04.03.2024
151

" Muborak Ramazon savoblar oyidir"

                “Muborak Ramazon savoblar  oyidir”                
       O‘lkamizga oylarning sarvari va sayyidi, o‘n bir oyning sultoni, Allohning muborak Kitobi Qur’oni karim nozil bo‘lgan oy, fazilati jihatidan boshqa oylardan afzal mohi Ramazon tashrif buyurmoqda. Alloh taolo Ramazon oyi ro‘zasining hukm va hikmatlarini, bandalarining ushbu oydagi vazifalari va savobli amallarini Qur’oni karimning Baqara surasida batafsil bayon qilib bergan:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آمَنُواْ كُتِبَ عَلَيْكُمُ الصِّيَامُ كَمَا كُتِبَ عَلَى الَّذِينَ مِن قَبْلِكُمْ لَعَلَّكُمْ تَتَّقُونَ
Ya’ni: “Ey, imon keltirganlar! Sizlardan oldingi (ummat)larga farz qilingani kabi sizlarga ham ro‘za tutish farz qilindi, shoyad (u sababli) taqvoli bo‘lsangiz” (Baqara surasi, 183-oyat).
Dunyodagi barcha musulmonlar Ramazon oyini sog‘inib, katta tayyorgarliklar bilan kutib olishadi. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi va sallam, u zotning sahobalari, tobe’inlar va solih insonlar Ramazon oyiga katta e’tibor berishgan, bu oy kelganida nihoyatda xursand bo‘lishgan.
Ular Ramazon kunlari turli xil foydasiz gap-so‘zlar, behuda o‘yin-kulgi, g‘iybat, bo‘hton, yolg‘ondan saqlanishgan. Ramazon kechalarini ko‘proq Qur’on tilovati, nafl ibodatlar, Allohning zikri, tavba-istig‘for qilishlar bilan bedor o‘tkazishgan. Bu oyda har qachongidan saxiylik va oliyhimmatlilik ko‘rsatib, faqir va miskin odamlarga sadaqa, ehson, taom ulashishgan, ro‘zadorlarga iftorliklar uyushtirishda o‘zaro musobaqalashishgan. Ro‘za oyini ulug‘lovchi bir necha sabablarni keltiramiz:
     1  Ro‘zaning mukofoti juda ulug‘ bo‘lib, uni faqat Allohning o‘zigina biladi. Hadisi Qudsiyda kelganidek, Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: «Alloh azza va jalla dedi: Odam farzandining barcha amallari o‘zi uchundir, faqat ro‘za men uchundir. Uning mukofotini men o‘zim beraman. Ro‘za to‘suvchidir. Birortangiz ro‘za tutgan bo‘lsangiz, ayoliga yaqinlik qilmasin va baqirib-chaqirmasin. Uni birov so‘ksa yoki urishsa, "men ro‘zadorman, men ro‘zadorman" deb aytsin. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan Zotga qasamki, ro‘zadorning og‘zidan chiqayotgan hid Allohning huzurida mushk atridan-da xushbo‘yroqdir. Ro‘zador ikki marta xursand bo‘ladi: iftor mahal og‘zini ochganidan xursand bo‘lsa, Robbisiga yo‘liqqan onda ro‘za tutganidan quvonadi".
     2  Kim Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutsa, Alloh do‘zax olovini undan yetmish yillik masofaga uzoqlashtiradi. Shunday ekan, endi tasavvur qilib ko‘ringchi bir oy ro‘za tutganning ajri qanday bo‘ladi? 
 Abu Said al-Xudriydan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Banda Alloh taolo yo‘lida bir kun ro‘za tutarkan, ushbu kun uchun Alloh taolo uning yuzini do‘zax otashidan yetmish yillik masofaga uzoqlashtiradi". Nasaiy rivoyati Boshqa bir rivoyatda shunday keladi: "Alloh yo‘lida bir kun ro‘za tutgan kishidan do‘zax otashi yuz yillik masofaga uzoqlashadi". 
    3   Ro‘za qiyomat kuni bandaga shafoatchi bo‘lib, jannatga kirishiga sabab bo‘ladi. Abdulloh ibn Amr roziyallohu anhu Rasulullohdan rivoyat qiladilar: "Ro‘za va Qur’on qiyomat kuni bandaga shafoatchi bo‘ladilar. Ro‘za deydi: "Ey Robbim, men uni taom va shahvatdan to‘sgan edim, bas, meni unga shafotchi qilgil. Qur’on aytadi: Men uni kechalari uyqudan to‘sgan edim, bas, meni unga shafoatchi qil! (Rasululloh) dedilar: so‘ng ular shafoat qiladilar". Ahmad rivoyati 
 4  Kim Allohning jamolini ko‘rish umidida ro‘za tutsa va bu uning nomai a’moliga muhrlansa, jannatga kiradi. 
Huzayfa roziyallohu anhudan rivoyat qilinadigan hadisda keladi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallamni bag‘rimga bosdim so‘ng u zot dedilar: «Kim «La ilaha illalloh» desa va bu uning nomai a’moliga yozilsa, jannatga kiradi. Kim bir kun Alloh jamoli umidida ro‘za tutsa va bu uning nomai a’moliga yozilsa, jannatga kiradi. Kim Allohning jamoli umidida sadaqa qilsa va bu uning nomai a’moliga yozilsa, jannatga kiradi». 
5  Jannatda bir eshik bor, uni «Rayyon» derlar, undan faqat ro‘za tutganlargina kiradilar. 
Sahl ibn Sa’d roziyallohu anhudan rivoyat qilganlaridek, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Jannatning "Rayyon" nomli bir eshigi bordir, qiyomat kuni undan ro‘zadorlar kiradi, ulardan boshqa hech kim kirmas. Ro‘zadorlar kirib bo‘lgach, (eshik) yopiladi va so‘ng hech kim kirmaydi". Buxoriy rivoyati6
6  Ramazon oyi ro‘zasi tufayli avvalda qilingan barcha gunohlar kechirib yuboriladi. 
 Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Kim Qadr kechasini iymon va ajr umidida (ihtisoban) bedor o‘tkazsa, avvalda qilgan gunohlari kechiriladi. Kim Ramazon ro‘zasini iymon va ajr umidida tutsa, avvalda qilingan gunohlari kechiriladi". Buxoriy rivoyati 
 
7  Ramazonda jannatlar eshiklari ochiladi, do‘zax eshiklari yopiladi.   Shayton xor va mag‘lub bo‘ladi.. 
 Abu Hurayra roziyallohu anhu rivoyat qilgan hadisda kelishicha, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Ramazon oyi kelganda jannat eshiklari ochiladi, do‘zax eshiklari yopiladi va shaytonlar kishanlanadi". Buxoriy va Muslim rivoyati  Ramazon oyida ming oydan afzal bo‘lgan Qadr kechasi mavjuddir. 
Anas ibn Molik roziyallohu anhu dedilar: "Ramazon oyi kirib kelganda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Kirib kelgan bu oyda ming oydan yaxshiroq bir kecha bordir. Kim undan quruq qolsa, barcha yaxshiliklardan quruq qolibdi. Uning yaxshiligidan mahrum qilinganlardan boshqa hech kim quruq qolmas".  Ibn Moja rivoyati 
  8 Ramazon ro‘zasini tutayotgan odamning duosi qabul bo‘ladi. Alloh bandalarini do‘zaxdan ozod qiladi. Abu Said al-Xudriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadiki, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: "Albatta Alloh taboraka va taolo (Ramazonning) har bir kuni va kechasida (bandalarini do‘zax olovidan) ozod qiladi va albatta har bir musulmon uchun har bir kun va tunda duosi ijobat bo‘ladi".   
Mana endi,  bu ulug‘ oyning mohiyatini angladingizmi? Bu oyga Alloh taolo qanday fazilatlar indirganini bildingizmi? Qalbingizda ushbu ajrlarning bariga ro‘za orqali erishishga intilish hissini tuydingizmi? Aynan shunday holatda ekanligingizdan aslo shubhalanmayman. Ammo bu istagingizga yetishish uchun ishga dadil kirishishingiz kerak. Bu yutuqlar sohiblaridan bo‘lish uchun jiddu jahd bilan harakat qiling. Alloh azza va jalladan bizni bu ajrlarning hech biridan mahrum qilmasligini so‘raymiz.
 

                      XADICHAI KUBRO ayol qizlar islom ta’lim muassasasi o‘qituvchisi Nurmuxamedova Iroda
 

Другие новости

Bandalar jannatga Allohning fazli bilan kirishlari haqida
21.12.2024 1
Ma’lumki, Alloh taolo iymon keltirgan va solih amal qilib oʻtgan bandalari uchun goʻzal jannatlarni yaratib qoʻygan. Bu jannatlarning vasfi Qur’onda juda koʻp oyatlarda zikr qilinadi.Xususan, Niso surasi 57-oyatda:“Iymon keltirgan va...
Подробнее
Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”
17.10.2024 54
Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”ЖамиятТанлашРўйхатдан ўтингЧоп этиш11:56 / 17.10.2024Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан Тошкент ва Хива шаҳарларида ўтказилган “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини”...
Подробнее
ИСЛОМ – ТИНЧЛИК ВА ЭЗГУЛИК ДИНИ
15.10.2024 57
Тинчлик қарор топган юртда хотиржамлик ҳукм суради, жамиятда ҳар томонлама юксалиш бўй кўрсатади. Мамлакат тараққиёти, фаровонлиги, юрт аҳлининг тумуш ободлиги осойишталик туфайлидир.Шу нуқтаи назардан айтиш жоизки, давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry