13.01.2023
460

Qurʼoni Karim tilovati...




​Allohning kitobini yod olishdan soʻng shu narsani bildimki, Qurʼon bilan hamsuhbatlik to jannatga yetguncha davom etadigan suhbat ekan.
Qurʼonning oʻziga xos ruhoniy muhiti bor ekan. U shunday nur ekanki, aslo soʻnmas ekan. Barakasi esa bardavom ekan...

Qatoda roziyallohu anhu:
„Kimki Qurʼon bilan hamsuhbat boʻlib, bahramand boʻlar ekan, undan yoki ziyodalik va foyda bilan yoki aksincha, nuqson-kamchilik bilan forigʻ boʻladi“, dedilar va quyidagi oyatni tilovat qildilar:
„Biz Qurʼonni moʻminlar uchun shifo va rahmat oʻlaroq nozil qilurmiz. U zolimlarga ziyondan boshqani ziyoda qilmas“

(Isro surasi, 82 oyat).

*Uyda bardavom Qurʼon oyatlarini tinglab yurish biz uchun olti foydani tortiq qiladi:
1. Sakinat va xotirjamlik yuzaga keladi.
2. Shaytonlar haydaladi,  quviladi.
3. Janjal –kelishmovchiliklar kamayadi.
4. Bolaning tili ravonlashadi, yaxshilashadi.
5. Yodlash va eslab qolish osonlashadi.
6.Inson tafakkuri rivojlanadi..

*Nafs zaiflashsa, Qurʼon bilan kuchlantiring..Nafs kuchayib ketsa, Qurʼon bilan mahkam qiling... Nafs mahzun boʻlsa, Qurʼon bilan tasalli bering...
Qurʼonning butun borligʻi rahmatdir!

*Allohning muhabbatini qoʻlga kiritishdagi eng ulkan nafl ibodat ham bu– Qurʼoni Karim tilovatidir. Ayniqsa tafakkur qilib oʻqilganda!

*Yer yuzida Allohning jannatlarini izlaganlar uchun Qurʼon jannatdir...
*Qur'on bu - hayot, nur, hidoyat, shifo va ruhdir ...

Manbalar asosida 1-kurs talabasi M.Akramnazarova tayyorladi

Другие новости

Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi
19.12.2025 6
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi Insonni yo‘qdan bor qilgan va mavjudodlari ichida mukarram aylagan zot -Alloh taolodir. Alloh taolo insonga ham aql, ham nafs istaklarini bergan. Nafsi aqlidan ustun...
Подробнее
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari
18.12.2025 6
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari“Hidoya” asarini mutolaa qilgan kishi biror fiqhiy masalaga Imom Marg‘inoniy boshqa faqihlar kabi Qur’oni Karim, sunnat, sahobalarning osorlari, ijmo, qiyos, istehson kabi bir nechta dalillar keltirganining...
Подробнее
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni
17.12.2025 7
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni Islom dini - insoniyat tarixida eng buyuk ma’naviy uyg‘onish harakatlaridan biri bo‘lib, uning asosiy manbalari Qur’oni karim va Rasululloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlaridir. Tarix...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry