26.01.2023
234

Qalbning aqliy, diniy, dunyoviy va boshqa ilmlarning qismlariga qo'shilgandagi holati

Albatta, qalb o‘zining tabiiyligi (ya’ni, fitriy holati) bilan ma’lumotlarning haqiqatini qabul qilish uchun tayyor holatda bo‘ladi. Lekin qalbga tushadigan ilmlar ham aqliy va shar’iyga bo‘linadi. Buning aqliysi zaruriy va kasb qilib olinadigan narsalardan iborat. Kasb qilib olinadigani ham dunyoviy va uxroviyga bo‘linadi. Ammo aqliysi, deganda aqlning tabiiyligi taqozo qiladigan, taqlid va eshitish bilan topilmaydigan narsani e’tiborga olamiz. Zaruriyga bo‘linadigani esa paydo bo‘lgan zaruriy ilmning qaerdan va qanday hosil bo‘lganini bilolmaydi. Bu ilm insonning bir shaxs bir vaqtning o‘zida ikki joyda bo‘lmasligini yoki yana bir narsa bir paytda ham yangi, ham eski yoki bir holatning o‘zida ham bor, ham yo‘q bo‘lmasligini bilishiga o‘xshaydi. Chunki bu shunday ilmki, inson yoshligidan o‘zini mana shu ilmlarni biladigan qilib yaratilgan holda topadi. Bu ilm qachon va qaerdan hosil bo‘lganini bilmaydi. Ya’ni, buni bilishiga yaqin biror sababni bilmaydi. Lekin uni yaratgan va unga yo‘l ko‘rsatgan, hatto kasb qilib qo‘lga kiritiladigan ilmlarga yo‘l ko‘rsatgan albatta Alloh ekanligi hargiz unga maxfiy bo‘lmaydi. Kasb qilib olinadigan ilmlar ta’lim olish va dalillar bilan istifoda qilinadigan ilmlardir. Bu ikki xil ilm ham albatta aql, deb nomlanadi. Ali roziyallohu anhu aytganlar: «Aqlni ikkita aql deb ko‘rdim, biri - tabiiy va ikkinchisi - eshitish orqali bo‘lgani. Agar eshitish orqali hosil bo‘lgan aql bo‘lsa-yu, tabiiyi bo‘lmasa, uning foydasi yo‘qdir, go‘yo quyosh bo‘lsa-yu, ko‘zning nuri bo‘lmasa, foydasi bo‘lmaganidek». Avvalgisidan (ya’ni, tabiiyidan) murod Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning Ali roziyallohu anhuga aytgan hadislaridagi ma’nodir. Ya’ni, «Alloh taolo aqldan ko‘ra O’ziga mukarram bo‘lgan biron bir maxluq yaratmadi» (Imom Termiziy zaif sanad bilan rivoyat qilgan). Ikkinchisidan (ya’ni, eshitish orqali hosil bo‘lgan aqldan) murod Ali roziyallohu anhuga aytgan mana bu hadisdagi ma’nodir. Ya’ni, «Agar insonlar Alloh taologa har xil yaxshiliklar bilan  
yaqinlashadigan bo‘lsalar, bas, sen aqling bilan yaqinlashgin» (Abu Naim zaif sanad bilan rivoyat qilgan. Zero, tabiiy aql hamda zaruriy ilmlar bilan Allohga yaqinlashmoq mumkin bo‘lmaydi, balki o‘rganib qo‘lga kiritilgan aql bilan yaqinlashiladi.

Muallif: 2-kurs talabasi Y.Tojiyeva
Mas’ul: “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova

Другие новости

MAXLUQOTLAR ALLOHGA OʻXSHAMAS
24.12.2024 2
Imom Abu Ja'far At-tahoviy o'zlarining "Aqiydatut Tahoviyya" nomli kitoblarida shunday keltiradilar: لا يُشْبِهُهُ الأنامُ Ya'ni, Alloh taologa hech narsa oʻxshamaydi.Yuqoridagi matnda kelgan أنام soʻzi 3 xil ma'noda ishlatiladi: 1.Har bir...
Подробнее
KITOB -MA'RIFAT CHIROG'I
23.12.2024 3
Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yo'li esa bitta – kitob o'qishdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan,...
Подробнее
Kichik amalning ulkan ajri!
23.12.2024 4
Bir hadis sharhi🌸“Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha, sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”-, deya marhamat qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar bo’lsin.“Jonim izmida bo‘lgan Zotga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry