02.03.2024
202

"Yurak sezgilarini ko‘rsatadigan" janr egasi  - Zulfiya

«Yurak sezgilarini ko‘rsatadigan» janr egasi  - Zulfiya


She’riy til deganda murakkab, serqirra, serjilo, obrazli nutq. She’riy nutq - she’r tuzilishi - o‘zgacha bir dunyo: she’r tuqimasida, birinchidan, nasriy va dramatik asarlardagidek, g‘oya, obraz, konflikt, syujet, kompozitsiya, badiiy til unsurlari mavjud bo‘lsa, ikkinchidan, unda faqat she’r tuzilishiga xos bo‘lgan unsurlar: musiqiylik, oxang, ritm, bo‘g‘in, turoq, bosh turoq, turkum, vazn, qofiya, band, figuralar, badiiy san’atlar, fonetik usullar bo‘lishi tushuniladi.
Abdurauf Fitratning ta’biri bilan aytganda she’riy nutqda «yurak sezgilarini ko‘rsatadigan» ma’naviy-iloxiy kuch-oxangrabo, joziba bo‘lishi shart. Mana shunday janr egalaridan biri bu Zulfiya Isroilovadir. Shoira 1-mart 1915-yil Toshkent viloyatida tavallud topadi. „Zulfiya“ nomi bilan tanilgan oʻzbekistonlik shoira, jurnalist, tarjimon, jamoat arbobi bo’lib,  1965-yilda Oʻzbekiston xalq shoirasi va 1984-yilda Sotsialistik Mehnat Qahramoni unvonlariga sabab bo’lgan.
1931-yil Xotin-qizlar pedagogika bilim yurtiga oʻqishga kirib, 1934-yil tugatgan. 1935-yil Oʻzbekiston SSR Fanlar qoʻmitasi qoshidagi Til va adabiyot instituti aspiranturasiga oʻqishga kirgan. Shundan so’ng, 1938—1940-yillarda Yoshlar va oʻsmirlar adabiyoti nashriyotida muharrir, 1941—1950 yillar orasida Oʻzbekiston davlat nashriyotida boʻlim mudiri, 1950—1953 yillarda esa, „Oʻzbekiston xotin-qizlari“ jurnalida boʻlim mudiri, 1954—1985 yillarda bosh muharrir boʻlib ishlagan.
Uning ilk sheʼri 1931-yilda „Ishchi“ gazetasida bosilgan. Dastlab 1932 yil „Hayot varaqalari“ sheʼrlar toʻplami nashr etilgan. Shundan keyin uning „Temiroy“ (1934), „Sheʼrlar“, „Qizlar qoʻshigʻi“ (1939) sheʼriy kitoblari eʼlon qilingan. Zulfiy sheʼriy ijodining porlashi „Uni Farhod der edilar“ (1943), „Hijron kunlarida“ (1944) va „Hulkar“ (1947) toʻplamlari bilan bogʻliq. Ayniqsa, Hamid Olimjonning bevaqt vafotidan keyin (1944) yozilgan, ruhiy silsilalar va qalb iztiroblari bilan toʻla sheʼrlar Zulfiya ijodida jiddiy oʻzgarishlar sodir boʻlganidan darak beradi. U shaxsiy fojiasi tasviri orqali Ikkinchi jahon urushidan katta talafot va yoʻqotishlar bilan chiqqan xalqning dard va alamlarini ifodaladi.
Zulfiya hayotining muhim bir qismini Hamid Olimjonning adabiy merosini oʻrganish va nashr etish ishiga bagʻishladi. Ana shu jarayonning uzviy qismi sifatida u shoirning „Semurgʻ yoki Parizod va Bunyod“ dostoni asosida qoʻgʻirchoq teatri uchun „Semurgʻ“ pyesasi (S. Somova bilan hamkorlikda) hamda „Zaynab va Omon“ operasi librettosini yozdi.
Zulfiya xalqaro „Javaharlal Neru“ (1968), „Nilufar“ (1971) mukofotlari hamda Hamza nomidagi Oʻzbekiston davlat mukofoti (1970) laureati. Shuningdek, u Bolgariyaning „Kirill va Mefodiy“ (1972) ordeniga sazovor boʻlgan.
Oʻzbekiston hukumati atoqli shoiraning madaniyatimiz taraqqiyotidagi katta xizmatlarini eʼtiborga olib, Zulfiya nomidagi Davlat mukofotini taʼsis etdi. Toshkentdagi koʻchalardan biriga uning nomi berilgan.


“Yoshlar bilan ishlar, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi” boshlig‘i G.Maxamedova

Другие новости

💐NAVRO’Z - O’n ikki maqom ✨
04.03.2025 9
#Navruz #Bahor_shukuhi #Inson_qadri 🌿Navro’z (fors. - yangi kun) - shamsiya (quyosh) yil hisobida yilning birinchi kuni (Kalendar); O’rta Osiyo va Sharq mamlakatlarida yashovchi xalqlarning qadimiy an'anaviy bayrami. Bahorgi teng kunlikka...
Подробнее
Ramazonda to‘g‘ri ovqalanishni 9 ta oltin qoidasi!
04.03.2025 8
Ramazon oyida to‘g‘ri ovqatlanish muhim ahamiyatga ega. Uzoq soatlik ochlikdan so‘ng, turli taomlarga boy iftorlik dasturxoni bizning Ramazonda sog‘lom ovqatlanish haqidagi orzularimizni yo‘qqa chiqarishi mumkin. Ramazonda to‘g‘ri ovqatlanish haqida bilish...
Подробнее
ILMGA E’TIBOR – TARAQQIYOT OMILI
02.03.2025 9
ILMGA E’TIBOR – TARAQQIYOT OMILI "Alloh sizlardan iymon keltirgan va ilm ato etilgan zotlarni (baland) daraja-martabalarga ko‘tarur" deya marhamat qilgan Alloh taologa cheksiz hamdu sanolar bo‘lsin.“Yaxshilikni ta’lim beruvchi kishiga barcha...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry