09.07.2025
133

Ilmning Fazilatlari


Islom dini ilm-fan, tafakkur va aqlni yuksak qadrlagan dindir. Ilm — insonni jaholat zulmatidan najot topishga, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga, Alloh taologa yaqinlashishga yordam beradigan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Ilmning fazilati haqida Qur’oni Karim oyatlari va hadisi shariflarda ko‘plab dalillar keltirilgan. Jumladan, Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam shunday deydilar:

"Ilm olish har bir musulmon erkak va ayol uchun farzdir."
Bu hadisi sharifdan tushuniladiki, ilm har bir inson uchun zarurat bo‘lib, u dunyo va oxirat saodatining garovidir.
Qur’onda ilmning qadri
Alloh taolo Qur'oni Karimda shunday marhamat qiladi:

"Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm berilganlarni darajalarga ko‘tarur."
(Mujodala surasi, 11-oyat)

Bu oyat ilm egalarining Alloh nazdidagi yuksak martabasini ko‘rsatadi. Hatto Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamga ham ilm haqida duo qilish buyurilgan:

{رَبِّ زِدْنِي عِلْمًا} 
"Ey Robbim! Menga ilmni ziyoda qil"

(Toha surasi, 114-oyat)
Demak, ilm har qanday moddiy boylikdan ustun turadigan ma’naviy boylikdir. Ilm bilan inson o‘zini, jamiyatini va Yaratganini anglaydi.
Ilmning turlari
Islom ulamolari ilmni ikki asosiy turga ajratadilar:
Tashri‘iy ilm – diniy bilimlar bo‘lib, Qur’on, hadis, fiqh, aqida kabi ilmlarni o‘z ichiga oladi. Bu ilm Allohga yaqinlashish vositasi bo‘lib xizmat qiladi.
Takviniy ilm – bu dunyoviy fanlar (tabiatshunoslik, tibbiyot, fizika va h.k.) bo‘lib, ular yordamida olamning tuzilishi va voqealar mohiyati anglanadi.
Har ikki turdagi ilm ham insoniyat uchun foydalidir. Ammo tashri‘iy ilm oxirat saodatini topishda muhim o‘rin tutadi.
Salaflardan ilm haqida
Salafi solihlar, sahobalar va ulamolar ilmga katta e’tibor berganlar va boshqalarga ham ilmni o‘rganishni tavsiya qilganlar.  Muoz ibn Jabal roziyallohu anhu deydilar:
"Ilm o‘rganinglar! Zotan, uni Alloh uchun o‘rganish – qalbda taqvoni paydo qiladi, uni talab qilish – ibodat, uni takror qilish – tasbeh, uni izlash – jihod, bilmaganga o‘rgatish – sadaqa, uni egalariga yetkazish – Allohga yaqinlikdir."
Imom Shofe‘iy rohimahulloh shunday deganlar:

"Kim dunyoni qo‘lga kiritishni xohlasa – ilm o‘rgansin, kim oxiratni istasa – ilm o‘rgansin."
Ulamo Ayniy esa ilm yo‘lida to‘siq bo‘ladigan ikkita holatga e'tibor qaratadi:

"Ikki toifa odam ilmdan bebahra qoladi: savol berishdan uyalgan va kibr qilgan kishi."
Ilm — insonni yuksaltiruvchi kuch
Ilm orqali inson komillikka, adolatga, hikmatga erishadi. Ilmsiz rahbar johil bo‘lsa, xalq azob chekadi; ilmsiz jamiyat esa tanazzulga yuz tutadi.

1-kurs talabasi Rustamova Fotima

Другие новости

Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi
19.12.2025 7
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi Insonni yo‘qdan bor qilgan va mavjudodlari ichida mukarram aylagan zot -Alloh taolodir. Alloh taolo insonga ham aql, ham nafs istaklarini bergan. Nafsi aqlidan ustun...
Подробнее
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari
18.12.2025 7
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari“Hidoya” asarini mutolaa qilgan kishi biror fiqhiy masalaga Imom Marg‘inoniy boshqa faqihlar kabi Qur’oni Karim, sunnat, sahobalarning osorlari, ijmo, qiyos, istehson kabi bir nechta dalillar keltirganining...
Подробнее
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni
17.12.2025 8
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni Islom dini - insoniyat tarixida eng buyuk ma’naviy uyg‘onish harakatlaridan biri bo‘lib, uning asosiy manbalari Qur’oni karim va Rasululloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlaridir. Tarix...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry