28.03.2024
440

Tinchlik - buyuk ne‘mat

Bismillahir Rohmanir Rohiym
Tinchlik – buyuk ne’mat
Alloh taolo insonni aziz va mukarram qilib yaratdi va uni cheksiz ne’matlariga g’arq qilib qo’ydi. Berilgan ne’matlar ichida eng buyuk ne’mat bu – tinchlik va  osoyishtalikdir.  Insoniyat tarixiga nazar solar ekanmiz, qay bir hududda  tinchlik osoyishtalik hukm surgan bo’lsa, uning gullab yashnaganiga guvoh bo’lamiz. Qaysi jamiyat taraqqiyot cho’qqilarini zabt etgan bo’lsa, buning asosiy sababi - uning tinch va osoyishta bo’lganidir. Aksincha, biror jamiyat tanazzul va inqirozga yuz tutgan bo’lsa, uning bunday holga tushish sababi ziddiyatlar va notinchliklardir. 
Zero, habibimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam muborak hadisi shariflarida tinchlik-xotirjamlik eng katta ne’mat ekanini ta’kidlab shunday deganlar: 
(نِعْمَتاَنِ مَغْبُونٌ فِيهِمَا كَثِيرٌ مِنَ النَّاسِ، اَلصِّحَّةُ وَ الْفَرَاغُ (رواه البخارى

“Ikki ne’mat borki, ko‘pchilik insonlar uning qadriga yetmaydilar. U-  xotirjamlik va sihat-salomatlik”. (Imom Buxoriy rivoyat qilgan).

Tinchlik hukm surgan diyorda insonlar o’zaro bir-birlariga mehr-muhabbatli bo’ladilar. Xotirjam bo’lgan qalblar samimiyat va o’zaro muruvvatga oshno bo’ladi. Yer yuzida hayotning bir maromda kechishi va insonlarning Alloh taolo buyurgan buyruqlariga og’ishmay amal qilishlari uchun tinchlik muhim omil hisoblanadi. 
           Alloh taolo Qur’oni karimda  tinchlikni saqlash va qadrlash vazifasini inson zimmasiga yuklab, Islom dini tinchlikka targ‘ib qilishini, shaytoniy yo‘llarga ergashmaslik lozimligini ta’kidlab, shunday deydi:
يَا أَيُّهَا الَّذِينَ آَمَنُوا ادْخُلُوا فِي السِّلْمِ كَافَّةً
ya’ni: “Ey, imon keltirganlar! Yoppasiga tinchlik ishiga kirishingiz!…! (Baqara surasi, 208-oyat). 
Jamiyat faollarining oldida turgan eng sharafli vazifa bu - o’sib kelayotgan yosh avlodga tinchlik, osoyishtalikni qadrlashni va shukrini go’zal tarzda ado etishni o’rgatmoqlikdir. Qolaversa, Vatan uchun o’zi makon tutgan zamin uchun tinchlik so’rab duo qilish bizga o’tgan payg’ambarlardan qolgan meros desak ham mubolag’a bo’lmas. Zero, Ibrohim (a.s) o’z vatanlari bo’lgan Makka shahriga tinchlik va uning ahliga rizq so‘rab duo qilganlari so‘zimizning yorqin misolidir. Bu haqida Qur’oni Karimda shunday deyilagan:
وَإِذْ قَالَ إِبْرَاهِيمُ رَبِّ اجْعَلْ هَذَا بَلَدًا آمِنًا وَارْزُقْ أَهْلَهُ مِنَ الثَّمَرَاتِ مَنْ آمَنَ مِنْهُمْ بِاللَّهِ وَالْيَوْمِ الْآخِرِ قَالَ وَمَنْ كَفَرَ فَأُمَتِّعُهُ قَلِيلًا ثُمَّ أَضْطَرُّهُ إِلَى عَذَابِ النَّارِ وَبِئْسَ الْمَصِيرُ (126)
Ya’ni: “Eslang: Ibrohim: “Ey, Rabbim, bu (Makka)ni tinchlik shahri qilgin va uning aholisidan Allohga va oxirat kuniga ishonuvchilarga (turli) mevalardan rizq qilib bergin” (Baqara;126). 

Global muammolar va mafkuraviy ziddiyatlar avj olgan ayni zamonda  ona vatanimiz tinchligi uchun ma’naviy va jismoniy jihatdan hissa qo’shish har birimizning birlamchi vazifamizdir. Bu nafaqat o’zgalarni tinchlik shukrini mukammal ado etishga chaqirish, balki  tinchlik sababli ato etilgan behisob imkoniyatlardan samarali foydalana olishda ham namoyon bo’ladi. Ibrat nazari bilan jahon sahnasini kuzatar ekanmiz, tuprog’ida tinchlik nuri so’ngan diyorlar zimiston aro qolganiga guvoh bo’lamiz. U yerlarda na bahor bor, na beg’ubor yoshlik… 
         Shunday ekan, har birimiz ona zaminimizda hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalikni   asrab-avaylashga, uning davomiyligi uchun har lahza sergak va ogoh bo’lishga birdek mas’ulmiz. 
  
Axmedova Muattar

 

 

Другие новости

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi (2-qism)
02.12.2025 1
Afsus, aziz umrimiz, bekora o‘tub, taraqqiyada sotolmaymiz! Har qaysimiz o‘z manfaati shahsimizni ko‘rsatub, millatg‘a yetmag‘onimizdanmi yoki ziyofat va to‘yda behuda va bid’at nimarsalarga oqchalarimizni isrof qilganimizdanmi? Taraqqiyparvarlarimiz juda ko‘p, ammo...
Подробнее
The Role of Knowledge and Language in Islam: Education as a Path to Light
29.11.2025 1
The Role of Knowledge and Language in Islam: Education as a Path to LightBy Munirakhon Khaydarova, Khadichai Kubro Madrasah, TashkentAbstractIslam places extraordinary emphasis on knowledge, reflection, and understanding. From the...
Подробнее
Allohning muhabbati va g‘azabi
28.11.2025 4
Allohning muhabbati va g‘azabiRobbimiz bizni Oʻz diniga hidoyat qilib, Muhammad sollallohu alayhi vasallamni bizga ulug‘ Payg‘ambar qilib yuborishi Uning bizga ko’rsatgan ulug‘ marhamatlaridandir. Muhabbat izhori birinchi kim tomonidan boʻladi, banda...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry