15.04.2024
154

YURTIMIZ QO‘LYOZMA FONDLARIDA SAQLANAYOTGAN ARBA’IN QO‘LYOZMALARI

YURTIMIZ QO‘LYOZMA FONDLARIDA SAQLANAYOTGAN ARBA’IN QO‘LYOZMALARI


O‘tmishga nazar tashlaydigan bo‘lsak xalqimizning ko‘p yillik tarixi bevosita Navoiy asarlari bilan bog‘liq. Shuning uchun sharq adabiyotidagi manbalarni ilmiy-nazariy va amaliy jihatdan tadqiq etish adabiy manbashunoslik va matnshunoslik fanlari oldida turgan dolzarb masala hisoblanadi. Zero, diyorimiz azaldan ilm-ma’rifat o‘chogʻi bo‘lib kelgan. Bu yurtdan ne-ne alloma zotlar yetishib chiqmagan deysiz. Ular qoldirgan ulkan ilmiy meros garchi turli bosqinlar davrida nobud qilingan, olib ketilgan bo‘lsa-da, bizning davrimizgacha yetib kelganlarining adadi, hisobga olinganlari ham kishini hayratga soladi. Bu ulkan meros fanning turli sohalariga oid. Xususan, tabobat, kimyo, matematika, tarix, islom ilmlari — ajdodlarimiz shugʻullangan barcha fan sohalariga doir manbalar o‘rin olgan. Qo‘lyozma manbalar IX asrdan boshlab XX asrgacha bo‘lgan davrga oid bo‘lib, arab, fors, qadimgi turkiy va boshqa sharq tillarida yozilgan. [6 // Kun.uz. 2020-yil, 8- yanvar.]
Bizga ma’lumki, “Аrbain” uslubida asar yaratish Islom olamida yaxshi bir anʼanaga aylangan. Bunga Nabiy sollallohu alayhi vasallamning quyidagi hadislari asos bo‘ladi:

قال رسول الله صلى الله عليه وسلم
من حفِظَ عَن أمَّتي أربعينَ حديثًا من أمرِ دينِها بعثَهُ اللَّهُ فقيهًا وَكُنتُ لَهُ يومَ القيامةِ شافعًا وشَهيدًا

“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam dedilar: “Kim ummatimga din ishlari borasida qirqta hadisni muhofaza qilib bersa, Аlloh uni Qiyomat kuni faqih qilib tiriltiradi va Qiyomat kuni men unga shafoatchi va guvoh bo‘laman”.
Bu hadis juda ko‘p muhaddislar tomonidan rivoyat qilingan mashhur hadis hisoblanadi. Jumladan, uni imom Bayhaqiy Аbu Dardo va Аbu Hurayra roziyallohu anhumodan, Daylamiy Ibn Masʼud va Ibn Аbbos roziyallohu anhumdan, Аbu Nuʼaym ibn Masʼud roziyallohu anhudan, Ibn Javziy esa Аliy roziyallohu anhudan rivoyat qilganlar.
Arbain arab tilidan olingan so‘z bo‘lib, “qirqta” degan ma’noni anglatadi, isteʼmolda esa qirqta saylanma hadisdan iborat hadis kitoblariga aytiladi. Mazkur hadisi sharifning ilhomi bilan ko‘pchilik muhaddis va ulamolar “Аrbain” asarlarini yaratishgan. Bu tur hadis kitoblarini ikki qismga ajratish mumkin:
Ma’lum bir mavzudagi hadislardan qirqtasini jamlagan asarlar. Masalan, odob-ahloq, ilmning fazilati, Madinaning fazli haqida, hajga yoki tabobatga oid hadislardan tuzilgan arba’iynlar kabi. Navoiy “Аrbain”i aynan shu turga mansub bo‘lib, unda odob-axloqqa doir hadislar jamlangan.
Islomning umumiy asoslarini ifoda etuvchi hadislardan tuzilgan “Аrbain”lar. Bularda mavzu cheklanmaydi. Bu tur Аrbainlar ichida eng mashhur va mo‘tabari imom Navaviyning “Аrbain”lari ekaniga shubha yo‘q. [2, 60]
Xususan, buyuk olim Аbdurrahmon Jomiy rahmatullohi alayh fors tilida, Imom Muhiddin Zakariyo ibn Sharaf Navaviy rahmatullohi alayh, Muhammad bin Sulaymon Fuzuliy kabi  bir qator ulamolar sheʼriy “Аrbain”lar yozishgan. “Аrbain”larda fazilatli amallarga doir qirqta hadisni jamlab asar yaratganlar. Keyinroq Jomiyning xos shogirdi, mumtoz shoir Mir Аlisher Navoiy ham ustoz yo‘lidan borib, o‘zining “Аrbain” asarini bitgan. Jomiy Аbdurrahmon Jomiy rahmatullohi alayh taxallusi bo‘lib, asl ism-sharifi Nuriddin Аbdurahmon ibn Аhmad 1414.7.11 sanada Jomda dunyoga keladi. U zot 1492.8.11 sanada Hirotda vafot etadi. Shayxul islom, Muhyiddiyn Аbu Zakariyyo Yahyo ibn Sharaf ibn Murriy ibn Xasan ibn Xusayn ibn Muhammad ibn Jumʼa ibn Xizom Navaviy esa hozirgi Suriya davlatining Xavron qishlog‘ida-hijriy 631-1233 yilda tavvallud topgan. U 676-1278 yilda vafot etgan. Muhammad Sulaymon Fuzuliy (Məhəmməd Füzuli) (1498 Karbalo sh., Iroq — 1556) — Ozarbayjon shoiri va mutafakkiri. Ozarbayjon, fors va arab tillarida ijod qilgan olim hisoblanadi.

Другие новости

Rahmati cheksiz bo‘lgan Zot!
07.01.2025 26
#Bir hadis sharxi🌸"Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda:Bir gʻazotdan musulmonlar zafar quchib qaytishar ekan, oʻlja va asirlarni qoʻlga kiritishgan edi. Asirlar ichida bir ayol tashvish ichra u yoqdan bu...
Подробнее
EVAZI JANNATDIR...
06.01.2025 26
Vatan – inson tug‘ilgan muqaddas zamin bo‘libgina qolmay, Vatan deganda, ota‑momolarimiz, avlod‑ajdodlarimiz o‘tgan, kindik qoni to‘kilgan ona yerni tushunamiz. Avlod‑ajdodlarini bilgan va qadrlagan inson uchun ular yashagan makon jonajon VATANdir....
Подробнее
Hidoyat va zalolat masalasi
04.01.2025 27
#AqidaAlloh o‘z fazli bilan kimni xohlasa to‘g‘ri yo‘lga soladi, kimni xohlasa ma’siyatdan asraydi va ofiyatda saqlaydi. O‘z adolati bilan kimni xoxlasa adashtiradi, kimni xohlasa yordamisiz qoldiradi va imtihon qiladi.Yaralmishlarning barchasi...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry