25.04.2024
319

Noqonuniy diniy faoliyat bu — diniy tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatishdir

#Dolzarb_mavzular
#Diniy_ta'lim
#Jamiyat_farovonligi 

Noqonuniy diniy faoliyat bu — diniy tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatishdir

Davlatimiz mustaqilligi e’lon qilingandan boshlab yurtimizda barcha sohalar qatori ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va diniy sohalarga ham yuksak e’tibor qaratildi.  Bugungi kunda internet tarmoqlarda ayrim shaxslarning “o‘zicha” aholiga diniy ta’lim berishi, noan’anaviy aqidalarni tarqatishi, mutaxassis bo‘lmagan shaxslar tomonidan sof diniy masalalar bo‘yicha biryoqlama tushunchalar berishi tez-tez uchrab turibdi. Bu esa aholi orasida  turli xil tushunmovchiliklarga, insonlarning ongiga salbiy ta’sir qilishiga, bundan tashqari, jamiyatda diniy masalalar bilan bog‘liq ixtiloflar kelib chiqishiga, aholining yot g‘oya va qarashlar ta’siriga tushishiga sabab bo‘layapti. 

«Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida»gi qonunining 3-moddasida diniy tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatish, diniy tashkilot tomonidan faoliyatni o‘zi turgan joydan, shu jumladan ibodat qilinadigan binolardan va diniy tashkilotga tegishli hududlardan tashqarida amalga oshirish, shuningdek diniy ta’lim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanish taqiqlanadi. 

Qolaversa, 8-moddasida har kim diniy ta’lim muassasalarida professional diniy ta’lim olish huquqiga ega ekanligi, diniy ta’lim muassasalarida o‘qishga fuqarolar qonunchilikka muvofiq umumiy o‘rta, o‘rta maxsus ta’lim yoki professional ta’lim olganidan keyin qabul qilinishlari belgilab qo‘yilgan.

Qonunga ko‘ra, noqonuniy diniy faoliyat deb, diniy tashkilot sifatida ro‘yxatdan o‘tmasdan faoliyat ko‘rsatish, diniy tashkilot tomonidan faoliyatni o‘zi turgan joydan, shu jumladan ibodat qilinadigan binolardan va diniy tashkilotga tegishli hududlardan tashqarida amalga oshirish, shuningdek diniy ta’lim muassasalaridan tashqarida xususiy tartibda diniy ta’lim faoliyati bilan shug‘ullanishga aytiladi.

Shunday ekan har bir fuqaro noqonuniy tarzda diniy ta’lim olish, berish, noqonuniy diniy targ‘ibot, turli norasmiy diniy jamoalar ta’siridan ogoh bo‘lish, ekspertizadan o‘tkazilmagan, noqonuniy diniy adabiyotlar, ekstremizm, separatizm, aqidaparastlik, zo‘ravonlikni targ‘ib etuvchi audio-video ma’lumotlarni saqlamaslik va tarqatmaslik kerakligini yaxshi tushunmog'i zarur va maqbuldir.

Ta'lim muassasasi ETQKMMA maxsus kursi o'qituvchisi G.Maxamedova

Другие новости

Zaif va ohad xabarlarga amal qilishning hukmi
03.08.2025 17
Zaif hadisning ta’rifi: Zaif so‘zi lug‘atda ismi foil bo‘lib, o‘zagi ضعف يضعف fe’li, beshinchi bobdan olingan. Zaif so‘zining antonimi "quvvatli" degan ma’noda. Zaif bo‘ldi iborasining ma’nosi: kuchi yoki sog‘lig‘i yo‘qoldi,...
Подробнее
Ilmning Fazilatlari
09.07.2025 35
Islom dini ilm-fan, tafakkur va aqlni yuksak qadrlagan dindir. Ilm — insonni jaholat zulmatidan najot topishga, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga, Alloh taologa yaqinlashishga yordam beradigan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Ilmning fazilati...
Подробнее
QABUL - 2025
28.06.2025 55
#qabul_2025QABUL - 2⃣0⃣2⃣5⃣✅ "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida 2025-2026 o‘quv yili kunduzgi ta’lim uchun abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda qabul hay’ati tomonidan 2025-yil 25-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.📝 QABUL...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry