07.02.2023
689

Arab tili tarixidan..

Arab tili – Somiy tillar guruhining janubiy tarmogʻiga mansub til. Yaqin va Oʻrta Sharq hamda Afrikaning  shimoliy  yigirmadan ortiq mamlakatning rasmiy davlat tili hisoblanadi. Mumtoz Arab tilining leksik va grammatik shakllanishi johiliya davri (5 – 7-asrlar) shoirlarining ogʻzaki ijodlarida namoyon boʻla boshlagan. Qur’oni Karimning nozil boʻlishi natijasida mumtoz Arab tili badiiyati yanada goʻzallashdi va grammatik meʼyorlari mukammallashdi. Arab tili lahjalar asosan 3 sababga koʻra yuzaga kelgan: 1) arab adabiy tiliga quraysh qabilasi (Makka) shevasida nozil boʻlgan Qur’oni Karim tili asos boʻlgan, zero oʻsha vaqtlardayoq Arabiston yarim orolda yashovchi qabilalarning tillarida turli tafovutlar bor edi; 2) hozirgi arab dunyosining aksar qismi kelib chiqishi arab boʻlmagan xalqlardir. Ular islom taʼsirida arablashgan. Ularning hozirgi soʻzlashuv tilida islomgacha mavjud boʻlgan ona tillarini unsurlarining boʻlishi, tabiiy; 3) arab dunyosining aksar qismi gʻarb istilochilari hukmronligi ostida boʻlganligi hududiy lahjalarning jiddiy farqlanishiga olib kelgan. 2010 yilgi maʼlumotlarga koʻra, arab tilida soʻzlashuvchilar soni 290.000.000 kishiga yetgan.
  Hozirgi Arab alifbosida 28 ta harf va 12 ta yordamchi belgi bor.  Keyinchalik Islomning Ajam mamlakatlariga ham yoyilishi yozuvda qisqa unlilarning boʻlishini zaruratga aylantirdi. Natijada mil. 688 yilda Iroq voliysi Ziyod ibn Abihi Abul Asvad Duvaliyga nahv(sintaksis) darsligi yaratishni buyurdi. U qisqa unlilarni a, i, u harf ustiga, ichiga va ostiga nuqta qoʻyish bilan belgiladi. Ikkinchi isloh umaviy xalifalardan Valid ibn Abdul Malik Marvon davrida amalga oshirildi.Ibn Xallikon "At-tashif" ("Notoʻgʻri talaffuz") kitobida shunday yozadi: odamlar qirq yildan ziyod, to Abdul Malik ibn Marvon zamonigacha Usmon musʼhaflarini oʻqishda davom etdilar. Hozirgi kunda arab tilidan butun dunyo xalqlari keng foydalanib kelishmoqda. 

2- kurs talabasi Akbarova Maftuna

Другие новости

ARAB TILINI NEGA O‘RGANAMIZ? (3-qism)
07.01.2026 1
ARAB TILINI NEGA O‘RGANAMIZ? (3-qism)Bugungi kunda turli millat va elat vakillari bo‘lgan musulmonlar orasida arab tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va rag‘bat tobora ortib bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, arab tili...
Подробнее
Arab tilini nega o‘rganamiz? (2-qism)
06.01.2026 1
Arab tilini nega o‘rganamiz? (2-qism)Arab tili boshqa tillardan o‘zining o‘ziga xos xususiyatlari, boy lug‘aviy zaxirasi va chuqur ma’no qatlamlariga egaligi bilan ajralib turadi. U fasohatli, ohangdor va ifodaga boy til...
Подробнее
HANAFIY MAZHABIDAGI TO‘RTTA MO‘TABAR FIQHIY MATN
05.01.2026 1
HANAFIY MAZHABIDAGI TO‘RTTA MO‘TABAR FIQHIY MATN Mutaaxxir ulamolar nazdida Hanafiy mazhabiga oid to‘rtta mo‘tabar fiqhiy matn kitoblari bor bo‘lib, ular “Muxtasarul Quduriy”, “Viqoyatur rivoya”, “Kanzud daqoiq” va “al-Muxtor lil-fatvo” bo‘lib,...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry