16.02.2023
582

Islomni niqob qilib olgan diniy -ekstremistik tashkilotlar:


Islom dini tarixiga qaraydigan bo'lsak, faqat va faqat ezgulikni ko'ramiz. Islom fathlari paytida ham nasroniylar va yahudiylarni birorta ham ibodatxonalari buzilmagan, dindorlarning e'tiqodiga va mol-mulkiga daxl qilinmagan, ruhoniylarga zulm qilinmagan, ularga hurmat ko'rsatilgan.

Hozirgi kunda jahonda ba'zi g'alamislar tomonidan islom dini haqida turli noto'g'ri fikrlar tarqatilayotgani, terrorchilik kabi illatlarni ayni paytda bevosita islomga bog'lab, muborak dinimiz va musulmonlarga nisbatan nafrat o'tini yoqishga urinayotgani hech kimga sir emas, vaholanki muqaddas dinimiz har qanday yovuzliklarni inkor etadi. Ayni, paytda, diniy va dunyoviy bilimlarning sayozligi, sog' diniy tushunchalarning asl mazmunini bilmaslik ham diniy ekstremistik g'oyalarning tarqalishiga sabab bo'lishi mumkin. Yuqorida qayd etilganidek, diniy ekstremistik tashkilotlarning aksariyati o'z nomini muqaddas dinimiz bilan bog'lashga urinadi.

"Islom" so'zining lug'aviy ma'nolaridan biri "tinchlik" bo'lib, u hech qachon buzg'unchilik qotilllikka undamangan va undamaydi.Zamonaviy terrorchilar esa buzg'unchilik va qotilllik, odamlarni dahshatga solishni o'zlarining maslaklariga aylantirib olganlar 
Qur'oni karimda begunoh odamlarning joniga qasd qilish qoralanadi.
"Niso" surasining 93-oyatida  bunday marhamat qilinadi :
"Kimda- kim qasddan bir mo'minni o'ldirsa, uning jazosi jahannamda abadiy qolishdir.Yana unga Alloh g'azab qilgay, la'natlagay va unga ulkan azobni hozirlab qo'ygay.

Hozirda dunyoda ko'plab ekstremistik va terrorchi tashkilotlar mavjud; ulardan "Al-qoida", "Hizbut-tahrir al-islomiy", " Al-Jihod", "ISHID" kabilari.

Ulardan "Al-qoida"(arabcha- "Asos") sunniy jihodchi harbiy tashkilotlarning xalqaro birlashmasidir. Uning ildizlari 1989 yili Sovet qurolli kuchlarining Afg'onistonga olib chiqishi bilan mamalakatda kuch yig'a boshlagan diniy fundamentalistlar va ularning homiylari(Usoma bin Lodin) ga borib taqaladi.
"Al-qoida" tashkiloti 1980-yillari oxirida tashkil etilgan. Uning asosiy maqsadlaridan biri musulmon o'lkalarda xorijiy ta'sirlarga chek qo'yish va yangi islomiy xalifalik yaratish bo'lgan.
Barcha salbiy oqibatlar evaziga bo'lsa ham o'z maqsadlariga erishni ko'zlashgan.

Muallif: 1-kurs talabasi M.Majidova
Mas’ul: “Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat  va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova

Другие новости

Ijtimoiy tarmiqlarda sodir boʻladigan ma’naviy jinoyatlar
10.12.2025 2
Ijtimoiy tarmiqlarda sodir boʻladigan ma’naviy jinoyatlar Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi talabidan kelib chiqqan holda zarur ma’lumot va axborot olish maqsadida internetga murojaat...
Подробнее
Islomiy fitrat
09.12.2025 4
Islomiy fitratArab tilida “فطر” (f.t.r.) ildizi yorilish, paydo bo‘lish va birinchi bor vujudga kelish ma’nolarini bildiradi. “فَطَرَ” (fatara) fe’li urug‘ning tuproqni yorib chiqishi, bargning novdadan paydo bo‘lishi kabi tabiiy jarayonlarga...
Подробнее
Kalom ilmining nomlari
07.12.2025 5
Kalom ilmining nomlari Kalom ilmi “kalom” deb nomlanishining bir necha ma’noviy va tarixiy asoslari mavjud. Hijriy II asrning boshlarida musulmonlar orasidagi e’tiqodiy bahs-munozaralar yangi bosqichga ko’tarilgan. E’tiqodiy masalalar bahs qilinadigan...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry