01.03.2024
157

Hozirgi kunda imom Ash’ariy va imom Moturidiy ahli sunnadan bo‘lmaganmi degan savollar ko‘payib qoldi. Bu qanchalik to‘g‘ri.?

 Hozirgi kunda imom Ash’ariy va imom Moturidiy ahli sunnadan bo‘lmaganmi degan savollar ko‘payib qoldi. Bu qanchalik to‘g‘ri.?

Tobe’inlar davriga kelib xashviya, zohiriya, moʻtazila kabi ahli sunna val jamo’aning e’tiqodiga zid da’volar bilan turli firqalar paydo bo‘ldi.
Mazkur firqalarning noto‘g‘ri qarashlari jiddiy tus ola boshladi. Jamiyat  vakillari orasida ularning zararlari ko‘zga tashlana boshlaganidan so‘ng ahli sunna val-jamo’a ulamolari bu “aqllilar”ning da’volariga javob berish zarurligini his qildilar va e’tiqod musaffoligi yo‘lida kurashga bel bog‘ladilar. 
Ulamolar mazkur firqalarning da’volari Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga va sahobai kiromlarning tutgan yo‘llariga zid ekanini isbotlab asarlar ta’lif etdilar. Ana shu asarlarda to‘g‘ri yo‘lda sobitqadam bo‘lib kelayotganlarni “Ahli sunna val-jamoa” (sunnat va jamo’aga ergashuvchilar) deb ataganlar. Bunday nomlashdan bulardan boshqalar “bid’at va firqalanishga ergashuvchilar” degan ma’noni nazarda tutganlar.  
Mazkur firqalarga qarshi kurashda ikki ulug‘ imom ahli sunna val-jamo’aning dasturiga asos solishdi. Bu zotlar imom Abul Hasan Ash’ariy va  imom Abu Mansur Moturidiy rahmatullohi alayhlardir. Imom Abul Hasan Ash’ariy o‘sha paytdagi abbosiylar davlatining markazi bo‘lgan Bag‘dodda, Imom Moturidiy Movarounnahrda, somoniylar davlatida faoliyat yuritgan.   
Imom Moturidiy o‘zi kim bo‘lgan?
Moturidiya mazhabi asoschisi bo‘lgan Muhammad ibn Muhammad ibn Mahmud Abu Mansur Moturidiy Samarqandiy Ansoriy Kamoliddin Bayoziyning tahqiqiga ko‘ra imom Moturidiyning nasabi mashhur sahobiy Abu Ayyub Ansoriyga borib taqaladi.
Moturidiy mazhabi qachon paydo bo‘lgan? 
Imom Moturidiy fiqhiy masalalar bilan bir qatorda aqidaviy masalalarni Abu Hanifadan o‘rgandi. Hanafiy mazhabidagi deyarli hamma masalalar sahoba  Abdulloh ibn Mas’ud (r.a)ga keyin esa Ali (r.a) va Kufaga kelgan boshqa sahobalarga borib taqaladi. To‘rtinchi yoki beshinchi bo‘lib islomni qabul qilgan Abdulloh ibn Mas’ud (r.a) Kufaga bordi. Bir necha yil o‘tib Ali (r.a) so‘ng 70 ta badr jangida qatnashgan sahobalar so‘ng bir yarim ming sahobiylar borishdi. Ana shular Hanafiy mazhabiga asos solishdi.  Abu Hanifa bu ilmlarni ulardan  o‘rgangan. Unda nima uchun Hanafiy mazhabi deb nomlanadi deyilsa,  Abu Hanifa bu ilmlarni tartiblab, bir tizimga solib bergani uchun unga nisbat berila boshlagan. 
Hanafiya  mazhabining aqidaviy  masalalari esa imom Moturidiyga quyidagi sanad bilan yetib kelgan:
Imom Abu Hanifa;
Imom Abu Yusuf va Imom Muhammad;
Abu Sulaymon Muso Juzjoniy;
Ahmad Juzjoniy, Iyoziy va Balxiy;
Moturidiy.   
Imom Moturidiy rahmatullohi alayh fiqhda imom Abu Hanifa mazhabida bo‘lganidek, aqidada ham u zotga ergashgan. Shuning uchun ham ba’zi asarlarda moturidiya mazhabidagilar hanafiylar deb ham ataladi. Imom Moturidiy Abu Hanifaning aqidasini tartiblab, ja’mlab, dalillari  bilan adashgan firqalarga qattiq raddiyalar berdi. Shu  sababli moturidiy aqidasi deb nomlanib qoldi. U zot  yangi aqida o‘ylab chiqqan emas. Abu Hanifaning aqidasi esa yuqorida aytib o‘tilganidek,  sahobalarning aqidasidir. 
Imom Moturidiy Ahli sunna ulamolaridan bo‘lganmi?
Imom Moturidiy jumhur ulamolari to‘g‘ri deya e’tirof etgan ikki aqidaviy maktabdan birining asoschisidir.  
Mashhur qomusiy olim Toshko‘prikzoda  “Miftahus-saodat” asarida: “Ahli sunna val jamo’aning kalom ilmidagi rahnomolari ikki kishidir. Biri hanafiy bo‘lsa, ikkinchisi shofe’iy. Hanafiysi bu hidoyat imomi, ahli sunna val-jamo’aning raisi Abu  Mansur Muhammad ibn Mahmud Moturidiy Samarqandiydir. Shofe’iy rahnomosi esa ahlu sunna shayxi, raisul jamo’a, mutakallimlar  imomi bo‘lgan Abu Hasan Ash’ariydir.”
Mashhur olim Muhammad ibn Abdurrazzoq Xosiriy Zubaydiy: “Imom Moturidiy haqida: “Ahli sunna val jamo’a aqidasini mustahkamlovchi olimdir”, dyegan.
Doktor Saloh Muhammad Abul Haj: “Ahli sunna val jamo’a bu fiqhda to‘rt  mazhab,  aqoidda  uch mazhabdagi musulmonlardir. Bular:
1. Hanafiy mazhabi. Ular moturidiylar deb nomlanadi.
2. Molikiy, shofi’iy va aksar hanbaliylar. Ular ash’ariylar deb nomlanadi.
3. Hanbaliy fuzalolari. Ularga ahli hadis, ahli osorlar deb nisbat beriladi.   Islom tarixida o‘tgan jumhur ulamolarning barchasi, muhaddis mufassir, tarixchi, faqih, usulu lug‘atchisi bo‘lsin yo ash’ariy yo moturidiy bo‘lgan.”
Hanbaliy ulamolardan Abdul Boqiy Mavahibiy, Muhammad Safaroyniy, ibn Shotiy, Mardaviy  kabi mashhur olimlar: “Ahli sunna val jamo’a, bular: ash’ariy, moturidiy va ahli hadislar bo‘lib barchalari haq ustidadirlar va najot topgan firqadirlar”, deydilar.
Moturidiy va ash’ariylar ahli sunnadan ekanliklarida hech shubha yo‘q. Ular dindan, hadisdan, Qur’ondan naql qildilar. Ularga qilingan ta’na bu dinga qilingan ta’nadir.

S.Muxamedxodjayeva. Aqoid fani  o‘qituvchisi.

 

 

Другие новости

Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”
17.10.2024 20
Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”ЖамиятТанлашРўйхатдан ўтингЧоп этиш11:56 / 17.10.2024Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан Тошкент ва Хива шаҳарларида ўтказилган “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини”...
Подробнее
ИСЛОМ – ТИНЧЛИК ВА ЭЗГУЛИК ДИНИ
15.10.2024 23
Тинчлик қарор топган юртда хотиржамлик ҳукм суради, жамиятда ҳар томонлама юксалиш бўй кўрсатади. Мамлакат тараққиёти, фаровонлиги, юрт аҳлининг тумуш ободлиги осойишталик туфайлидир.Шу нуқтаи назардан айтиш жоизки, давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан...
Подробнее
Ислом – маърифат, тинчлик, эзгулик дини Жамият
14.10.2024 23
Шу йилнинг 15-16 октябрь кунлари Тошкент ва Хива шаҳарларида “Ислом – тинчлик ва эзгулик” дини мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтади. Ислом динининг пок ва маърифатга йўғрилган, тинчликпарвар ғояларини кенг тарғиб...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry