
“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASIDA TADBIR
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bayram tadbiri tashkil etildi.
Joriy yilning 13-fevral kuni “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va olim, mashhur davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligini keng nishonlash to'g'risida”gi 2023-yil 25-yanvardagi PQ-20-sonli qaroriga muvofiq “Bobur kabi seving vatanni” shiori ostida madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Dastavval tadbir Qur’on tilovati bilan boshlanib, shoh va shoir bobomiz haqqiga duoyi xayrlar qilindi. Shundan so‘ng ta’lim muassasasining “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i” G.Maxamedova boshchiligida davra suhbati tashkil etildi. Suhbat davomida buyuk siymo Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho merosi hamda uning mazmunli hayot yo‘li haqida so‘z bordi. Tadbir davomida buyuk ajdodimiz asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini, uning yosh avlodimiz intellektual va ma’naviy salohiyatini oshirish, farzandlarimizni shu asosda Yangi O‘zbekiston bunyodkorlari etib tarbiyalash borasidagi ulkan o‘rni va ta’siri alohida e’tirof etilib, Bobur Mirzoning ilmiy va ijodiy merosini mamlakatimiz va xalqaro miqyosda yanada chuqur o‘rganishga targ‘ib etildi.

Tadbir Zahiriddin Muhammad Bobur qalamiga mansub she’r va g‘azallar bilan davom etdi. Ushbu g‘azalxonlik kechasida buyuk davlat arbobi haqidagi videorolik ham namoyish etildi. Shunindek, g‘azalxonlik kechasida talaba qizlar tomonidan salavot va nashidalar ham ijro etildi.
Tadbir so‘ngida esa Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho merosi, mazmunli hayot yo‘li borasida yig‘ilish qatnashchilarininng bilimlarini sinash maqsadida savol-javob viktorinasi ham o‘tkazilib, ishtirokchilarga estalik sovg‘alari topshirildi hamda tadbir Qur’on tilovati bilan yakunlandi.

Bu g‘azalxonlik kechasi barchaga ko‘tarinki kayfiyat baxsh etdi.
“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova
Другие новости


