09.02.2023
387

"XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASIDA KITOB TAQDIMOTI



“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti Hadis va islom tarixi fanlari kafedrasi katta o‘qituvchisi ustoz Abdulazim domla Ziyouddinning Siyrat faniga oid kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Joriy yilning 7-fevral kuni Oliy ma’had talabalariga Siyrat fanidan dars berish bilan bir qatorda kitobxonlar uchun Nabiy sollallohu alayhi vasallamning siyratlariga oid ko‘plab asarlar yozib, taqdim qilib kelayotgan ustoz Abdulazim domla Ziyouddinning Siyrat faniga oid kitoblari taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 


Taqdimot Qur’oni karim tilovati bilan boshlanib, muassasa mudirasi N.Ibragimova tomonidan ochib berildi. Shundan so‘ng ta’lim muassasasi hadis fani o‘qituvchisi hamda muassasa tomonidan qarib bir yil davomida olib borilayotgan “Siyrat” loyihasi muharriri Joziba Jamol qizi so‘zga chiqib, “Nurul yaqiyn” asri dunyo musulmonlari qatori bizning ham muhabbatimizni qozongani, asar bugungi kun talablari asosida arabchadan ona tilimizga Abdulazim domla Ziyouddin tomonidan lug‘aviy-adabiy va ilmiy-akademik uslubda o‘girilganligi, tarjima bejizga “akademik” deb atalmagani hamda bunga sabab etib, kitobni tarjima qilish barobarida katta tadqiqot ishlari amalga oshirilgani ya’ni har bir ma’lumot moʻtabar manbalar “elagidan” o‘tkazilgani deb keltirilgani, kerak o‘rinlarga sharh berilgani, qo‘shimcha qo‘shilgani, izoh yozilgani, manbalar ilova qilingani haqida aytib o‘tdi. 

Talaba qizlar taqdimotdan juda ko‘p ma’lumotlar oldilar.

“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va 
ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova

Другие новости

Наврўз айёмингиз муборак бўлсин
21.03.2025 23
Она диёримизга барчамиз орзиқиб кутган гўзал ва дилбар фасл баҳор кириб келди. Ана шу улуғ аййём - шарқона янги йил билан чин қалбимиздан муборакбод этамиз
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom taʼlim muassasasida "ZAKOVAT 2024" intellektual bellashuvi o'tkazildi.
16.02.2024 186
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom taʼlim muassasasida "ZAKOVAT 2024" intellektual bellashuvi o'tkazildi.Joriy yilning 15-fevral kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida "Yoshlar bilan ishlash, manaviyat-ma'rifat bo'limi" va...
Подробнее
XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASIDA QUR'ON MUSOBAQASI
02.03.2023 578
Joriy yilning 2-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasida "Qur’on musobaqasi 2023" bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga Toshkent Islom instituti "Tahfizul Qur‘on" kafedrasi mudiri Jahongir Qori Ne‘matov, Toshkent Islom...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry