03.03.2023
429

Islomda bola huquqlari


بسم الله الرحمن الرحيم 

Islomda inson huquqlari degan umumlashtiruvchi tushuncha bola huquqlaridan boshlanadi. Islom dini bolalar, xususan yetim bolalar huquqlari, bolalik va otalikni belgilash, bola tarbiyasi, ayniqsa, uni goʻdaklik davridan asrab-avaylash va tarbiyalash, bolaning oʻz oilasi va jamiyat uchun foydali inson boʻlib yetishishi, uning ota-onasi oldidagi burch va majburiyatlari masalalari, ijtimoiylashuvi va bunda oilaning oʻrni, obroʻsi, ota-onaning halol-pokligi masalalariga alohida urgʻu berilgan.
Islom sivilizatsiyasida bola huquqlari masalasiga tamal toshi koʻygan oʻlka esa tarixiy Movarounnahr - bugungi Oʻzbekistondir. Bola huquqlarini ilmiy talqin etish aynan bizning yurtimizda boshlangan va ilm darajasiga koʻtarilgan. Mazkur masala ilk bor Movarounnahrda ilmiy tasniflangan va musulmon huquqiy tizimidan mustahkam oʻrin olgan.
Islom tarixida bola huquqlari boʻyicha yaratilgan birinchi asar Majduddin Muhammad ibn Mahmud ibn Husayn Ustrushaniy qalamiga tegishlidir. U Burhoniddin Margʻinoniyning isteʼdodli shogirdi boʻlgan. Ustrushaniy asarining nomi «Jomiʼ ahkom as-sigor» (<<Bola huquqlari kodeksi») dir. Mazkur asar 625/1228 yili yakunlangan. U Hanafiy mazhabiga muvofiq maxsus bolalar huquqlari xususida yozilgan dunyodagi yagona fiqhiy manba sanaladi.
Asarning yozilishida yuzga yaqin fiqhiy manbalardan foydalanilgan, ularda keltirilgan bolalarga taalluqli sharʼiy hukmlar jamlangan.Asar mavzuga oid 1289 fatvo jamlangan. Ular  emizish, talok, idda, nafaqa, norasida bolani qaramoqqa olish, bolaga Qurʼon berish, bola ishtirokidagi savdo-sotiq shartlari, nomusulmon norasidalarga munosabat, mulkiy masalalar, balogʻatga yetmaganlarning haj qilishi, qiz bolaning mahri, meros, yetimning moli, topib olingan bolaning taqdiri va yana o'nlab masalarni qamrab olgan.
Quyida bulardan bir nechtasini misol tariqasida qisqacha keltiramiz.

Bolani emizdirish masalasi:
Goʻdakni emizishga Alloh taoloning: "Onalar bolalarini toʻla ikki yil emizadilar. (Bu muddat) emizishni kamoliga yetkazishni istovchilar uchundir» (Baqara, 233) oyati dalil boʻladi.
Bu masala boʻyicha ulamolar ixtilof qilishgan. Baʼzi ulamolar: Bu faqat onalarning shunday qilishlari haqidagi xabardir. Bu holda emizishni onalar zimmasiga yuklash mazmuni yoʻq», deyishgan. Baʼzilar esa: "Unda  onalarga emizishni yuklash mazmuni bor", deyishgan.
Ayrim ulamolar fikricha: Ona oʻz bolasini emizishga majbur qilinmaydi. Chunki emizish nafaqa oʻrnida boʻlib, bolalarning nafaqasi onalarga emas, otalar zimmasiga yuklatilgan. Emizish ham shunday. Abu Hanifa va Abu Yusuf nazdilarida bola onasidan boshqa ayolning sutini emmayotgan boʻlsa va uni emizadigan ayol topilmasa, ona emizishga majbur qilinadi. Buning boisi shuki, agar onani majbur qilinmasa va bola sutsiz qolsa, goʻdakning nobud boʻlishiga olib kelishi mumkin.

Balog'atga yetmagan bolalarning nafaqasi ularni oziq-ovqat, kiyim-kechak, turar-joy bilan taʼminlash otaning burchidir. Faqir balog'atga yetmagan bolaning nafaqasi otasiga vojib boʻladi. Bu hukmning dalili Qurʼoni karimdan olingan. Alloh taolo shunday marhamat qiladi: «Ularni meʼyorida oziqlantirish va kiyintirish otaning zimmasidadir» (Baqara, 233).

Muomala layoqati cheklangan bolaning oldi-sotdisining hukmi:
Oldi-sotdini tushunadigan muomala layoqati cheklanganbolaning savdosi otasi, vasiysi, bobosi yoki qozining ijozatiga bogʻliq boʻladi.
Eslatma: 1. Voliylar, vasiylar va oʻrinbosarlar balogʻatga yetmaganlar va aqli norasolar nomidan ish koʻradi, har biri oʻz vakolati doirasida ularning manfaatlarini ifoda etadi.Ular mol-mulkdan oʻz foydasiga biror narsa olishi va yeyishi mumkin emas. Agar ularga voliylar yoki qozilar tomonidan mukofot tarzida biror narsa olishga ruxsat etilgan boʻlsa, faqat belgilangan mikdorda olishga ruxsat etiladi.

Balog'atga yetmagan bolaga Mus'hafni berish masalasi:
«Muhit»ning «Tahorot» bobida shunday deyilgan: «Baʼzi mashoyixlarimiz Mus'hafni va Qurʼon yozilgan taxtani balogʻatga yetmagan bolalarga berishni makruh deb bilishgan. Barcha mashoyixlarimiz esa bunda hech qanday zarar yo'q deb bilishgan. Chunki ular(bolalar) tahorat qilishga majbur emaslar».
Izoh: Barcha musulmonlar Mus'hafni asrash va unga extirom koʻrsatish vojibligiga ijmo qilishgan. Ulamolar aytadilar: «Agar bir musulmon Qurʼonni axlatga tashlasa, Alloh asrasin, kofir boʻladi», deganlar. Shuningdek, uni yostiq qilib yotish haromdir. Nafaqat Qurʼoni Karimni, balki boshqa mo'tabar manbalarni ham yostiq qilib yotish mumkin emas.

"Jomi' ahkom as-sag'ir" asaridan foydalanildi.

Muallif: 3-kurs talabasi Ikromova Muslima
Mas'ul o'qituvchi: Nurmuhammedova Iroda

Другие новости

Islomda Ayol
10.10.2024 1
Islom dinida ayol va erkak yaratilish jihatidan bir-biridan farq qilmaydi. Shu sababli oyatlar “Ey odamlar” yoki “Ey iymon keltirganlar” degan murojaat bilan boshlanadi. Bu ifoda ham ayollarni, ham erkaklarni qamrab...
Подробнее
Ayol: tarix, islom va bugun
08.10.2024 3
Tarixda ayolning o‘rni doim bahs mavzusi bo‘lib kelgan. Ayol ba’zan shunchalik qadrsiz ko‘rilganki, uni odam o‘rniga ham qo‘ymaganlar, ba’zan esa uni ulug‘lashgan. Ba’zi sivilizatsiyalar ayolni baxtsizlik ramzi deb bilgan bo‘lsa,...
Подробнее
Buyuk Muallimga muhabbat
01.10.2024 8
Buyuk Muallimga muhabbatBizlarni Muhammad (sallohu alayhi vasallam) ning ummatlari bo‘lishdek sharafga muyassar aylagan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin.Alloh taoloning roziligiga erishish yo‘llarini mukammal tarzda bizga ta’lim bergan habibimiz Rasululloh...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry