi. Hamda ta’lim muassasasi talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan “Xattotlik” va “Notiqlik san’ati” bo‘yicha musobaqa g‘oliblari tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan munosib taqdirlandilar.
“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova
Другие новости



Комментарии