22.02.2023
400

Hashviya firqasi

 
Hashviya firqasini muayyan bir firqa deb aytish qiyin. Chunki ular shar’iy dalillarni yaxshi tushunmaydigan turli guruhlar bo‘lishgan. Hashviya firqasi Qur’on va sunnatda kelgan zohiri Alloh taoloning maxluqotlarga o‘xshash ekaniga dalolat qiladigan dalillarni aynan o‘shanday deb e’tiqod qilishga urinadigan firqa bo‘lgan. Bu firqa turli xato qarashlari tufayli “hashviya” deb nomlanib qolgan. Aslida حَشْوٌ  kalimasi “bir narsaning ichiga tiqilgan narsa” ma’nosini anglatadi. Ushbu firqaning bunday nomlanishi haqida uch xil qarash bor: 
1. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan rivoyat qilingan hadislarning ichiga u zot aytmagan so‘zlarni kiritib qo‘yishgani uchun “hashviylar” deb nomlangan. 

2. Ulug‘ tobeinlardan biri Hasan Basriy rahmatullohi alayhning dars halqalariga avom roviylardan bir guruh insonlar kelib, u zotning huzurlarida yaroqsiz gaplarni gapirishgan. Shunda u zot: رُدُّوا هَؤُلاءِ إِلَى حَشَا الْحَلْقَةِ  ya’ni “anavilarni dars halqasining ichiga qaytarib qo‘yinglar”, degan. Shu sababli ular “hashviylar” deb nomlangan. 

3. Bu firqa Alloh taolo haqida فِي حَشْوِ الْعَالَمِ   ya’ni, “olamning ichida” deganlari uchun “hashviylar” deb nomlanib qolishgan.

3-kurs talabasi Asqarova Shahnoza
Mas'ul ustoz: Yoshlar bilan ishlash,  ma‘naviyat-ma‘rifat bo'limi boshlig'i G. Maxamedova

 

Другие новости

Ijtimoiy tarmiqlarda sodir boʻladigan ma’naviy jinoyatlar
10.12.2025 3
Ijtimoiy tarmiqlarda sodir boʻladigan ma’naviy jinoyatlar Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi talabidan kelib chiqqan holda zarur ma’lumot va axborot olish maqsadida internetga murojaat...
Подробнее
Islomiy fitrat
09.12.2025 6
Islomiy fitratArab tilida “فطر” (f.t.r.) ildizi yorilish, paydo bo‘lish va birinchi bor vujudga kelish ma’nolarini bildiradi. “فَطَرَ” (fatara) fe’li urug‘ning tuproqni yorib chiqishi, bargning novdadan paydo bo‘lishi kabi tabiiy jarayonlarga...
Подробнее
Kalom ilmining nomlari
07.12.2025 6
Kalom ilmining nomlari Kalom ilmi “kalom” deb nomlanishining bir necha ma’noviy va tarixiy asoslari mavjud. Hijriy II asrning boshlarida musulmonlar orasidagi e’tiqodiy bahs-munozaralar yangi bosqichga ko’tarilgan. E’tiqodiy masalalar bahs qilinadigan...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry