02.03.2023
14

XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASI O'QITUVCHI-XODIMLARI VA TALABALARI VIDEOKONFERENSIYADA

#Videokonferensiya


Joriy yilning 2-mart kuni Xadichai Kubro ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasi o'qituvchi-xodimlari va talabalari  “Yoshlarning axborot psixologik xavfsizligini ta’minlash, turli xil yot g‘oyalar ta’siriga tushib qilishini oldini olish bo‘yicha muammo va yechimlar” nomli konferensiyada ishtirok etmoqdalar. 


Konferensiyaning avvalida Yoshlar masalalari bo‘yicha muftiy o'rinbosari Uyg'un domla G'ofurov so'zga chiqib bugungi kunda global muammoga aylangan ekstremistik g'oyalardan yoshlarni himoya qilish masalasida  atroflicha ma'lumot berdilar. Shundan so'ng Din ishlari bo'yicha qo'mita mutaxassisi Jamshid Aliyev so'zga chiqib noqonuniy diniy manbalardan foydalanishda ularni Diniy qo'mita  ekspertizasidan o'tkazish lozim ekani haqida gapirib o'tdilar. 


Darvoqe,  ma'lumotlarni o'zaro almashish, turli ekstremistik ruhdagi materiallarni tarqatish shiddat bilan rivojlanayotgan bir davrda yoshlarni buzg'unchi g'oyalardan himoya qilish va ularning ongiga jaholatga qarshi ma'rifat g'oyasini singdirish oldimizda turgan dolzarb masalalardan hisoblanadi.

"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot bo'limi

Другие новости

XADICHAI KUBRO AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA‘LIM MUASSASASIDA QUR'ON MUSOBAQASI
02.03.2023 24
Joriy yilning 2-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta‘lim muassasasida "Qur’on musobaqasi 2023" bo‘lib o‘tdi. Musobaqaga Toshkent Islom instituti "Tahfizul Qur‘on" kafedrasi mudiri Jahongir Qori Ne‘matov, Toshkent Islom...
Подробнее
"Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasida davra suhbati
01.03.2023 19
Joriy yilning 1-mart kuni "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasiga O'zbekiston musulmonlari idorasi Yoshlar ishlari bo'yicha muftiy o'rinbosari Uyg'un domla G'ofurov va Ta'lim va ilmiy tadqiqot bo'limi mudiri...
Подробнее
“XADICHAI KUBRO” AYOL-QIZLAR O‘RTA MAXSUS ISLOM TA’LIM MUASSASASIDA TADBIR 
14.02.2023 26
“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida bayram tadbiri tashkil etildi.Joriy yilning 13-fevral kuni “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Buyuk shoir va olim,...
Подробнее

Оставить комментарий

Комментарии

Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 299-24-11
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Тошкент шаҳри Учтепа тумани Ўрикзор даҳаси Зарафшон кўчаси 15-уй.
©2023 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry