20.01.2023
512

SHARIATNING YUKSAK MAQOMLARI — QOZI, MUFTIY DARAJASIGA KO‘TARILGAN ALLOMA

Mahmudxoʻja Behbudiy 1875-yilning 19-yanvarida (hijriy 1291 10-zulhijja) Samarqand yaqinidagi Baxshitepa qishlogʻida ruhoniy oilasida dunyoga kelgan. Otasi Behbudxoʻja Solihxoʻja oʻgʻli Turkistonlik, Ahmad Yassaviyning avlodlaridan.
U dastlab Samarqand madrasasida, soʻngroq Buxoroda yaxshigina tahsil koʻrgan. Anʼanaviy tahsil, soʻng esa oʻz ustida qunt va sabot bilan ishlash orqali u shariatning yuksak maqomlari – qozi, mufti darajasigacha koʻtariladi.
Mahmudxoʻja Behbudiy ning «Risolai asbobi savod» (1904), «Risolai jugʻrofiyai umroniy» (1905), «Risolai jugʻrofiyai Rusiy» (1905), «Kitobat-ul atfol» (1908), “Amaliyoti islom” (1908), “Tarixi islom” (1909) kabi kitoblari bosmadan chiqadi.
1913-yildan Behbudiy matbuot ishlari bilan shugʻullanadi. Aprel oyidan “Samarqand” gazetasini chiqaradi.
“Bayonoti sayyohi hindi” asarini 1913-yilda ruschaga tarjima qildirib, nashr etdi. Turkiston xaritasini tuzib, bosmadan chiqardi. Kutubxonani yoʻlga qoʻydi. Oʻsha davr vaqtli matbuotida “Behbudiy kutubxonasi” haqidagi xabarlar chiqa boshlangan edi...

Akramnazarova Madina

Mas’ul: “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova

Другие новости

ARAB TILINI NEGA O‘RGANAMIZ? (3-qism)
07.01.2026 3
ARAB TILINI NEGA O‘RGANAMIZ? (3-qism)Bugungi kunda turli millat va elat vakillari bo‘lgan musulmonlar orasida arab tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va rag‘bat tobora ortib bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, arab tili...
Подробнее
Arab tilini nega o‘rganamiz? (2-qism)
06.01.2026 3
Arab tilini nega o‘rganamiz? (2-qism)Arab tili boshqa tillardan o‘zining o‘ziga xos xususiyatlari, boy lug‘aviy zaxirasi va chuqur ma’no qatlamlariga egaligi bilan ajralib turadi. U fasohatli, ohangdor va ifodaga boy til...
Подробнее
HANAFIY MAZHABIDAGI TO‘RTTA MO‘TABAR FIQHIY MATN
05.01.2026 3
HANAFIY MAZHABIDAGI TO‘RTTA MO‘TABAR FIQHIY MATN Mutaaxxir ulamolar nazdida Hanafiy mazhabiga oid to‘rtta mo‘tabar fiqhiy matn kitoblari bor bo‘lib, ular “Muxtasarul Quduriy”, “Viqoyatur rivoya”, “Kanzud daqoiq” va “al-Muxtor lil-fatvo” bo‘lib,...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry