
MUASSASA TALABA QIZLARI “ALISHER NAVOIY NOMIDAGI KINOCHILAR UYI” DA
#Tashrif
#Korrupsiyaga_qarshi_kurash_kuni #Konstitutsiya_30_yoshda
Joriy yilning 8 dekabr kuni yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish va ma’naviy boyligini oshirish maqsadida “8 dekabr - O‘zbekiston Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 30 yilligi” va “9 dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurash kuni” munosabati bilan ta’lim muassasasining o‘qituvchi va talaba qizlari bilan Alisher Navoiy nomidagi kinochilar uyida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 25 yilligini nishonlash arafasida Prezidentimiz tomonidan 2 ming 700 nafar mahkumni afv etish to‘g‘risidagi Farmoniga asoslangan, sud tizimi tamonidan nohaq ayblanib ozodlikdan mahrum qilingan shaxslarga o‘z oilasiga va jamiyatga qaytishi, ijtimoiy moslashish imkoniyatining berilishi o‘zbek xalqining kechirimlilik, rahmdillik va bag‘rikenglik kabi azaliy qadriyatlarining amaldagi yorqin ifodasi aks etgan “AFV” filmining premyera namoyishiga tashrif buyurildi.
Filmda Prezident Farmoni doirasida amalga oshirilgan ishlar natijasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan mamlakatimiz tarixida ilk marotaba 2 ming 700 nafar mahkumni, shu jumladan, jazoni ijro etish koloniyalaridan 956 nafar turli sharoitlar tufayli jinoyat sodir etgan, qilmishidan chin ko‘ngildan pushaymon bo‘lgan, tuzalish yo‘liga qat’iy o‘tgan, yashash joyi va jazoni ijro etish muassasasida ijobiy tavsiflangan shaxslarni qay yo‘llar bilan turmaga kelib qolganliklari aks etgan bo‘lib, talaba qizlar bu filmdan juda ko‘p ma’lumot va foydalar oldilar. Film namoyishi juda manfaatli bo‘ldi. Ma’lumot uchun joriy yil Prezident Farmoni bilan 402 nafar shaxs afv etildi.
“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova
Другие новости


