26.02.2024
210

ABDULXOLIQ G‘IJDUVONIYNING HAYOTI VA FAOLIYATI

ABDULXOLIQ G‘IJDUVONIYNING HAYOTI VA FAOLIYATI
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi
Islomshunoslik fakulteti
Islomshunoslik yonalishi
2-kurs talabasi Muhammadiyeva Mudassiraxon
Annotatsiya: Maqolada Abdulxoliq G‘ijduvoniyning ilm-fan, ta’lim-tarbiya, madaniyat va ma’rifat haqidagi aytgan teran fikrlari hamda shoir asarlarida ustoz-shogird an’analari, uning ustozlariga nisbatan cheksiz hurmati va e’tibori haqida so‘z boradi.
Kalit so‘zlar: ilm, aql, ma’rifat, fikr, bilim, shariat, sunnat, tariqat, riyozat, nafs tarbiyasi, tasavvuf, tafakkur, vijdon, vatanparvarlik, ijtimoiy hayot, axloqiy tarbiya, bilim, ezgu ishlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2021-yil 29-mart kuni Buxoro viloyati G‘ijduvon tumaniga tashrif buyurdi va Abduxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi ziyorat etilib, Qur’on tilovat qilindi. Bu haqida Prezident matbuot xizmati xabar berdi. 
Kitobda o‘qish boshqa, ziyorat qilib, yurakdan o‘tkazib o‘rganish boshqa. Bu joy ma’rifat markazi bo‘lishi, odamlar o‘ziga ilm olib ketishi kerak, — dedi Shavkat Mirziyoyev. 
Prezident bu sanaga yuqori darajada tayyorgarlik ko‘rish, uning doirasidagi tadbirlarni Abduxoliq G‘ijduvoniy tavalludining 915 yilligi va Bahouddin Naqshband tavalludining 700 yilligi bilan hamohang nishonlash, xalqaro ilmiy konferensiya o‘tkazish bo‘yicha ko‘rsatmalar berdi. Prezident Shavkat Mirziyoyev Buxoro viloyati G‘ijduvon tumanidagi Abduxoliq G‘ijduvoniy majmuasini ziyorat qildi.
Odamzod ilmni o‘rganish orqaligina hosil qiladi. O‘rganish esa kishining taffakuri, narsa va hodisalarga kuchi yetganicha aniqlik kiritishdir. Ilmni odam bolasi yaratilgandan boshlab to‘hto‘vsiz ravishda o‘rganadi. Ilm inson vujudining hushmanzara bog‘idir va odamiylik olamining javohirga boy tog‘idir.Yumshoq ko‘ngillilik hodisalar tola dengizdagi kishilik kemasining langari desa bo‘ladi va insoniyat qadrini o‘lchaydigan tarozining toshiga tenglashtirsa ham bo‘ladi. Ilm ahloqi odamning qimmatbaxo libosi va u kiyim turlarining eng chidamli matosidir.
Agar inson ilm nuri bilan o‘z yo‘lini yoritmasa zulmat va nodonlik ko‘chasida qoladi. Kishi qalbining nuri, ilmi va marifati bilan baquvvat bo‘ladi. Ilmdan hali hech kim zarar ko‘rgan emas. Ilmni egallab olish esa bir sana'tdir. Yaxshi tahsil körgan va ilm nuri bilan hulqini yaxshilagan har bir inson har yerda izzat topadi.Ilm-inson uchun ziynat. Aqlini nodonlikdan qo‘rqitgan har bir ayol esa nomus, izzat, ayyollik qadrini tushunib yetadi. 
Muqaddas Islom dinimizni ham ilmsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Qur’oni karimda ilm so‘zi va uning shakldoshlari 811 joyda zikr qilingan. Bu esa Alloh taoloning nazdida ilmning naqadar muhimligini ko‘rsatadi. Rasullulloh sollallohu alayhi vasallam:
“Ilm talab qilish har bir musulmon zimmasiga farzdir” ,dedilar.
Farz bajarilishi lozim, shart bo'lgan buyruqdir. Demakki, har bir musulmon ilmga ega bo'lib, kishilarni hidoyatga da'vat qiluvchi shaxs bo'lishga urunmog'i lozim. Islomda ilm talab qilish beshikdan to qabrgacha farz qilingan. Ilm olishning foydalari beqiyosir. Shulardan bir nechtasini sanab o'tamiz:
1. Ilm orqali Alloh taniladi, unga ibodat qilinadi, va tavhid asosida yashash yo'lga qo'yiladi.
2. Ilm e'tiqodlar va ibodatlarning asosidir.
3. Ilm talab qilish ham ibodatdir.
4. Ilm pastni baland, xorni aziz va singanni butun qiladi.
5 . Ilm tufayli silai rahm qilinadi va haq-huqular ado etiladi.
Ilm xoh diniy, xoh dunyoviy bo‘lsin. Ikkisini ham ibodatdir. Musulmon kishi har tomonlama yuksak saviyali, kuchli, irodali bo'lishi zarur. Tashqaridan keladigon hurujlarga tayyor turmog'i darkor. Diniy ham dunyoviy tomondan tushunarli, aniq faktlar orqali javob qaytarib, hurujlarning oldini olishi lozim. 
Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy hozirgi zamonda dunyo jamoatchiligi tomonidan eng ilg‘or demokratik tamoyillarga amal qiluvchi, ilohiyot va dunyoviylikni insonparvar nuqtalarda tutashtirgan, jahonda eng ko‘p muxlisga ega bo‘lgan Xojagon-naqshbandiya tariqati asoschisidir.
Mutafakkirning G‘ijduvon shahri tub aholisi tilida faol qo‘llanadigan nomi — Xojayi jahon. Xaloyiq ushbu tabarruk nomda ajib hikmat ko‘radi.
G‘ijduvon shahrining obod va farovon makonligidan, bozorlarning to‘kin-sochin va arzonligidan bahramand tub aholi, qo‘shni-qarindoshlar, olisdan kelgan mehmonlar — bari ushbu shahardagi fayzu futuh, xayru barakani piri buzrukvor — Xojayi jahon nomi bilan bog‘lab gapiradilar. Xo‘sh, qaysi jahonshumul xizmati tufayli bu zoti bobarakot ona-shahri G‘ijduvon shuhratining jahoniy mavqega ko‘tarilishiga, Vatani nazarkarda maskanga aylanishiga sabab bo‘ldi?
Avvalo, Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy mashg‘ul bo‘lgan ilm va tafakkurning jahonshumul ahamiyati uning ilohiy mohiyatida, bu porloq shaxsiyatni Olloh yorlaqaganligida. U Xojayi Xizr siylovi bilan Haq ahlining sarvari maqomiga ko‘tarildi. 
Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” asarida shunday naql keltiradiki: “Agar yer yuzida Xoja Abdulxoliq farzandlaridin biri bo‘lsa erdi, Mansur hargiz dor ostiga bormag‘ay erdi”. Bu naqlda qanday hikmat bor? G‘ijduvoniy ta’limotida mashhur Mansur Hallojni o‘limdan saqlab qolishi, tasavvuf dunyoqarashi bilan mutaassib aqidaparastlikni murosaga keltirishi mumkin bo‘lgan qanday hurfikr va hayotbaxsh g‘oyalar bor edi?
“Qissayi Mashrab”da shunday ma’lumot bor: “Ma’niyi Ofoq uldurki, “Qutbul Olam” degan bo‘lur. Dunyoda ikki Ofoq o‘tubdurlar: birlari Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy, yana birlari hazrati Ofoq xo‘jamdurlar”. Bu naqlda qanday sir bor? Xojayi jahon qanday umumbashariy g‘oyalar bilan “Ofoq”, ya’ni “Qutb ul Olam” unvoniga sazovor bo‘lganlar? Bundan tashqari, mazkur naqlning qalandariylikka oid manbada kelishi ham qiziq. Demak, G‘ijduvoniy g‘oyalari faqat xos tariqat a’zolarigagina emas, balki qalandarlik suluki talablariga ham mos kelarkan-da.
Tafakkur dunyosida “hujjatul-islom” degan unvon ham borki, u jahonda atigi ikki mutafakkirga nisbatangina qo‘llangan. Biri — Imom G‘azzoliy, ikkinchisi — Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy. Alisher Navoiy “Nasoyim ul-muhabbat min shamoyim ul-futuvvat” asarida G‘ijduvoniyga nisbatan “alarning ravishi tariqatda hujjatdur” deydi. Xo‘sh, tariqat piri G‘ijduvoniyning ravishi, ya’ni yo‘li, fe’l-atvori, tabiat-tiynati, g‘oyaviy tizimining tariqatda hujjat bo‘lishga sazovor qanday xosiyatlari mavjud?
Avvalo, tariqat va zikrning mohiyatini muxtasar izohlash zarur. Ma’lumki, islomiy tasavvufiy ta’limot nuqtai nazaridan insonning ma’naviy-ruhiy komillikka erishishi shariat, tariqat va haqiqat bosqichlaridan iborat. Islom yoki xudojo‘ylik yo‘liga kirgan solik, ya’ni yo‘lovchi, izlovchi mana shu bosqichlarni bosib o‘tishi zarur. Bu bosqichlar bir-birini taqozo etadi.
Shariatsiz tariqatga kirib bo‘lmaydi, tariqatsiz haqiqatga erishilmaydi. Buxorodagi yetti pirning birinchisi, musulmon sharqida mashhur tariqat xojagon-naqshbandiya silsilasi asoschisi Abduxoliq G‘ijduvoniy taxminan 496/1103 yili Buxoro yaqinidagi G‘ijduvonda dunyoga kelgan. U baland bo‘yli, ochiq chehrali, boshi biroz katta, ko‘k-rak va yelkalari keng, gavdali inson bo‘lgan. Shuningdek, G‘ijduvoniy ziyrak, sezgir va yumshoq tabiatli bo‘lgan.
Manbalar guvohlik berishicha, uning otasi Imom Ab- duljamil Imom Molik avlodidan bo‘lib, u o‘z davrining zohiriy va botiniy ilmlarda dong taratgan ulug‘ donish-mandlaridan biri edi.
Abduxoliq G‘ijduvoniyning ota-onasi asli rum (vizantiya)lik bo‘lib, vaziyat taqozosi bilan Movarounnahrga kuchib kelgan. "Matlab ut-tolibin" va "Maqomoti Yusuf Hamadoniy" asarlarida keltirilishicha, Abduljamil 113 yoshida ham farzand ko‘rmaydi, uzoq yillik iltijolari- dan so‘ng Alloh taolo unga o‘g‘il ato etadi.
Abdurahmon Jomiyning "Nafaxotul-uns", "Bahoriston", Alisher Navoiyning "Nasoyim ul-muhabbat" va yana o‘nlab tazkira kitoblarida boshka ulug‘ mashoyixlar ka- tori, Xoja Abduxoliq G‘ijduvoniy ham yuksak ehtirom ila tilga olingan. Bu asarlarda Xojai Jahonning tut- gan yo‘li tariqatda hujjat va namuna hisoblangani, haq bilan noxakni ajratuvchi, adolatli kishilar nazdida makbul va mo‘'tabar ekani, hamisha sadoqat va poklik yo‘lida yurgani, shariat va sunnatga rioya qilib, turli bid'atu xurofotlarga karshi tinimsiz kurashgani kayd etiladi.Ilm – eng fazilatli amaldir, chunki u ikki dunyo saodatining kalitidir. Inson ilm va ma’rifat bilangina chinakam hayotdir. Insonning hayotini to‘g‘ri yo‘lga solmagan, uning fe’l-atvorida, amalida ta’siri bilinmagan, Alloh va Uning Rasulining yo‘liga yetaklamagan ilmda yaxshilik, xayr-baraka yo‘qdir. Shuning uchun o‘rganilgan emas, amal qilingan ilm haqiqiy ilm sanaladi. O‘qigan, bilganiga amal qilmagan odam bu ilmning hammoli bo‘ladi, xolos. Shuning uchun Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam manfaatsiz ilmdan panoh so‘raganlar. Mavlono Rumiy aytganlaridek, “Jaholat – zulmatdir. Qorong‘ida daraxt dev bo‘lib, olma esa tosh bo‘lib ko‘rinadi”. Johil odamga oddiy narsa qo‘rqinchli bo‘lib, yaxshi narsa foydasiz bo‘lib ko‘rinadi. Bu illatning davosi esa talabi ilmdir. Ilm haq bilan botilni farqlashning eng muhim vositalaridan biridir, bitmas-tuganmas xazinadir. Ilmning o‘zi shu qadar fazilatlarga ega ekan, uni o‘rgatgan olimlar, ustozlar, murabbiy va muallimlarning fazli qanchalar ulug‘ bo‘ladi? Albatta, bizni ilm dengizidan, hikmat sarchashmalaridan bahramand qilgan ustozlarimizning darajotlari benihoya yuksak bo‘ladi. “Ustoz otangdan ulug”- deydi dono xalqimiz.
Har bir insonni, u harchand ko‘p ilmga ega bo‘lmasin, bir kamtar ustoz o‘qitgan, tarbiyalagan bo‘ladi. Hech kim o‘z-o‘zidan olim bo‘lib qolmaydi. Ilm faqat o‘qib-o‘rganish bilan hosil bo‘ladi. Bu esa tolibi ilmdan iroda, qat’iyat, g‘ayrat-shijoat talab qilsa, ustozdan mehr, talabchanlik va tog‘dek sabr-matonat talab qiladi. Bu fazilatlar bilan ne’matlantirilgan zotlar Alloh taoloning dargohida eng yuksak darajotlarga ega bo‘ladilar.
Bizning ajdodlarimiz, bobokalonlarimiz ana shunday tolibi ilm bo‘lganlar, ilm o‘rganishni o‘zlariga farz deb bilganlar, ilm o‘rgatishni o‘zlariga burch deb bilganlar, pok niyat bilan ilm ummonidan dur-u javohirlar qidirganlar. Diyorimiz, ona Vatanimiz Islom nuri ila munavvar bo‘lgan davrdan boshlab o‘lkamiz ilmu ma’rifat maskaniga aylandi, son-sanoqsiz masjidu madrasalar bino bo‘ldi, ulardan ming-minglab buyuk allomalar, ulug‘ zotlar yetishib chiqdi. Xalqimizning chinakam iftixori bo‘lmish bu olim-u ulamolar, fozil-u fuzalolar bashariyatga mudarris bo‘ldilar, Islom nurini butun olamga taratdilar, butun dunyoni ilmu ma’rifatga, kutubxonalarini kitoblarga to‘ldirdilar. Biz ana shunday ulug‘ ajdodlarning avlodimiz, ular qoldirib ketgan bitmas-tuganmas ilmiy merosning, ulkan xazinaning vorislarimiz. Yurtimiz istiqlolga erishganiga chorak asr to‘lgan bugungi dorilomon kunlarda sizu bizning, yoshlarning vazifasi yana ilmga berilish, bugungi kunda inson vazifasi fan-texnika taraqqiyoti tufayli erishgan barcha bilimlarni egallashdir. Zero, yuqorida aytganimizdek, Islom dini insonning ikki dunyo saodatiga erishishi uchun manfaatli bo‘lgan har bir bilimni ilm deb hisoblaydi, ba’zilar o‘ylaganidek, ilmni diniy yoki dunyoviy deb farqlamaydi. Vatanimizning mustaqilligini mustahkamlashning eng muhim vazifasi har bir sohada o‘z mutaxassislarimizni, olimlarimizni yetishtirishdir. Shunday ekan, ilm-fanning qaysi yo‘nalishi bo‘lishidan qat’i nazar, o‘zligimizga qaytishimiz, milliy qadriyatlarimizni tiklashimiz, olim bobokalonlarimiz qoldirib ketgan qo‘lyozmalarni o‘qib, o‘rganib, ulardan hayotning bugungi talablariga javob bera oladigan bilim va ko‘nikmalar hosil qilishimiz lozim.

                                          Xulosa
Prezidentimiz ta’kidlaganidek: “Farzandlarimiz maktabdan qanchalik bilimli bo‘lib chiqsa, yuqori texnologiyalarga asoslangan iqtisodiyot tarmoqlari shuncha tez rivojlanadi, ko‘plab ijtimoiy muammolarni echish imkoni tug'iladi. Shunday ekan, Yangi O‘zbekiston ostonasi maktabdan boshlanadi desam, o‘ylaymanki, butun xalqimiz bu fikrni qo‘llab-quvvatlaydi”.
Ta’lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarning asosiy qismini, albatta, oliy ta'lim tizimidagi islohotlar tashkil etadi. Xususan, O‘zbekiston Respublikasida oliy ta'limni tizimli isloh qilishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, mustaqil fikrlaydigan yuqori malakali kadrlar tayyorlash jarayonini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, oliy ta'limni modernizatsiya qilish, ilg'or ta'lim texnologiyalariga asoslangan holda ijtimoiy soha va iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirish maqsadida davlatimiz rahbarining 2019-yil 8-oktyabrdagi farmoni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi oliy ta'lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish Konseptsiyasi sohadagi yangi islohotlar uchun debocha vazifasini bajarib bermoqda Bugungi kunda jahondagi nufuzli oliy ta'lim muassasalari ilm-fanning yirik o‘choqlari hisoblanishi hech kimga sir emas. Hozirda yangi-yangi oliy o‘quv yurtlari, dunyodagi etakchi universitetlarning filiallari tashkil etilmoqda. Misol uchun, so‘nggi 5 yilda mamlakatimizda 47 ta yangi oliy ta’lim muassasasi, jumladan, xorijiy universitetlarning filiallari tashkil etilib, oliy o‘quv yurtlarining soni 125 taga yetdi. Oliy ta'limga ajratiladigan davlat grantlari soni kamida 
25 foizga oshirilganligi, oliy o‘quv yurtlariga qabul qilishda ehtiyojmand oilalar qizlari uchun grantlar sonini 2 barobarga ko‘paytirib, 2 mingtaga etkazilishi oliy ta'limga qamrab olish ko‘lamini yanada kengaytirdi.
Ta'lim tizimidagi eng muhim yangiliklardan biri oliygohlar va ta'lim tizimining quyi bo‘g‘inlari o‘rtasidagi uzviylikni kuchaytirish maqsadida 65 ta akademik litsey oliy o‘quv yurtlari tasarrufiga o‘tkazilishi, shuningdek, 187 ta texnikum ham o‘z yo‘nalishi bo‘yicha turdosh oliygoh va tarmoq korxonalariga biriktirilishi bo‘ldi.
Yana bir narsani ta’kidlash lozim bugungi yoshlar qanchalik bilimli, tarbiyali, dunyoqarashi keng, faol fuqarolik pozitsiyasiga ega vatanparvar boʻlib kamolga yetsa, yangi Oʻzbekistonni qurishga shu qadar kamarbasta boʻladi
Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, dunyoga endigina kelgan chaqaloqni go‘yo oppoq, top-toza daftarga tashbeh qilish mumkin. Endi bu daftarga u ko‘radigan, eshitadigan, sezadigan barcha narsalar yozila boshlaydi. Demak, inson hayotining ilk lahzalaridan boshlab beixtiyor ilm ola boshlaydi. Ammo «ilm» so‘zi lug‘atda «bilish, anglab, tushuncha hosil qilish, bir narsaning haqiqatini, mohiyatini bilish» kabi ma’nolarni anglatadi. Shuning uchun Islom ulamolari ilmga «haqiqatni xuddi voqe’likdagidek idrok qilish ilmdir» deb ta’rif berishgan. Buning ma’nosi shuki, olingan ma’lumot bir narsaning asl mohiyatini to‘g‘ri anglatsagina, undan dunyo va oxiratimizga manfaat hosil bo‘lsagina chinakam ilm hisoblanadi.


Foydalanilgan adabiyotlar.
Sh.M.Mirziyoyev   2020-yil 29-oktabrdagi “Ilm-fanni 2030-yilgacha rivojlantirish.
OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil 
“ХОЖА АБДУЛХОЛИҚ ҒИЖДУВОНИЙ
АЙТГАНЛАРИДАН” to‘plami
Abduxoliq G‘ijduvoniy. Iroda. - V.176a. 
Abduxoliq G‘ijduvoniy. Maqsad mustahkam. -B.17. 
Abduxoliq G‘ijduvoniy Maslak al-arifin. - V. 17b.
.Xoja Yusuf Hamadoniy.Odob-odob.Toshkent.“Movarounnahr”,2018. 
© Toshkent islom universiteti © «YANGI NASHR», 2011

Internet ma’lumotlari:

https://meros.uz/object/abduxoliq-gijduvoniy-maqbarasi
https://kh-davron.uz/kutubxona/islomiy-adabiyot/tasavvuf/xoja-abdulxoliq-gijduvoniy-ogitlari.html

Другие новости

Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”
17.10.2024 46
Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”ЖамиятТанлашРўйхатдан ўтингЧоп этиш11:56 / 17.10.2024Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан Тошкент ва Хива шаҳарларида ўтказилган “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини”...
Подробнее
ИСЛОМ – ТИНЧЛИК ВА ЭЗГУЛИК ДИНИ
15.10.2024 49
Тинчлик қарор топган юртда хотиржамлик ҳукм суради, жамиятда ҳар томонлама юксалиш бўй кўрсатади. Мамлакат тараққиёти, фаровонлиги, юрт аҳлининг тумуш ободлиги осойишталик туфайлидир.Шу нуқтаи назардан айтиш жоизки, давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан...
Подробнее
Ислом – маърифат, тинчлик, эзгулик дини Жамият
14.10.2024 49
Шу йилнинг 15-16 октябрь кунлари Тошкент ва Хива шаҳарларида “Ислом – тинчлик ва эзгулик” дини мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтади. Ислом динининг пок ва маърифатга йўғрилган, тинчликпарвар ғояларини кенг тарғиб...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry