27.02.2023
19

KOSMETIK JARROHLIK VA UNING SHAR'IY HUKMLARI

Islom dini jahonga tarqalib,Yevropa mamlakatlarida ham musulmonlar ko‘paygach,ayollar muammosi nozik masalaga aylandi. 
Islomda ayollarga tegishli bo‘lgan masalalar talaygina. Ayollarning diniy liboslarda yurishidan tortib,  
to ishlab chiqarishdagi ishtiroki masalalarigacha bir qancha muammolar, turli xil fikrlar, Islomga har xil yondashuvlar natijasida insonlar o‘rtasida ixtilof-ziddiyatlar, hatto  
musulmonlar orasida fitnalar kelib chiqmoqda. Bu muammolar hozirgi kunda, Islom o‘zining yana bir yangi bosqichiga ko‘tarilgan paytda jamiyatda o‘ta dolzarb bo‘lib turibdi. Biz ham hozirgi dolzarb mavzulardan bo'lmish, "Kosmetik jarrohlik va uning hukmi" mavzusiga tegishli hukmlarni qisqacha bayon etamiz.
1. Kosmetik jarrohlikning taʼrifi:
Kosmetik jarrohlik insonni zohiriy jismidagi bo'laklaridan birini oʻzgartirish orqali chiroy kiritish yoki shikast yetganligi sababli vazifasini qayta izga tushirish uchun xizmat qiladigan jarrohlikdir.
  Kosmetik jarrohlik shar'iy manbalarga muxolif bo'lmasligi kerak.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Abdulloh ibn Masʼud roziyallohu anhudan qilingan rivoyatda u zot:
“Igna bilan badaniga surat chizuvchi ayol va chizdiruvchini, soch ulaydiganni va ulatadiganni, husn uchun tishlarining orasini ochuvchini va Alloh xalq qilgan narsani oʻzgartiruvchini laʼnatlagan”, deb aytdilar» (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).
Ibn Abbos roziyallohu anhumodan qilingan rivoyatda keltirilishicha, soch ulovchi ayol va soch ulatuvchi ayol, igna bilan badaniga surat chizuvchi ayol va chizdiruvchi, ogʻriqsiz badaniga surat chizuvchi laʼnatlangan. (Abu Dovud rivoyati).
Va yana Rasululloh sollallohu alayhi vasallam oʻzini ayollarga oʻxshatuvchi erkakka hamda oʻzini erkakka oʻxshatuvchi ayolga bunday qilishni man etganlar.

   Sharʼiy ahkomlar:
1. Kosmetik jarrohlik zarurat va hojat yuzasidan sharʼan joizdir.
a) Jismdagi aʼzoning shaklini Alloh xalq qilgan holatiga qaytarish;
Allox Qurʼonda bu haqida: 
“Batahqiq, Biz insonni eng go'zal tuzilishda yaratdik”, deb aytgan (Tiyn surasi, 4-oyat).
b) Jism aʼzosiga taniqli maʼlum vazifasini qaytarish; 
v) Xalqiy ayblarni isloh qilish. Masalan, yirtilgan lab, qiyshiq burun, xol, barmoq va tishlarning ortiqchasi yoki barmoq yopishib qolib, uning shu tarzda turishi moddiy yoki maʼnaviy zarar keltirsa;
g) Baxtsiz hodisalar sababli, misol uchun, yongʻin, maʼlum bir kasallik va boshqa shunga oʻxshash narsalar natijasida shikastlangan terini olib tashlab, sogʻ terini yamash amaliyoti; koʻkrak bezi kasallikka olib borishidan xavfga tushilsa, uning baʼzi qismini yoki barchasini olib tashlash; soch toʻkilib ketganda soch ekish.
d) Badbasharalikni yoʻqotish, xususan, bu nafsiy aziyatga sabab boʻlsa.

2. Kosmetik jarrohlik amaliyoti tibbiy muolaja boʻlmay, balki insonning tekis xilqatini oʻz havoyi nafsiga ergashib yoki boshqalarga taqlid qilib, ragʻbatlarini roʻyobga chiqarish maqsadida boʻlsa, joiz emas. Jumladan, yuzni muayyan koʻrinishda koʻrinish uchun yoki firib qasdi va adolatni buzish maʼnosida boshqacha tusga kiritish, burun shaklini oʻzgartirish, labni katta yoki kichik qilish va koʻz shaklini oʻzgartirish, lunjni kengaytirish kabilar.


3. Agar vazn biror kasallikni keltirib chiqarsa, uni ilmiy vositalar bilan kamaytirish. Jarrohlikdan boshqa yo'l qolmasa, zarardan omonda boʻlish sharti bilan jarrohlik amaliyoti oʻtkazish joiz.


4. Ajinni jarrohlik yoʻli orqali yoki ukol orqali modomiki kasallik holati boʻlmasa, zarardan omonda boʻlish sharti bilan joiz emas.

5. Mutaxassis tabib tibbiy amallarda sharʼiy qoidalarga amal qilishi va jarrohlik qildirayotganlarga nasihat qilishi lozim. Chunki “Din nasihatdir”, deyilgan.

Tayyorladi: 3 kurs talabasi Muhammadnazirova Xadija 
Mas'ul ustoz: “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasi direktori Ibragimova Nozima

 

Другие новости

Diniy ekstremizmning kelib chiqish sabablari
06.03.2023 20
Diniy ekstremizm kelib chiqishining birinchi va asosiysi sababi bu – mutaassib fikr va qarashlarning paydo bo’lishidir. Ongi zaharlangan va mutaassibga aylangan kishilar o’zlari qilayotgan ishlarni to’g’ri deb hisoblagan holda, har...
Подробнее
Islomda bola huquqlari
03.03.2023 20
بسم الله الرحمن الرحيم Islomda inson huquqlari degan umumlashtiruvchi tushuncha bola huquqlaridan boshlanadi. Islom dini bolalar, xususan yetim bolalar huquqlari, bolalik va otalikni belgilash, bola tarbiyasi, ayniqsa, uni goʻdaklik davridan...
Подробнее
Sahobiya ayollar
02.03.2023 22
Sahobiya ayollar Ayollarning yaxshisi, e'tiborlisi erlariga itoatda bo’luvchi mo’mina ayollardir. Qur'oni karimda shunday marhamat qilinadi: "Bas, ibodat-itoatli va (erlari) yo’g’ligida Allohning hifzu himoyati bilan (erlarining mol-mulklarini va o’z iffatlarini) saqlovchi...
Подробнее

Оставить комментарий

Комментарии

Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 299-24-11
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Тошкент шаҳри Учтепа тумани Ўрикзор даҳаси Зарафшон кўчаси 15-уй.
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry