
“Xadichai Kubro” o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasida “Musulmon sharqida ilm-fan rivoji va hozirgi zamon” mavzusida ilmiy-ma’rifiy suhbat tashkil etildi
Joriy yilning 15 dekabr kuni «Xadichai Kubro» o‘rta-maxsus islom ta’lim muassasasi o‘qituvchi va talabalari ishtirokida “Musulmon sharqida ilm-fan rivoji va hozirgi zamon” mavzusi yuzasidan ilmiy-ma’rifiy suhbat o‘tkazildi.

Tadbirni yuqori saviyada tashkil qilish maqsadida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi Markaz bo‘lim boshlig‘i, falsafa doktori (Phd) Gʻaniyeva Gulnora Jamolidinovna,
Markaz kichik ilmiy xodimi Anvarova Barno Asil qizi hamda Markaz kichik ilmiy xodimi Mansurova Nilufar Muhsinjon qizi taklif qilindi. Tadbirni ta’lim muassasasi direktori N.Ibragimova kirish so‘zi bilan ochib berdi.

Shundan so‘ng mehmonlar so‘zga chiqib, sivilizatsiyani qachon tashkil qilinganligi, uning ahamiyati, kelajakda qanday muvaffaqiyatlar kutilayotgani, markazning qanday bo‘limlardan tashkil topgani, uning vazifalari, tarkibiy qismlari, u yerga ishga olinish tartibi, kelajakada qanday ilmiy yangiliklarga qo‘l urilishi, hozirgi kunda qancha xodim faoliyat olib borayotgani, ular nimalar bilan mashg‘ul ekanligi, shu kungacha markazda qancha qo‘lyozma manba’lar o‘rganilib, mutaxassislar tomonidan tarjima qilingani, chet eldan 4000 dan ziyod ilmiy manba’lar olib kelingani haqida ma’lumot berdi.

Shuningdek, markazning faoliyati bevosita bilim yurti talabalariga ham bog‘liq ekanligini, ularni kelajakda qanday vazifalar kutayotgani haqida ma’lumot berdilar hamda kelajakda birga hamkorlikda ishlashga ham taklif qildilar. Bundan tashqari davra suhbatida yurtimiz ulamolari, xususan, ayol ulamolar haqida alohida to'xtalindi.

Tadbir so‘ngida mehmonlar talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berishdi hamda «Xadichai Kubro» o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi axborot resurs markaziga O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatiga oid jurnallarni taqdim qilishdi.

Muassasa O‘zbekistondagi Islom sivilizasiyasi markazi ilmiy xodimlariga minnatdorchilik bildirib, kelgusida ham tadbirlarda hamkorlikda faoliyat yuritishlikni taklif qildilar. Talabalar esa Islom sivilizatsiyasi hamda Musulmon sharqida ilm-fan rivojiga hissa qo‘shgan ulamolar borasidagi o‘z ilmlarini yanada kengaytirdilar.
“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i”
G.Maxamedova
Другие новости


