23.02.2024
369

TINCHLIK NE’MATI - OLIY NE’MAT

TINCHLIK NE’MATI - OLIY NE’MAT
Alloh taolo tomonidan bandalariga behisob ne’matlar berilgan bo‘lsada, ular ichida eng oliysi tinchlik ne’matidir. Islom dini inson uchun tinchlik va omonlik dinidir. Alloh taoloning ismlaridan biri “As-Salom”dir. Qur’on nozil bo‘lgan kecha ham salom kechasidir. Bu haqda Alloh taolo kalomi sharifida: 
سَلَٰمٌ هِيَ حَتَّىٰ مَطۡلَعِ ٱلۡفَجۡرِ
“U (kecha) to tong otgunicha salomatlikdir”, deydi (Qadr, 5). Yana, 
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ ادْخُلُواْ فِي السِّلْمِ كَآفَّةً
“Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!" (Baqara surasi, 208-oyat), deb aytiladi. 
نِعْمَتاَنِ مَغْبُونٌ فِيهِمَا كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ، اَلصِّحَّةُ وَ الْفَرَاغُ رواه البخارى
Ibn Abbos (r.a.)dan rivoyat qilingan hadisi sharifda aytilganidek, “Ikki eng aziz ne’mat boru, ko‘plar buning qadriga yetishmaydi, bular salomatlik va tinchlik-xotirjamlikdir” (Imom Buxoriy va Imom Termiziy rivoyati). 
Tichlikni turlari ko’p bo’lib, ular orasida hozirgi kunda eng dolzarb muammoga aylanib borayotgani xalqaro tinchlikdir. Xalqaro tinchlik — xalqlar va davlatlar o‘rtasida zo‘rlik ishlatmasdan tashki siyosat olib borishga, o‘z zimmasiga olgan majburiyatlarni bajarishga va odatda, xalqaro shartnomalarda mustahkamlab qo‘yilgan majburiyatlarga rioya etishga asoslanadigan munosabatlar: davlatlar o’rtasida uyushtirilgan qurolli kurash (ya’ni urush)ning yo’qligi hisoblanadi. Dunyo, jamiyat rivojlanib borgan sari xalqaro munosabatlarning sub’yektlari o’rtasida vujudga keladigan mojarolar, nizolar, kelishmovchiliklarni hal qilishning zamonaviy yo’llari, usullari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda. Bunda quyidagi holatlar hisobga olinishi belgilab qo’yilgan: 
21-asr boshlarida mojarolarning sabablari va manbalari; 
mojarolarning ishtirokchilari; 
mojarolarning xarakteri va mazmuni; 
bu mojarolarni hal etuvchi xalqaro tashkilotlar faoliyati o‘zgarayotganligi va hakazolar. 
Tinchlikni saqlash uchun mojarolarning oldini olish, ularni tugatishda diplomatik metodlarning roli ma’lum darajada kamayib, iqtisodiy va moliyaviy vositalarning kuchayib borishi kuzatilmoqda. Shuningdek, nizolarni tinch yo‘l bilan hal qilishda gumanitar operatsiyalar sezilarli rol o‘ynamoqda. 
O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan buyon jahonda va Markaziy Osiyo mintaqasida barqarorlik zarurligidan kelib chiqib o‘z tashqi siyosatini amalga oshirmoqsa. Mamlakatimiz dunyoda Tinchlikni saqlashning barcha xalqaro huquqiy me’yorlariga amal qiladi va ularga sodiq qoladi. 
Dunyoda uzoq vaqt tinchlik hukmron davlatlardan biri Shvesiya bo‘lib, u 1814-yili Norvegiya bilan urushidan keyin hech qanday harbiy ziddiyatlarda qatnashmay keladi. Undan so‘ng, bu borada Shveysariya, Shveysariya Konfederatsiyasi o‘rin egallaydi. Bu davlat qat’iy betaraflik siyosati yuritadi. 1848 yildan hozir kungacha tinch davlat hisoblanadi. Kosta-Rika eng tinch hududlar reytingida 3-o‘rinni egallab, bu mamlakat 1949 yildagi 44 kunlik fuqarolar urushidan keyin armiyani tarqatib, biror urushda qatnashmagan.
Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig‘i G.Maxamedova
 

Другие новости

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan nasriy va  nazmiy asarlar tahlili
01.01.2026 6
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan nasriy va nazmiy asarlar tahlili XIX asr oxirlaridan boshlangan milliy uyg‘onish davri bosqichiga kelib endi she’riyatdagi mavzu ham, uslub ham keskin o‘zgardi. Agar jadid she’riyatining birinchi...
Подробнее
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi
19.12.2025 13
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi Insonni yo‘qdan bor qilgan va mavjudodlari ichida mukarram aylagan zot -Alloh taolodir. Alloh taolo insonga ham aql, ham nafs istaklarini bergan. Nafsi aqlidan ustun...
Подробнее
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari
18.12.2025 13
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari“Hidoya” asarini mutolaa qilgan kishi biror fiqhiy masalaga Imom Marg‘inoniy boshqa faqihlar kabi Qur’oni Karim, sunnat, sahobalarning osorlari, ijmo, qiyos, istehson kabi bir nechta dalillar keltirganining...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry