10.12.2022
40

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta'lim muassasasi talabalari poytaxtimizdagi “16 shahar shifoxonasi”ning “Bolalar bo‘limi”da

 Joriy yilning 1 dekabr kuni “Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta'lim muassasasi  “Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo’limi” boshlig’i G.Maxamedova boshchiligida muassasa talabalarining BMT tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “10 dekabr – Xalqaro inson huquqlari kuni” munosabat bilan Toshkent shahri, Chilonzor tumani 16 sonli  shahar shifoxonasi “Bolalar bo‘limi” tashrifi amalga oshirildi.

 


Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad irqi, jinsi, tili, dini, siyosiy qarashlari, mol-mulki, tabaqasi yoki boshqa holatidan qat’i nazar har bir insonning yashash huquqi, so‘z va e’tiqod erkinligi, tinchlikka bo‘lgan huquqlarini qoʻllab-quvvatlashdan iboratdir. Ta’lim muassasasinig muallima, xodim va talabalari tomonidan to'plangan ehson hamda hadiyalari bilan shifoxonaning  “Bolalar bo‘limi”dagi  Neyroxirurgiya, Travmatologiya, Pediatriya bo‘limida davolanayotgan bemor bolalar va ularning yaqinlari holidan xabar olinib, ko'ngillarini ko'tardilar.

  Zero, bu haqda Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam shunday deganlar: “Musulmonning musulmon ustidagi haqqi beshta: salomga alik olish, bemorni ko‘rgani borish, janozada qatnashish, chaqirilgan joyga borish, aksirgan kishiga (“Yarhamukallohu...”, deb) javob aytish” (Imom Buxoriy,  va Imom Muslim rivoyati). Ushbu hadisi sharifdan ham ko‘rinib turibdiki, biz mo‘min-musulmonlarning bir-birimizdagi haq-huquqlarimizdan biri – kasal bo‘lgan bemorlarni ziyorat qilishlik ekan. 

Talabalar bemorlar ziyoratdan ko'plab ibratlar, kerakli xulosalar olib qaytdilar. 

“Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo’limi” boshlig’i G.Maxamedova

Другие новости

XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASIDA QUR'ON MUSOBAQASI
02.03.2023 24
Joriy yilning 2-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasida "Qur’on musobaqasi 2023" bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga Toshkent Islom instituti "Tahfizul Qur‘on" kafedrasi mudiri Jahongir Qori Ne‘matov, Toshkent Islom...
Подробнее
XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASI O'QITUVCHI-XODIMLARI VA TALABALARI VIDEOKONFERENSIYADA
02.03.2023 14
#VideokonferensiyaJoriy yilning 2-mart kuni Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasi o'qituvchi-xodimlari va talabalari “Yoshlarning axborot psixologik xavfsizligini ta’minlash, turli xil yot g‘oyalar ta’siriga tushib qilishini oldini olish bo‘yicha...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida davra suhbati
01.03.2023 18
Joriy yilning 1-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga O'zbekiston musulmonlari idorasi Yoshlar ishlari bo'yicha muftiy o'rinbosari Uyg'un domla G'ofurov va Ta'lim va ilmiy tadqiqot bo'limi mudiri...
Подробнее

Оставить комментарий

Комментарии

Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 299-24-11
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Тошкент шаҳри Учтепа тумани Ўрикзор даҳаси Зарафшон кўчаси 15-уй.
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry