Islom dinida yetimlarga bo‘lgan munosabat
Islom dinida yetimlarga bo‘lgan munosabat
Dinimiz kishilarni yuksak axloq, chinakam insoniy fazilatlarga targ‘ib qilish barobarida kichiklarga rahm-shafqatli, marhamatli bo‘lishga, hattoki yosh bolalarning haq-huquqlarini ham himoya etishga chaqiradi. Rasululloh sallallohu alayhi vassalam “jannat rayhonlari” deb e‘zozlagan bolalarning huquq va manfaatlari islom huquqida har tomonlama muhofaza etilgandir. Har bir bola dunyoga kelgan kunidan boshlab ota-onalari, jamiyat va davlat tomonidan ko‘rsatiladigan zaruriy parvarish, ta’min, shuningdek, moddiy, gigiyenik va ma’naviy ko‘mak olish huquqiga ega.
Islom huquqida bola asrab olish masalasiga o‘zgacha yondoshilgan. Qur’oni karimda ushbu masalaga batafsi sharh berilgan. Masalan, Ahzob surasining 4-oyatida shunday deyilgan:
مَّا جَعَلَ اللَّهُ لِرَجُلٍ مِّن قَلْبَيْنِ فِي جَوْفِهِ ۚ وَمَا جَعَلَ أَزْوَاجَكُمُ اللَّائِي تُظَاهِرُونَ مِنْهُنَّ أُمَّهَاتِكُمْ ۚ وَمَا جَعَلَ أَدْعِيَاءَكُمْ أَبْنَاءَكُمْ ۚ ذَٰلِكُمْ قَوْلُكُم بِأَفْوَاهِكُمْ ۖ وَاللَّهُ يَقُولُ الْحَقَّ وَهُوَ يَهْدِي السَّبِيلَ ﴿٤﴾
“Alloh bir kishining ichida ikki qalb qilgan emasdir. (Shuningdek), sizlar “zihor” qiladigan xotinlaringizni ham sizlarga ona qilgan emas va asrandi bolalaringizni o‘z bolalaringiz qilgan emasdir. Bu sizlarning og‘izlaringizdagi so‘zingizdir. Alloh esa haqiqatni aytur va Uning O‘zi yo‘lga boshlar”.
Oyatdagi ikkinchi masala asrandi bola haqida. Boqib olingan asrandi bola hech qachon o‘zi tuqqan bolalaridek mahram bo‘la olmasligini, nikoh va meros masalalarida ularning huquqi begonalar huquqi bilan barobar bo‘lishi haqida ko‘rsatmalar berilgan. Asrab olingan bola o‘gay ota-onasiga shariat bo‘yicha mahram bo‘lmaydi, agar: bola qiz bo‘lsa – asrab oluvchi erkakka nomahram bo‘ladi. Bola o‘g‘il bo‘lsa – asrab oluvchi ayolga nomahram bo‘ladi. Agar bola go‘dakligida (2 yoshga to‘lmasdan oldin) asrab oluvchi ayoldan sog‘lom tarzda sut emgan bo‘lsa, u holda sut qarindoshligi sababli mahram bo‘ladi. Bu bilan bola asrab olish va uni tarbiya qilib voyaga yetkazish savobi inkor etilayotgani yo‘q. Masalan, bir oilada asrandi og‘il voyaga yetsa, shu oiladan singilga uylanish mumkin va aksincha ham.
Surada Rasululloh sallallohu alayhi vasallam asrab olgan Zayd ibn Horisa voqeasi batafsil bayon etiladi.
Umuman, Quronda yetim bolalar va ularning huquqlarini ta’minlashga doir bir qator oyatlar mavjud. Misol uchun, Niso surasining bir qancha oyatlarida ularning mulki har tomonlama himoya qilinadi: “(Voyaga yetgan) yetimlarga mol-mulklarini (qaytarib) beringiz, pok narsani nopok narsaga almashtirmangiz! Ularning mollarini o‘z mollariningizga qo‘shib ham yemangiz! Zero, bu katta gunohdir.”
“Yetimlarni to balog‘at yoshiga yetgunlaricha, imtihon qilib (jinsiy holatini tekshirib) turinglar: voyaga yetganliklarini sezsangiz (omonat) mol-mulklarini o‘zlariga topshiringlar! Ularni isrof qilib va (ulg‘ayib qolmasinlar deb) shoshqoloqlik bilan yeb yubormangiz. Kim boy bo‘lsa, (yetim molidan) saqlansin. Agar kambag‘al bo‘lsa, yaxshilikcha (me’yorida olib) yesin. Mol-mulklarini o‘zlariga qaytarganingizda, ularga guvoh chaqiringlar. Alloh hisob-kitobda kifoya qiluvchidir.”
Manba: Sahihi Buxoriy “Nikoh kitobi”, Shayx Abdulaziz Mansur “Qur’on ma’nolar tarjimasi”
Tayyorladi: ta’lim muassasasi talabasi M.Muhammadjonova
Mas’ul: ta’lim muassasasining hadis fani o ’qituvchisi J.Gaipova
Другие новости
УЗ
РУ
EN
العربية