09.01.2023
540

“𝐍𝐞𝐠𝐚 𝐦𝐮𝐬𝐮𝐥𝐦𝐨𝐧𝐥𝐚𝐫 𝐲𝐚𝐠𝐨𝐧𝐚 𝐦𝐚𝐳𝐡𝐚𝐛𝐠𝐚 𝐞’𝐭𝐢𝐪𝐨𝐝 𝐪𝐢𝐥𝐦𝐚𝐲𝐝𝐢?”


  „Islom bir boʻlsa nega mazhablar 4 ta?“ ,”Rasululloh alayhissalom qaysi mazhabda boʻlganlar?“, “Qur’on va Sunnat turganda, Abu Hanifaga ergashamizmi?” degan gaplar tez-tez qulogʻimizga chalinib turadi. Oʻz mazhabimizga nisbatan ishonch va e’tiqodimiz kuchli boʻlishiga qaramasdan, ba’zan bu gumonlar qalbimizga oʻrnashib, bemazhablarga javob berolmay qolamiz.
  Chindan ham musulmonlar yagona mazhabga ergashishi kerakmi? Keling, bu savolga birgalikda javob topishga harakat qilamiz.
   Avvalambor shuni eslatib oʻtish kerakki, Ahli sunna val jamoadagi 4 mazhab orasidagi fiqhiy ixtiloflar faqat shakliy narsalarda, xolos. Bu davr, jamiyat, hayot tarzi oʻzgarishiga bogʻliq boʻlib, bunday ixtiloflar boʻlishi aslida tabiiydir.
   Fiqhning birinchi asosiy manbasi - Qur’oni karim oyatlari muhkam (ochiq -oydin) va mutashobih (undan iroda qilingan ma’no noaniq) oyatlarga boʻlinishi, shuningdek, arab tilidagi soʻzlarning turli ma’nolar ifoda etishi ham fikrlar xilma-xilligini taqozo qiladi.
   Mazhabboshilar ham bir-birining fikrini hurmat qilgani, hatto bir - birligidan ilm oʻrgangani tarixdan ma’lumdir. Imom Molik oʻzlarining “Muvatto” kitoblarini ta’lif qilganlarida, Xalifa Ja’far : „Agar xohlasang, hamma odamlarni shu kitobga jamlayman” , -dedi. Shunda Imom Molik: „Yoʻq, unday qilma, Rasulullohning sahobalari hamma yoqqa tarqalib ketishdi, ularning har biri oʻzi bilan yaxshilikni olib ketdi“, - dedilar.
  Alloh taolo mazhabboshilarimiz, faqih olim-u fuzalolarimizdan oʻzi rozi boʻlsin!

Tayyorladi:1 kurs talabasi Ibrohimova Ziyoda
Mas'ul: “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova

Другие новости

Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi
19.12.2025 6
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi Insonni yo‘qdan bor qilgan va mavjudodlari ichida mukarram aylagan zot -Alloh taolodir. Alloh taolo insonga ham aql, ham nafs istaklarini bergan. Nafsi aqlidan ustun...
Подробнее
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari
18.12.2025 6
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari“Hidoya” asarini mutolaa qilgan kishi biror fiqhiy masalaga Imom Marg‘inoniy boshqa faqihlar kabi Qur’oni Karim, sunnat, sahobalarning osorlari, ijmo, qiyos, istehson kabi bir nechta dalillar keltirganining...
Подробнее
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni
17.12.2025 7
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni Islom dini - insoniyat tarixida eng buyuk ma’naviy uyg‘onish harakatlaridan biri bo‘lib, uning asosiy manbalari Qur’oni karim va Rasululloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlaridir. Tarix...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry