14.02.2024
553

Zahiriddin Muhammad Bobur

  Zahiriddin Muhammad Bobur Andijon 1483 y. 14 fevralda tugʻilgan. Amir Temurning beshinchi avlodi, Fargʻona hukmdori Umarshayxning farzandi. Bobur 12 yoshda (1494) taxtga chiqdi. 1503—1504 yillarda Afgʻonistonni egalladi. 1519—1525 yillarda Hindistonga 5 marta yurish qiladi. Uch asrdan ortiq davom etgan (1526—1858 y.y.). boburiylar saltanatiga asos solgan, 26 dekabr 1530 yil Agra, Hindistonda vafot etgan. Qabri keyinchalik vasiyatiga koʻra Qobulga koʻchirilgan. Bobur (taxallusi; to‘liq ismi Zahiriddin Muhammad ibn Umarshayx Mirzo)  — o‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili: buyuk shoir; tarixchi, geograf; davlat arbobi, iste’dodli sarkarda; boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda. Boburning otasi — Umarshayx Mirzo Farg‘ona viloyati hokimi, onasi — Qutlug‘ Nigorxonim Mo‘g‘uliston xoni va Toshkent hokimi Yunusxonning qizi edi. Boburning onasi o‘qimishli va oqila ayol bo‘lib, Boburga hokimiyatni boshqarish ishlarida faol ko‘mak bergan, harbiy yurishlarida unga hamrohlik qilgan. Umarshayx Mirzo xonadoni poytaxt Andijonning arki ichida yashar edi. Hokim yoz oylari Sirdaryo bo‘yida, Axsida, yilning qolgan faslini Andijonda o‘tkazardi. Boburning yoshligi Andijonda o‘tgan. Bobur barcha temuriy shahzodalar kabi maxsus tarbiyachilar, yirik fozil-u ulamolar ustozligida harbiy ta’lim, fiqh ilmi, arab va fors tillarini o‘rganadi, ko‘plab tarixiy va adabiy asarlar mutolaa qiladi, ilm-fanga, she’riyatga qiziqa boshlaydi. Dovyurakligi va jasurligi uchun u yoshligidan «Bobur» («Sher») laqabini oladi.


Tayyorladi: Xadichai Kubro ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi talabasi Shodixonova Fotima
Mas'ul ustoz: ma'naviyat va yoshlar bilan ishlash bõlimi boshlig'i: G.Mansur

Другие новости

Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi
19.12.2025 6
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi Insonni yo‘qdan bor qilgan va mavjudodlari ichida mukarram aylagan zot -Alloh taolodir. Alloh taolo insonga ham aql, ham nafs istaklarini bergan. Nafsi aqlidan ustun...
Подробнее
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari
18.12.2025 6
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari“Hidoya” asarini mutolaa qilgan kishi biror fiqhiy masalaga Imom Marg‘inoniy boshqa faqihlar kabi Qur’oni Karim, sunnat, sahobalarning osorlari, ijmo, qiyos, istehson kabi bir nechta dalillar keltirganining...
Подробнее
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni
17.12.2025 7
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni Islom dini - insoniyat tarixida eng buyuk ma’naviy uyg‘onish harakatlaridan biri bo‘lib, uning asosiy manbalari Qur’oni karim va Rasululloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlaridir. Tarix...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry