01.03.2023
510

O'zbek shoirasi

Zulfiya (1915—1996) Oʻzbek shoirasi. Taniqli oʻzbek shoirasi Zulfiya 1915- yilning 1-martida Toshkent shahrida Isroil temirchi oilasida tug'ildi. 1922-yildan 1931-yilgacha maktabda, so'ng 1931 - 1934-yillar orasida qizlar bilim yurtida tahsil oldi. Mehnat faoliyatini juda erta boshlagan shoira deyarli bir umr jurnalistika va nashriyot sohasida ishladi. U 1935 - 1938- yillarda Til va adabiyot instituti aspiranti, 1938 - 1948-yillar mobaynida Bolalar nashriyoti muharriri, Oʻzbekiston davlat nashriyoti bo'lim mudiri, 1953- yilgacha «Saodat» jurnalida bo'lim mudiri, 1953- yildan to 1980-yilga qadar, salkam o'ttiz yil davomida, shu jurnalning Bosh muharriri lavozimida ishlab keldi. Mashhur oʻzbek shoiri Hamid Olimjonning turmush o'rtog'i, o'ziga xos she'riyati biian minglab kitobxonlar qalbini rom etgan iste'dodli shoira Zulfiya 1996-yilning 1-avgustida vafot etdi.

Zulfiya mukofoti haqida

  Zulfiya nomidagi davlat mukofoti — Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlaridan biridir.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining "Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etish boʻyicha takliflarni qoʻllab-quvvatlash toʻgʻrisida" 1999-yil 10-iyundagi farmoniga binoan taʼsis qilingan.
Avvaliga qatnashchilar  14 yoshdan, 25 yoshga qadar ishtirok etish belgilangan boʻlsa, 2017-yilga kelib14 yoshdan, 30 yoshga qadar ishtirok etish huquqiga ega boʻldilar. Laureatlar soni ikki marta oshirildi. Endi uni Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan ikki nafardan nomzodga berish belgilandi (hammasi boʻlib 28 nafar). Ilgari faqat 14 nafar nomzod hona qatnasha olar edi.
Mukofot laureatlarining oliy ta’lim muassasalariga kirishi boʻyicha imtiyoz kengaytirildi. Endi ular kirish imtihonlarisiz oliy ta’lim muassasalarining nafaqat bakalavriat, balki magistratura bosiqichiga ham davlat granti asosida kirishlari mumkin.

Tayyorladi: 3-kurs talabasi Muzaffarxonova Fazilat 
Mas'ul ustoz: Axmedova Muattar

Другие новости

Ijtimoiy tarmiqlarda sodir boʻladigan ma’naviy jinoyatlar
10.12.2025 3
Ijtimoiy tarmiqlarda sodir boʻladigan ma’naviy jinoyatlar Bugun internetdan foydalanuvchilarni shartli ravishda ikki toifaga ajratish mumkin. Birinchi toifadagilar kasbi talabidan kelib chiqqan holda zarur ma’lumot va axborot olish maqsadida internetga murojaat...
Подробнее
Islomiy fitrat
09.12.2025 6
Islomiy fitratArab tilida “فطر” (f.t.r.) ildizi yorilish, paydo bo‘lish va birinchi bor vujudga kelish ma’nolarini bildiradi. “فَطَرَ” (fatara) fe’li urug‘ning tuproqni yorib chiqishi, bargning novdadan paydo bo‘lishi kabi tabiiy jarayonlarga...
Подробнее
Kalom ilmining nomlari
07.12.2025 6
Kalom ilmining nomlari Kalom ilmi “kalom” deb nomlanishining bir necha ma’noviy va tarixiy asoslari mavjud. Hijriy II asrning boshlarida musulmonlar orasidagi e’tiqodiy bahs-munozaralar yangi bosqichga ko’tarilgan. E’tiqodiy masalalar bahs qilinadigan...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry