02.03.2024
329

BMT BOSH ASSAMBLEYASI BINOSI OLDIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROGʻI KOʻTARILGAN KUN

#maqola
#BMT_BOSH_ASSAMBLEYASI
#Hamkorlik

BMT BOSH ASSAMBLEYASI BINOSI OLDIDA OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING DAVLAT BAYROGʻI KOʻTARILGAN KUN


1945-yilda Birlashgan millatlar tashkiloti (BMT) – Yer yuzida tinchlikni mustahkamlash va xavfsizlikni taʼminlash, davlatlarning oʻzaro hamkorligini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan xalqaro tashkilot.
BMTni tashkil etish haqidagi qaror SSSR, AQSH, Angliya va Xitoy tashqi ishlar vazirlarining Moskvadagi kengashida 1943-yilda, nizomi esa San Fransisko konferensiyasida 1945-yilda qabul qilingan. BMT nizomiga dastlab 51 davlat imzo chekkan, 2000-yilda esa ular soni 189 taga yetdi. 
BMT nizomida koʻrsatilganidek, u xalqaro tinchlik va xavfsizlikni saqlash, xalqlarning teng huquqli boʻlishi va oʻz taqdirini oʻzi belgilashi qoidasiga amal qilib, millatlar oʻrtasida doʻstlik munosabatlarini rivojlantirishni, iqtisodiy-ijtimoiy, madaniy muammolarni hal etishda xalqlar oʻrtasida hamkorlik boʻlishini taʼminlashni koʻzda tutib, shu umumiy maqsadlarga erishishda millatlar harakatini uygʻunlashtirib turadigan markaz hisoblanadi.
Oʻzbekiston oʻz mustaqilligini eʼlon qilganidan keyin koʻp oʻtmay 1992-yil 2-martda BMTga aʼzo boʻldi. Shu kuni BMT Bosh Assambleyasi binosi oldida Oʻzbekiston Respublikasining Davlat bayrogʻi koʻtarildi. 1993-yili 24-oktabr kuni BMTning Toshkentdagi vakolatxonasi ochildi, shu bilan birgalikda, BMTda Oʻzbekiston Respublikasi vakolatxonasi ish boshladi. Oʻzbekiston Respublikasi BMTning Taʼlim, fan va madaniyat masalalari bilan shugʻullanuvchi tashkiloti — YUNESKOga ham aʼzo boʻlgan.
1991 yil 18 noyabr kuni Birinchi Prezidentimiz tashabbusi va rahnamoligida “O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shu kundan e'tiboran milliy bayrog‘imiz davlatimiz suvereniteti ramziga, istiqlolimiz va istiqbolimiz timsoliga aylandi, deb yozmoqda O‘zA.
Vatan himoyasi uchun harbiy xizmatga chaqirilgan o‘g‘lonlarimizning harbiy qasamyod marosimini kuzatganmisiz? G‘alabasi sharafiga madhiya sadolari ostida balandga ko‘tarilayotgan bayrog‘imizga boqib, ko‘zlariga yosh olgan sportchilarimizni-chi? Maktabga ilk bor qadam qo‘yayotgan jajji bolajonlarning bayroqchani hilpiratib, sevinchdan orziqishini-chi? Bunday pallalarda qalb tug‘yonga kelib, shu yurt, shu muqaddas zamin farzandi ekaningdan to‘lqinlanib ketadi odam. Ayniqsa, Vatanimiz bayrog‘i dunyoning eng yuksak minbarlarida mag‘rur hilpirayotganini ko‘rgan lahzalarda Vatan uchun, uning tinchligi, istiqboli uchun qurbon bo‘lishga ham tayyorligingni his qilasan.
1992 yil 2 mart kuni O‘zbekiston mustaqil davlat sifatida Birlashgan Millatlar Tashkilotiga a'zo bo‘lib, bayrog‘imiz uning peshtoqida hilpiray boshlagan kun barcha vatandoshlarimiz ko‘nglida ana shunday tuyg‘ular to‘lib-toshdi.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov BMT minbarida mustaqil O‘zbekiston davlat bayrog‘i ostida nutq so‘zlagan sharafli damlarda ham shu hisni tuyganmiz.
Eng nufuzli sport musobaqalari – Olimpiya o‘yinlarida yurtdoshlarimiz g‘alabasi sha'niga bayrog‘imiz sarbaland bo‘lgan kunlarni eslasak, hayajonga tushamiz.
2016 yil Braziliyaning Rio-de-Janeyro shahrida o‘tgan XXXI yozgi Olimpiya o‘yinlarida ham bot-bot madhiyamiz yangrab, bayrog‘imiz ko‘tarildi – ko‘ksimiz cheksiz faxr-iftixorga, g‘ururga to‘ldi. O‘sha lahzalarda bog‘u xiyobonlar davlatimiz bayrog‘ini mag‘rur hilpiratgan yoshlarga, ko‘chalar O‘zbekiston bayrog‘i qo‘yilgan mashinalarga to‘ldi...

📚 “Yoshlar bilan ishlar, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova

Другие новости

Ilmning Fazilatlari
09.07.2025 1
Islom dini ilm-fan, tafakkur va aqlni yuksak qadrlagan dindir. Ilm — insonni jaholat zulmatidan najot topishga, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga, Alloh taologa yaqinlashishga yordam beradigan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Ilmning fazilati...
Подробнее
QABUL - 2025
28.06.2025 15
#qabul_2025QABUL - 2⃣0⃣2⃣5⃣✅ "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida 2025-2026 o‘quv yili kunduzgi ta’lim uchun abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda qabul hay’ati tomonidan 2025-yil 25-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.📝 QABUL...
Подробнее
Bid’at tushunchasi, uning turlari va hukmlari
20.06.2025 20
Bid’at tushunchasi, uning turlari va hukmlari"Bid’at" so‘zi lug‘atda bir narsani yangitdan paydo qilish ma’nosini anglatadi."Bid’at"ning shar’iy istilohi – ta’rifiga keladigan bo‘lsak, ulamolar bu masalada bir xil fikrga ittifoq qilmaganlar. Mazkur...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry