19.01.2023
451

Tahajjud_namozi

Goʻzal hikoya...
Tahajjud_namozi..

Bir podshohning  juda ham chiroyli,goʻzal axloqli,shu bilan birga Allohdan qo'rqadigon mo'mina qizi bor edi..
Uning juda ham qimmatbaho marjoni  bor edi.
Qiz marjonini sotib, puliga masjid qurish uchun otasiga berdi.
Uning bu istagini qondirish uchun masjid qurila boshladi.
Bir kuni qiz masjid qanday qurilayotkanini ko'rish uchun borishni istadi va oʻsha kuni masjiddagi barcha ishchilarga ketish uchun buyruq berildi.
Ishchilardan biri esa binoning baland joyida ishlayotgan edi, uni qo‘riqchilar ko‘rmay, o‘z joyida qoldi...
Podshohning qizi masjidga kirib, yuzidagi pardani olib, masjidga qaradi.
Ishchi podshohning qizini va uning go'zalligini ko'rib oshiq boʻlib qoldi.
Muhabbat bu yosh ishchining qalbiga ta'sir qildi..
Ishchi uyga qaytib kelib qizga boʻlgan muhabbati tufayli soogʻinch va  qayg'u ila kasallanib, to'shakka mixlanib qoldi!
Uning keksa onasi bor edi ...
Onasi oʻgʻlining holatidan ajablanib, so'radi:
-O‘g‘lim, senga nima bo‘ldi, nega bundaysan?
U dedi:
- Ey ona, men podshohning qizini ko‘rdim, uni  oshiq boʻlib qoldim..
Agar unga uylanmasam o'laman...
Ona o'g'liga hamdard bo'lib, undan qo'rqib, umidsizlik ila podshohning qizini oldiga kirdi......
U o‘g‘lini tirik qoldirish uchun Allohdan yordam berishini so‘radi...
U aytdi:
-Mening iltimosim gʻaroyib,balki bunga rozi boʻlmaysiz..
Lekin o‘g‘lim yosh yigit, qurilishda ishlaydi,bir kun sizni koʻrib,oshiq boʻlib qoldi..
U sizga uylanmoqchi, hozir esa og‘ir ahvolda..
Men uni oʻlib qolishidan qo'rqaman...
Podshohning qizi:
-Men roziman -, dedi.
Kampir:
-Roziman?!!
Podshohning qizi:
-Ha,Ammo bir shartim bor:
Oʻgʻlingiz menga tungi namozni mahr qilib beradi-,dedi
Kampir taajjublanib soʻradi:
-qanday qilib?
Qiz oʻg'lini qirq kecha tahajjud namozini o'qishligini aytdi.
Ona xursandchilik bilan uyga qaytib, to'shakda kasal boʻlib yotgan o'g'lining oldiga keldi va:
-O‘g‘lim, podshohning qizi senga turmushga chiqishga rozi bo‘ldi,
Ammo tahajjud namozi unga mahr qilish sharti bilan- dedi.
Yigit rozi boʻlib,namozni oʻqishni boshladi.
Shunday qilib, u birinchi kechada turib namoz o‘qidi, lekin uning xayollari va aqli podshoh qizining go‘zalligida edi...
Ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi kechada uning aqli, yuragi bir xil holatda edi.
Va har kecha u Allohga yaqinlasha boshladi,  uning yaqinligi kundan-kunga kuchaya boshladi...
Qirqinchi kechani tugatgach opodshohning qizini sog‘inmaganini ko‘rdi...
🌼Uning yuragiga yana bir muhabbat kirdi....
Bu Allohning sevgisi, sajdasi va har kecha U bilan uchrashishlik hissi edi..
Qirq kechani tugatgandan keyin yigitning onasi unga:
-Qani, borib podshohning qiziga unashtiraylik,-dedi
U esa javob berdi:
- Yo'q, onam, u menga kerak emas!!!
Men uni sevardim, chunki qalbim uning Yaratganga bo'lgan muhabbatiga to'la emas edi.
Endi men bu ayolni Yaratganni sevaman, shunday ekan, go'zal ayolning o'z Yaratuvchisi oldida qancha qadri bor, men uni xohlamayman...
Bu xabar podshohning qiziga yetib keldi.
U esa buni bilishligini aytdi ...
Bir kishi tahajjud namozini o'qishda bardavom boʻlsa
Alloh taolo uni barcha insonlar va dunyo va undagi barcha narsalardan behojat qilib qoʻyadi.
Podshohning qizi dono edi, dunyo qalbiga oʻrnashib olganlarni qayerga yoʻnaltirishni bilar edi..
Agar u bu yigitni rad etsa, u o'lishi yoki unga biror narsa bo'lishi mumkinligini ko'rib, undan bu iltimosni so'radi.
U yolg'iz o'zi to'g'ri yo'lga qaytishiga amin edi...

                         ***
Haqiqat shundaki, biz dunyoni va moddiy ko'rinishlarni yaxshi ko'ramiz, chunki qalblarimiz Yaratganning sevgisiga to'lmagan....
Shunday ekan, biz Alloh taolodan qalblarimizni Uning sevgisi bilan to‘ldirishini so‘rab duo qilishimiz va imkon qadar harakat qilishimiz va o‘zimizga bosim o‘tkazishimiz kerakki, tun qorong‘usida turishimiz va bizni hech qachon unutmaydigan Yaratganimiz bilan yolg‘iz qolishimiz kerak....

*Duo:
اللهم ارزقنا حبك وحب من احبك وحُب كلِ عمل يقربنا الى حبك..
Allohim o'z sevgingni, seni sevganlarning muhabbatini va bizni sevgingga yaqinlashtiruvchi har bir ishni muhabbatini bergin.. Amiyn

1-kurs talabasi M.Akramnazarova tarjimasi

Другие новости

JADID MA’RIFATPARVAR VA MATBUOT
28.05.2025 5
Behbudiyning Samarqand gazetasi mahalliy mavzudagi muammolarni ochiqroq tarzda maydonga tashlaydi. Mahalliy savdogarlarni “tijorat ilmini bilmaganlikda yoki bilsa ham juda yaxshi bilmaslikda” ayblaydi, rus maktablarida oʻqiganlarni “millat gʻamini yemaysiz” deb tanqid...
Подробнее
Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar targ‘iboti
26.05.2025 7
KirishVijdon erkinligi — insonning o‘z e’tiqodini tanlash, unga amal qilish yoki rad etish huquqi bo‘lib, bu huquq har bir fuqaroning eng asosiy insoniy huquqlaridan biridir. O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasida ham bu...
Подробнее
JADID MA’RIFATPARVAR VA MATBUOT
19.05.2025 13
Jadid milliy matbuoti XX asrning boshlaridan jadidlar tomonidan chiqarila boshlangan. Bunga sabab Rossiya imperiyasi hududidagi ijtimoiy-siyosiy holat sabab boʻlgandi. Rossiyada sodir boʻlgan 1905-1907- yillar inqilobi va mamlakatda sodir boʻlayotgan monarxiya...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry