10.02.2023
637

Imomi A'zam rohmatullohi alayhi

 

   Abu Hanifa No'mon ibn Sobit ibn Zutiy Kufa shahrida hijriy 80-sanada tavallud topdilar. U kishi fiqh mazhab boshliqlari ichida eng avval tug'ilganlaridir. 
   Abu Hanifa rohmatullohi alayhning otalari Sobit ibn Zutiy asli fors bo'gan.  Bobolari esa Qobullik bo'lgan.  Otalari Termiz, Nasa va Anbor shaharlarida yashab oxiri Kufada qaror topgan hamda  Abu Hanifa ayni shu shaharda dunyoga kelganlar.
     Abu Hanifa rohmatullohi alayhning otalari Ali roziyallohu anhu bilan uchrashgan va o'ziga hamda zurriyotiga baraka tilab, u kishining duolarini olgan edi.
  Ko'pchilik tarixchilar, Imom  A'zam rohmatullohi alayhni tobe'inlardan keyingi avlod musulmonlaridan ,deydi. Ammo ba'zilar u kishining tobe'in bo'lganlari, sahobalardan Anas ibn Molik roziyallohu anhuni ko'rib, u kishidan  «Talabi ilm har bir musulmonga farzdir»  hadisini rivoyat  qilganini ta'kidlaydilar.
   Abu Hanifa rohmatullohi alayh o'sha vaqtning katta shahari bòlgan Kufada o'sdilar.  Kichikliklarida  qiroat ustozlarining boshlig'i imom Osimdan Qur'oni Karimni yod olgan.
   Abu Hanifa rohmatullohi alayhida ilm bilan birga taqvo, ibodat, zohidlik va Allohga yolborish kabi sifatlar ham mujassamlashgan edi. U kishining  shaxsiy fazilatlari haqida alohida kitoblar yozilgan.
Abu Hanifa rohmatullohi alayhi beqiyos ilmiy faoliyatlari bilan birga tijoratni ham olib borar edilar. U kishining hayotlarini o'rgangan olimlar,  Abu Hanifa rohmatullohi alayhida tojir sifatida to'rt hislat alohida namoyon bo'lib turgan , deydilar. U kishi ko'zi to'qlik, o'ta omonatdorlik, saxiylik  va o'ta  dindorlik bilan ajralib turgan.
  Ko'pchilik,  Abu Hanifa rohmatullohi alayhi tojirlikda  Abu Bakr roziyallohu anhuga juda ham o'xshashliklarini ta'kidlaganlar.
  Diniy faoliyatda faqat ilmning o'zi kifoya qilmaydi.  Yetuk olim bo'lish  uchun ilm bilan birga taqvo va Allohga doimiy bog'liqlik bo'lish zarur .  Bu narsalar Abu Hanifada oliy darajada edi. U kishini ko'mishdan avval yuvgan g'assol Hasan ibn Amora  yuvishni tamomlab bo'ib, kafanlab qo'yilgan jasadlariga qarab: «Alloh sizni rahmat qilsin, mag'firat aylasin.  O'ttiz yildab beri ròzasiz yurmadingiz. Qirq yil kechasi yonboshingiz kòrpa ko'rmadi.  Sizdan keyin kelganlarni charchatdingiz.  Qorilarni sharmanda qildingiz» degan ekan.
     Bu buyuk imomning asl ismlarini ko'pchilik  bilmaydi ham. Ammo hamma Imomi A'zam , ya'ni «ulug' imom», «katta imom»,deb  nomlaydi. Haqiqatan ham,u kishi bunga sazovor zotdirlar.  Zar qadrini zargar biladi, deganlaridek , u kishining qadrini ham ulamolar, imomlar biladilar.  Imom A'zam haqida boshqa mazhab sohiblari imom Shofe'iy: «Odamlar fiqhda Abu Hanifaning boqimandalaridir»,deganlar.
 Boshqa bir mazhab sohibi imom Molikdan  odamlar «Abu Hanifani kórganmisiz?» deb sórashganda ,   « Ha ,agar ushbu ustunni tillo demoqchi bòlsa, hujjat topa oladigan odamligini kòrdim», deb javob bergan ekanlar. 
Mashhur imom Abdulloh ibn Muborak:  «Fiqhda eng kuchli odam Abu Hanifadir.Unga óxshashini kórmadim», deganlar.

                    2-kurs talabasi Xasanova Muxlisa

Другие новости

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi
16.12.2025 1
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi“Oyna” jurnali o‘z davrining mashhur jurnallaridan edi. Jurnalda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, tarixiy-adabiy, diniy va ilmiy mavzular bisyor edi. Jurnalni tadqiq etish jarayonida biz bu...
Подробнее
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalar
15.12.2025 2
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalarShuning uchun ham Islomda tashqi ko‘rinishga ahamiyat berishga ruxsat etilgan. Bunda ziynatlanishni harom qiladigan holatlar quyidagilardir:a) kofir yoki axloqsiz odamlarga o‘xshash uchun qilinsa;b)...
Подробнее
Xalq orasidagi bid’atlar
14.12.2025 2
Xalq orasidagi bid’atlarInsonga uning bilmagan narsasini oʻrgatib, musaffo aqidaga yoʻllagan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Bu musaffo aqidani bizlarga mukammal holda yetkazgan paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga hamda u zotning ahli oilalariga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry