29.02.2024
155

Navoiyni chuqurroq anglash, uni to‘la his qilish asar qo‘lyozmalaridadir.

NAVOIYNI CHUQURROQ ANGLASH, UNI TO‘LA HIS QILISH ASAR QO‘LYOZMALARIDADIR.

 

Gulrux Maxamedova Abduqahhor qizi
Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat  
o‘zbek tili va adabiyoti universiteti
                                                            Ijtimoiy fanlar va kompyuter texnologiyalari fakulteti
Adabiy manbashunoslik va matnshunoslik kafedrasi tayanch doktoranti


Annotasiya. Ushbu maqolada arbain asarlari tarixi, xususan, Navoiyning islom dinida qur’ondan keyin ikkinchi manba hisoblangan ilmga oid mashhur asari hisoblangan  “Arbain” (“Qirq ruboiy”)lar haqida fikr-mulohazalar keltirilgan.
Kalit so‘zlar. Mir Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, arba’in, Doira va qitʼa atroflari, shafoat, qirq hadis, “Nazm-ul javohir”, “Xamsat ul-mutahayyirin”, “Vaqfiya”, hamd, na’t, odob-axloq, to‘rtlik, nazm, janr, guvoh, saylanma hadis, an’ana, odob-ahloq, Chil hadis, forsiy, Qoʻqon qogʻozi, turkiy, arabiy.
Inson qalbini, uning dardu tashvishlarini, xalqning orzu-intilishlari, Vatanga muhabbat va sadoqat tuyg‘usini betakror so‘z, ohang va ranglarda tarannum etishni o‘z hayotining ma’no-mazmuni deb biladigan siz, muhtaram ijod ahlining mehnati naqadar mashaqqatli, mas’uliyatli va sharafli ekanini barchamiz yaxshi bilamiz. Barchangiz yaxshi xabardorsiz, mamlakatimizda mustaqillik yillarida Birinchi Prezidentimiz Islom Abdug‘aniyevich Karimov rahbarligida amalga oshirilgan keng ko‘lamli islohotlar milliy davlatchilik va suverenitetni mustahkamlash, tinchlik va osoyishtalikni, sarhadlarimiz daxlsizligini, jamiyatda qonun ustuvorligini, inson huquq va erkinliklarini ta’minlash yo‘lida muhim poydevor bo‘ldi. Xalqimizning munosib hayot kechirishi, fuqarolarimizning bunyodkorlik salohiyatini ro‘yobga chiqarish uchun zarur shart-sharoitlar yaratdi.
“Аrbain” ning yana bir qadimiy toʻliq nusxasi “Nazm-ul javohir”, “Xamsat ul-mutahayyirin” va “Vaqfiya” bilan birgalikda koʻchirilgan va kitobat qilingan. Asarning avvalidan ikki varaq keyinchalik Qoʻqon qogʻoziga yozib qayta tiklangan. Nusxaning keyinchalik Qoʻqon qogʻoziga yozib tiklangan 1- va 2-varaqlarida tekst qora siyohda, toʻrtliklar ustidagi hadislar qizil siyohda oddiy nastaʼliq xatida yozilgan. Asarning 3-6 varaqlaridagi toʻrtliklar qora siyoh bilan, hadislar tillorang (zarhal) siyoh bilan Hirot uslubiga xos nafis, chiroyli nastaʼliq xatida bitilgan. Tekst har sahifada 15 yoʻldan ikki ustunda joylashgan. Xotimasi bor (10 bayt). Asar oxirida koʻchirilish taʼrixi yoʻq. Qoʻlyozmaga kirgan boshqa asarlarning soʻngida 1301-yil (milodiy 1884-yil) sanasi yozib qoʻyilgan. Qoʻlyozmani ochganda oʻng sahifaning tepasiga hadis va chap sahifaga Navoiy toʻrtligi joylashgan. Toʻrtliklar oddiy jadval ichiga olinib, qiyalatib yozilgan. Dastlabki, qalin kartonli muqova. Qoʻlyozma yaxshi saqlangan. 
Ko‘rib turganimizdek, Navoiy me’rosi mavzu va janrlar bo‘yicha turlichadir. Uning asarlari hozirgi kungacha o‘zbek adabiyoti rivoji uchun xizmat qilib kelmoqda. Asrlar davomida uning asarlari taqlid va ilhom manbai sifatida qaralmoqda. Shunday ekan, Navoiy ijodi bizning asl adabiyotimiz oʻrnagidir. U insonni hamisha komil axloqqa, ezguliklarga chorlaydi, yomonliklardan qaytaradi, maʼnaviy falokatlardan ogohlantiradi. Buyuk mutafakkir asarlari yosh-u qari uchun birday foydali. Boshqacha qilib aytganda, koʻksida milliy faxri bor, oʻzbekman degan har bir kishi Navoiyni oʻqishi, oʻqiganida ham mehr va ixlos bilan oʻqishi shart. Navoiyni chuqurroq anglash, uni to‘la his qilish uchun asar qo‘lyozmasi bilan tanishib chiqishni maslahat beraman. 
Doira va qitʼa atroflari rangin qilib bezatilgan. Bir sahifaga toʻqqiz doira va toʻqqiz qitʼa (doiralar uch qatordan, qitʼalar olti yoʻldan) joylashgan. Har bir sahifa teksti zarhal jadval ichiga olingan. Har bir ustun bir-biridan ikki yoʻlli zarhal chiziq bilan ajratilgan. Har ikki sahifa uchun hoshiyadan yaxlit koʻk ramka tortilgan. Kulliyot oʻzining Qoshgʻar uslubida ishlangan, dastlabki, karton muqovasiga ega. Muqova yuziga tamgʻa va tamgʻasimon naqshlar tushirilgan. Kitobning baʼzi varaqlari mutolaa jarayonida uringan va juzv yonida jadval chizigʻidan qirqilgan. Varaqlar soni – 692 ta. Tekst oʻlchovi – 18x28. Qoʻlyozma oʻlchovi – 30x44. Navoiy asarlaridan maʼnaviy ozuqa olishning, ijodiy bahramand boʻlish, uning ajoyib anʼanalari, ayni chog‘da har bir davr badiiy kitobat sanʼati va hunarmandchiligining nozik mahsuli boʻlgan qoʻlyozmalar asrlar osha jahonning yirik shaharlaridagi qoʻlyozma fondlariga toʻplanib bordi. Ana shunday qo‘lyozmalar orasida “Аrbain” asarining ham alohida o‘rni bor. Asar 1481-1482- yillarda yozilgan. Qo‘lyozmalar fondida Navoiy asarlarinnng kulliyot shaklida koʻchirilgan bitta qoʻlyozma toʻplami saqlanmoqda. Bundan tashqari kulliyot darajasiga yaqin turuvchi yana toʻrtta qoʻlyozma toʻplam ham bor. 316 inventar raqamli toʻplam Alisher Navoiy kulliyotining XIX asrda kitobat boʻlgan noyob nusxasi hisoblanadi. Nusxani Abdurahim ibn Muhammad Fozil Qoshgʻariy 1824-1830-yillarda Qoshgʻarda tasnif etgan va koʻchirgan. Bu kulliyotga Navoiyning 18 ta asari kiritilgan, jumladan, “Аrbain” asari ham ushbu kulliyotdan o‘rin olgan. Kulliyotdagi mavjud 18 ta asarning har birining boshlanishida zarhal lavha mavjud. Ulardan 3 tasi alohida xarakterli bo‘lib, kishining e’tiborini tortadi. Bular: “Xazoyin-ul maoniy”, “Lison-ut tayr” ning boshlanishidagi har ikki sahifa yaxlit zarvaraq qilingan. “Аrbain” asari esa ziynatlanish jihatdan kulliyotda alohida o‘rin egallaydi.  Undagi 40 hadisning har biriga alohida doira chizilgan va oltin suvi bilan hallangan. Shuningdek, doiralar ichiga suls xati bilan hadis yozilib, tagiga esa oʻsha hadis mazmuni asosida Navoiy yaratgan quyidagi ruboiy berib ketilgan: Doira va qitʼa atroflari rangin qilib bezatilgan. Bir sahifaga toʻqqiz doira va toʻqqiz qitʼa (doiralar uch qatordan, qitʼalar olti yoʻldan) joylashgan.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Mirziyoyev Sh. Erkin va farovon, demokratik O‘zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz.O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalarining qo‘shma majlisidagi nutq /Sh.M. Mirziyoyev. - Toshkent: O‘zbekiston, 2016. -56 b.
Alisher Navoiy. Mukammal asarlar to‘plami 15-tom. – Toshkent: Fan, 1999. – 201 b.
Alisher Navoiy. Xamsa (Nashrga tayyorl. R.Shamsiev). – Toshkent: Fan, 1960. – 342 b. 
Alisher Navoiy. Farhod va Shirin (nashrga tayyorl., nasriy bayon muallifi
Jomiy va Navoiy. Toʻplam. - Toshkent:  Sharq, 1981. –B. 213. 
Saʼdiy. A. Adabiyot olimi va tanqidchi sifatida Mir Alisher Navoiy.  Oʻzbekiston adabiyoti va sanʼati jurn. 1938. – B. 8-9. 
Oybek. Navoiyning  Majolisun–nafois asari haqida. Kitobda: Asarlar. T.9. –Toshkent: Fan, 1974. –B. 79. 
Hayitmetov. A. Alisher Navoiyning adabiy-tanqidiy qarashlari. – Toshkent: - Fan, 1959. –B. 54. 
Боровков. А.К. Алишер Навоий, как основоположник узбекского литературного язика. В кн. Алишер Навоий. – Москва: Фанб 1946. – 84 б. 
Usmanov. A.  Muxokamatul–lugatayn  Alisher Navoiy. – Toshkent: Fan, 1948. –B. 87. 
Sulton. I. Mezonul–avzon va uning kritik teksti. – Toshkent: Fan, 1940. –B. 78.  
Qudratullaev. H. Navoiyning adabiy-estetik olami. – Toshkent: Universitet, 1991. –B. 75. 
Xalilov. L. Alisher Navoiy Tarixi muluki ajam asarining tekstologik tadqiqi. Nomz. diss. - Toshkent:1975. –B. 90. 
 

Другие новости

Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”
17.10.2024 46
Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”ЖамиятТанлашРўйхатдан ўтингЧоп этиш11:56 / 17.10.2024Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан Тошкент ва Хива шаҳарларида ўтказилган “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини”...
Подробнее
ИСЛОМ – ТИНЧЛИК ВА ЭЗГУЛИК ДИНИ
15.10.2024 49
Тинчлик қарор топган юртда хотиржамлик ҳукм суради, жамиятда ҳар томонлама юксалиш бўй кўрсатади. Мамлакат тараққиёти, фаровонлиги, юрт аҳлининг тумуш ободлиги осойишталик туфайлидир.Шу нуқтаи назардан айтиш жоизки, давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан...
Подробнее
Ислом – маърифат, тинчлик, эзгулик дини Жамият
14.10.2024 49
Шу йилнинг 15-16 октябрь кунлари Тошкент ва Хива шаҳарларида “Ислом – тинчлик ва эзгулик” дини мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтади. Ислом динининг пок ва маърифатга йўғрилган, тинчликпарвар ғояларини кенг тарғиб...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry