12.12.2022
41

 “XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR ISLOM TA’LIM MUASSASASI TALABALARI POYTAXTIMIZDAGI IMKONIYAT CHEKLANGAN BOLALAR UCHUN IXTISOSLASHTIRILGAN 36-YORDAMCHI MAKTABIDA



Joriy yilning 12 dekabr kuni “Xadichai Kubro” ayol-qizlar islom ta'lim muassasasi  “Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo’limi” boshlig’i G.Maxamedova boshchiligida muassasa talabalarining BMT tashkiloti tomonidan e’lon qilingan “12 dekabr – Birlashgan millatlar tashkilotining bolalar jamgʻarmasi” tashkil topgan kuni munosabati bilan Toshkent shahri, Olmazor tumanida joylashgan  imkoniyat cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 36-yordamchi maktabiga tashrifi amalga oshirildi.
Ushbu sana butun dunyo boʻylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad dastavval uzoq vaqt davom etgan urush natijasida katta qiyinchiliklarga duchor boʻlgan Yevropa bolalariga gʻamxoʻrlik koʻrsatish bo‘lgan bo‘lsa, keyinchalik yer yuzida, ayniqsa rivojlanayotgan mamlakatlardagi bolalarning sog‘lom va barkamol voyaga yetishiga kumaklashish uning bosh tamoyiliga aylangan. Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, UNICEFga aʼzo boʻldi va u bilan yaqin hamkorlik oʻrnatdi.
Ta’lim muassasasinig muallima, xodim, talabalari va sahovatli insonlar tomonidan to'plangan ehson hamda hadiyalari bilan mazkur maktab o‘quvchi va murabbiylari yo‘qlanib, ko'ngillari ko'tarildi.  Zero, O‘zbekiston ushbu jamgʻarma tomonidan bolalarni immunizatsiya qilish, boshlangʻich maktab oʻquvchilarini oziq-ovqat va ichimlik suv bilan taʼminlash vaksinalar yetkazib berish boʻyicha uzoq muddatli dasturlar, Orolboʻyi aholisiga yordam koʻrsatish yuzasidan maxsus dastur, "Orol dengizi: mintaqaviy va ekologik yordam loyihasi" ishlab chiqqan. Talabalar tashrifdan ko'plab ibratlar, kerakli xulosalar olib qaytdilar. 

“Yoshlar bilan ishlash, ma'naviyat va ma'rifat bo’limi” boshlig’i G.Maxamedova

Другие новости

XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASIDA QUR'ON MUSOBAQASI
02.03.2023 24
Joriy yilning 2-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasida "Qur’on musobaqasi 2023" bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga Toshkent Islom instituti "Tahfizul Qur‘on" kafedrasi mudiri Jahongir Qori Ne‘matov, Toshkent Islom...
Подробнее
XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASI O'QITUVCHI-XODIMLARI VA TALABALARI VIDEOKONFERENSIYADA
02.03.2023 14
#VideokonferensiyaJoriy yilning 2-mart kuni Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasi o'qituvchi-xodimlari va talabalari “Yoshlarning axborot psixologik xavfsizligini ta’minlash, turli xil yot g‘oyalar ta’siriga tushib qilishini oldini olish bo‘yicha...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida davra suhbati
01.03.2023 18
Joriy yilning 1-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga O'zbekiston musulmonlari idorasi Yoshlar ishlari bo'yicha muftiy o'rinbosari Uyg'un domla G'ofurov va Ta'lim va ilmiy tadqiqot bo'limi mudiri...
Подробнее

Оставить комментарий

Комментарии

Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 299-24-11
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Тошкент шаҳри Учтепа тумани Ўрикзор даҳаси Зарафшон кўчаси 15-уй.
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry