28.11.2025
18

Allohning muhabbati va g‘azabi

Allohning muhabbati va g‘azabi

Robbimiz bizni Oʻz diniga hidoyat qilib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni bizga ulug‘ Payg‘ambar qilib yuborishi Uning bizga ko’rsatgan ulug‘ marhamatlaridandir.

         Muhabbat izhori birinchi kim tomonidan boʻladi, banda tomonidanmi yoki Robbul olamiyn tomonidanmi?

         Allohning bizga boʻlgan muhabbati avval boshlanadi va u muhabbat biznikidan ustundir.  Chunki, U Zot bizni yoʻqdan bor qilib yaratdi, bu esa Robbimizning bizga bo’lgan muhabbatining belgisidir. Alloh taolo Qur’oni Karimda shunday marhamat qilgan:

         « Va sizga bu dinda hech qanday tanglik qilmadi. (Bu) otangiz Ibrohimning millati. U sizlarni bundan oldin va bu(Qur’on)da «musulmonlar» deb nomladi. Toki Rasul sizlarga guvoh boʻlsin, sizlar esa odamlarga guvoh boʻlinglar».[1]

         Ikki ishdan birini tanlashda agar gunoh boʻlmasa, yengilrog‘ini tanlaydigan Payg‘ambarni yuborishi ham Robbimizning bizga boʻlgan muhabbatining belgisidir. Qur’onni Oʻzi saqlashini va’da qilishi, dinimizni mukammal qilib, ne’matini toʻkis qilib, biz uchun Islomning din boʻlishiga rozi boʻlishi ham Robbimizning bizga boʻlgan muhabbatining belgisidir. 

         U Zot bular haqida shunday marhamat qilgan:

         «Albatta, Zikrni Biz nozil qildik va albatta, Biz unga muhofazachimiz».[2]

         «…Bu kun sizga diningizni mukammal qilib berdim. Sizga ne’matimni toʻkis qildim. Va sizga Islomni din deb rozi boʻldim...».[3]

         Bu dunyo va oxiratda bandalarga Allohchalik mehribon boʻlgan Zot yoʻq. Uning mehribonligi ota-onaning farzandiga mehribonligi va rahm-shafqatidanda yuksakroqdir.

         Har kuni Yer Alloh taologa nido qilib: «Ey Robbim, menga Odam bolalarini yutib yuborishimga ruxsat ber, chunki, ular Sen bergan rizqni yeb, Senga shukr qilmadilar» deydi. 

         Dengizlar aytadi: «Ey Robbim, menga Odam bolalarini g‘arq qilib yuborishimga ruxsat ber, chunki, ular Sen bergan rizqni yeb, Senga shukr qilmadilar». 

         Tog‘lar aytadi: «Ey Robbim, menga ruxsat ber, Odam bolalari ustiga qulab tushay, chunki, ular Sen bergan rizqni yeb, Senga shukr qilmadilar».

         Osmonlar: «Ey Robbim, menga ruxsat ber, Odam bolalarining ustiga parchalarim tushib, ularni bosib qolsin, chunki, ular Sen bergan rizqni yeb, Senga shukr qilmadilar» deb aytadi.

         Alloh taolo maxluqlariga qarab: «Ey Men yaratgan maxluqlar, ularni (Odam bolalarini) sizlar yaratganmisizlar?» dedi.

         Maxluqlar: «Yo’q, ey Robbimiz» deyishdi.

         Shunda Alloh taolo: «Agar ularni (Odam bolalarini) yaratganingizda ularga rahm qilgan boʻlar edingiz. Bandalarimni Oʻzimga qoʻyib beringlar. Agar ular menga tavba qilsalar, Men ularni yaxshi koʻraman. Agar tavba qilmasalar, ularga tavba qilish yoʻlini koʻrsataman. Men ularga onaning oʻz farzandiga mehribonligidan-da, mehribonroqman. Agar Mening huzurimga bandalarim tavba qilgan holda kelsalar, Men uzoqdan ularni «Marhabo, ey tavba qiluvchilar!» deb kutib olaman. Agar Mendan yuz oʻgirib, gunoh sari ketsalar, yaqindan ularga: «Qayerga ketyapsizlar? Mendan boshqa Robb topdinglarmi yoki Mendan koʻra rahmliroq, mehribonroq zot topdinglarmi?» deb aytaman» deya marhamat qildi.

         Bundan kelib chiqadiki, har qanday holatda ham Alloh taolo bandalariga yaxshilik qilishni xohlar ekan, ularning gunohlarini kechirish uchun bir qancha yoʻllarni hozirlab qoʻygan ekan. Bu bandalarga boʻlgan chin muhabbat belgisidir.

         Allohning g‘azabi — bu Uning bandalarining yomon amallaridan norozi boʻlishi va ularni jazolashiga sabab boʻladigan ilohiy sifatdir. Allohning g‘azabi insonning g‘azabiga oʻxshamaydi. U Zot har qanday nuqsondan pok boʻlib, Uning g‘azabi ham Oʻziga xos, ulug‘ va adolatga asoslangan sifatdir. G‘azab — Allohning bandalarini tarbiyalash, zulm va buzg‘unchilikni oldini olish, dunyoda va oxiratda adolatni qaror toptirish uchun keladigan ilohiy ogohlantirishdir.

         Alloh taolo: “Kim Allohga va Uning Rasuliga osiylik qilsa va Uning chegaralarini buzsa, U Zot uni mangu qoluvchi boʻlgan holida olovga kiritiladir. Va unga xorlovchi azob bordir”,[4] deb marhamat qiladi. Bu oyat Allohning g‘azabi itoatsizlik qilganlar va haddidan oshganlar uchun boʻlishini  ko’rsatadi. Allohning g‘azabini eng koʻproq keltiradigan xulqlar — kibr,  zulm qilish, odamlarning haqqidan urish, yolg‘on gapirish, fitna tarqatish, isrof hamda Allohning amrlarini mensimaslikdir. Bu kabi yomon sifatlar jamiyatni buzadi, insonning qalbini qoraytiradi va oxiratda og‘ir oqibatlarga olib keladi.

 

 

Tayyorladi: D.Boltaboyeva 

Mas’ul ustoz: F.Ibrohimova 

 

 

 

         


 

[1]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Haj surasi, 78-oyat

[2]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Hijr surasi, 9-oyat

[3]Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Moida surasi, 3-oyat

[4] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol. Niso surasi, 14-oyat

Другие новости

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi
16.12.2025 4
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi“Oyna” jurnali o‘z davrining mashhur jurnallaridan edi. Jurnalda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, tarixiy-adabiy, diniy va ilmiy mavzular bisyor edi. Jurnalni tadqiq etish jarayonida biz bu...
Подробнее
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalar
15.12.2025 5
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalarShuning uchun ham Islomda tashqi ko‘rinishga ahamiyat berishga ruxsat etilgan. Bunda ziynatlanishni harom qiladigan holatlar quyidagilardir:a) kofir yoki axloqsiz odamlarga o‘xshash uchun qilinsa;b)...
Подробнее
Xalq orasidagi bid’atlar
14.12.2025 5
Xalq orasidagi bid’atlarInsonga uning bilmagan narsasini oʻrgatib, musaffo aqidaga yoʻllagan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Bu musaffo aqidani bizlarga mukammal holda yetkazgan paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga hamda u zotning ahli oilalariga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry