21.02.2024
132

Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri U Firogʻiy tavalludining 300 yilli

"Xadichai Kubro" Taʼlim Muassasasi:
Buyuk turkman shoiri va mutafakkiri U Firogʻiy tavalludining 300 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori imzolandi

Joriy yilning 19-fevral sanasida koʻp sheʼrlariga Qurʼoni Karim oyatlari, hadisi sharifning mazmun mohiyati singdirgan,  she’rlarida paygʻambarlar, Bahouddin Naqshband, Ahmad Yassaviy singari ulugʻ zotlar juda koʻp tilga olgan, shuningdek, Allohga munojot, Rasululloh (sav)ga murojaat ohanglari sheʼriyatining eng asosiy tamoyillaridan biri boʻlgan Turkman xalqining ulugʻ farzandi U Firogʻiyning tavalludining 300 yilligini keng nishonlash toʻgʻrisida
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Qarori imzolandi. 
Turkman xalqining ulugʻ farzandi U Firogʻiy nafaqat turkiy xalqlar, ayni paytda jahon adabiyoti va madaniyati tarixida alohida oʻrin egallagan atoqli shoir va mutafakkirdir.
Hassos soʻz san’atkorining chuqur gumanizm bilan sugʻorilgan asarlari mard va matonatli, mehnatkash turkman xalqining ezgu qadriyatlari va olijanob fazilatlarini tarannum etishi, hamisha xalq bilan hamdard boʻlishga, turli millat va elatlar oʻrtasida oʻzaro ahillik va hamjihatlik rishtalarini mustahkamlashga qaratilgan mazmun-mohiyati bilan barchamiz, ayniqsa, yoshlarimiz uchun ibrat namunasidir” dedi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Sh. Mirziyoyev
Shuni ta’kidlash lozimki, joriy yil YUNESKO rahnamoligida U Firogʻiy tavalludining 300 yillik sanasi dunyo miqyosida keng nishonlanayapti. Bu esa, shoir adabiy merosi jahon soʻz san’atining bebaho xazinasiga aylanib, insoniyatning ma’naviy olamini yuksaltirishga xizmat qilib kelayotganidan dalolat beradi.
Shu bois davlatimiz Prezidenti tomonidan Oʻzbek xalqining U Firogʻiy siymosida qardosh Turkmaniston xalqiga, uning boy tarixi va madaniyati, urf-odat va qadriyatlariga hurmat-ehtiromining yorqin namunasi sifatida hamda shoir tavalludining 300 yilligini munosib nishonlash maqsadida: Madaniyat vazirligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Fanlar akademiyasi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Badiiy akademiya, Madaniyat vazirligi huzuridagi Millatlararo munosabatlar va xorijiy mamlakatlar bilan doʻstlik aloqalari qoʻmitasi hamda jamoatchilik vakillarining buyuk turkman shoiri va mutafakkiri U Firogʻiy tavalludining 300 yilligini mamlakatimizda keng nishonlash toʻgʻrisidagi takliflari ma’qullandi.
Shu munosabat bilan tashkiliy qoʻmitaga ikki hafta muddatda U Firogʻiy tavalludining 300 yilligini yuqori saviyada nishonlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini tasdiqlash vazifasi yuklatildi.
Ushbu chora-tadbirlar dasturida quyidagi vazifalar kiritildi:
•  U Firogʻiyning “Tanlangan asarlar”i hamda uning hayoti va ijodiy faoliyatiga bagʻishlangan ilmiy maqolalar toʻplamini nashrga tayyorlash va chop etish;
•  davlat buyurtmasi asosida Oʻzbekiston va Turkmaniston kino ustalari hamkorligida U Firogʻiyga bagʻishlangan badiiy film yaratish;
•  shoir hayoti va ijodiy faoliyati haqida spektakl sahnalashtirish;
•  yosh xonandalar oʻrtasida “U she’rlari bilan aytiladigan eng yaxshi qoʻshiqlar ijrochisi” respublika tanlovini oʻtkazish;
•  Badiiy akademiyaning markaziy koʻrgazmalar zalida oʻzbek va turkman xalqlarining doʻstlik va qardoshlik aloqalarini tarannum etuvchi tasviriy san’at asarlari koʻrgazmasini tashkil etish;
•  Xiva shahrida Fanlar akademiyasi, Yozuvchilar uyushmasi, Xorazm viloyati hokimligi va boshqa tegishli vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda “U ijodining oʻzbek adabiyoti va san’atida tutgan oʻrni” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya oʻtkazish;
•  mamlakatimizdagi oliy va oʻrta maxsus, kasb-hunar, umumiy oʻrta ta’lim tashkilotlari, harbiy qismlar, mehnat jamoalari hamda mahallalarda taniqli shoir va yozuvchilar, olimlar ishtirokida uchrashuvlar, adabiy kechalar tashkil etish;
•  2024 yil oktyabr oyida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston davlat akademik katta teatrida U Firogʻiy xotirasiga bagʻishlangan ijodiy kecha oʻtkazish tadbirlari koʻzda tutilishi belgilab qoʻyildi.

Bu katta tantana sheʼriyati barcha turkiy millatlar, jumladan, oʻzbeklarning ham maʼnaviy mulkiga aylangan, bir necha marta sheʼrlari oʻzbek tiliga tarjima qilinib, nashr etilgan, Nizomiy, Firdavsiy, Fuzuliy, Navoiy singari mashhur sho-irlar ijodidan bahramand boʻlgan U Firogʻiy xotirasiga bagʻishlanib, ta’lim muassasasi ham bu tadbirlarda faol ishtirok etishini oʻz oldiga maqsad qilib qoʻydi. 

“Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat boʻlimi” boshligʻi G.Maxamedova

Другие новости

Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”
17.10.2024 39
Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”ЖамиятТанлашРўйхатдан ўтингЧоп этиш11:56 / 17.10.2024Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан Тошкент ва Хива шаҳарларида ўтказилган “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини”...
Подробнее
ИСЛОМ – ТИНЧЛИК ВА ЭЗГУЛИК ДИНИ
15.10.2024 42
Тинчлик қарор топган юртда хотиржамлик ҳукм суради, жамиятда ҳар томонлама юксалиш бўй кўрсатади. Мамлакат тараққиёти, фаровонлиги, юрт аҳлининг тумуш ободлиги осойишталик туфайлидир.Шу нуқтаи назардан айтиш жоизки, давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан...
Подробнее
Ислом – маърифат, тинчлик, эзгулик дини Жамият
14.10.2024 41
Шу йилнинг 15-16 октябрь кунлари Тошкент ва Хива шаҳарларида “Ислом – тинчлик ва эзгулик” дини мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтади. Ислом динининг пок ва маърифатга йўғрилган, тинчликпарвар ғояларини кенг тарғиб...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry