27.04.2024
386

MANTIQSHUNOS SHARQ OLIMLARI

MANTIQSHUNOS SHARQ OLIMLARI


Yer yuzida inson yaralibdiki jamiyatda mantiqiy qarashlar va tafakkur ham mavjud boʿlgan. Zero inson ongli mavjudot va unda ongli fikr yuritish salohiyati mavjud. Dastlab mantiq fan sifatida e’tirof etilmagan. Ammo olimlarning, faylasuflarning oʿzaro ilmiy bahslari mantiqiy fikrlash qonun-qoidalaridan xoli emas edi. Ilk bor mantiqni fan sifatida shakllanishi Arastu yoki Aristotel nomi bilan mashhur yunon faylasufi bilan aloqador. Arastu mavjud mantiqiy mavzularni tahlil qilib, ularni tartiblab alohida bir fan koʿrinishiga keltirdi. Biroq bu Arastu mantiq fanining asoschisi degani emas, balki u avvaldan ogʿzaki bahs yuritib kelingan mantiqiy mavzularni tartiblab chiqib uni fan koʿrinishiga keltirdi. U bunga doir “Kategoriyalar”, “Birinchi analitika”, “Ikkinchi analitika” kabi  bir qancha asarlar yozdi. Arastudan keyingi davrdagi yunon faylasuflari uning asarlarini toʿldirib, mavzularini boyitdilar. 
Musulmon oʿlkalariga mantiq fani Abbosiylar xalifaligi davrida kirib keldi. Bu vaqtda boshqa mamlakatlar, xususan Yevropa hududlaridan juda koʿplab ilmiy kitoblar olib kelinib arab tiliga tarjima qilindi va ular orasida mantiq ilmiga oid manbalar ham bor edi. Sharq ulamolari mazkur asarlarni chuqur oʿrganib ularga sharhlar yozishdi. Ma’lum vaqt oʿtgach esa oʿzlari ham mantiq ilmi haqida kitoblar ta’lif eta boshladilar. Shu tariqa bu fan sharq mamlakatlariga kirib keldi.
Mantiq fani bilan birinchilardan boʿlib shugʿullangan musulmon olimi Abu Yusuf Yoqub ibn Is’hoq Kindiy (tax. 800-870 yillar) boʿldi. U “Arastuning oʿnta kategoriyalari”, “Kategoriyalar asarida Arastuning maqsadi” va shu kabi bir qancha asarlar yozib ularda mantiq fanining mavzularini keng bahs qilgan.
IX-XI asrlarda Forobiy, Ibn Rushd, Ibn Sino, Xorazmiy bu fan bilan keng shugʿullangan. 
Forobiy (873-950) Sirdaryo hududida tugʿilib, Samarqand va Buxoro shaharlarida ilm olgan. Forobiy asarlarining aksar qismi falsafa va mantiq ilmiga bagʿishlangan. U “Mantiq ilmiga kirish”, “Aql haqida”, “Shartli hukmlar” kabi asarlarida mantiq ilmi haqida, uning tuzilishi, kategoriyalari haqida soʿz yuritgan. Qolaversa, u Arastuning koʿplab asarlariga sharhlar yozib boshqa faylasuflarga Arastuning asarlarini oʿrganish va tushunishda  katta yordam taqdim qilgan.
Ibn Sino (980-1037) Buxoro yaqinidagi Afshona qishlogʿida tugʿilib shu yerda tahsil oldi. Aqliy ilmlar bilan astoydil shugʿullandi. Yunon faylasuflari va Forobiyning asarlarini chuqur oʿrganib oʿzi ham bu sohada asarlar yozdi. U yozgan asarlarining katta qismini falsafa va mantiqqa doir asarlar tashkil qiladi. Mana shunday asarlaridan eng mashhurlari “Shifo”, “Ishorot va tanbihot”, “Donishnoma” kitoblaridir.
Abu Rayhon Beruniyni (973-1048) ham mantiqshunos olim deb ayta olamiz. Uning asarlari bir muncha kengqamrovli boʿlib, ularning mavzulari orasida mantiqqa oidlari ham oʿrin olgan. 
Keyingi davrlar mantiqshunos ulamolariga Faxriddin Roziy, Nasriddin Tusiy, Qazviniy, Taftazoniy, Jurjoniy, Shamsiddin Samarqandiy kabi zabardast olimlarni misol qilib keltirishimiz mumkin. Ular ham falsafa va mantiqqa doir ilmlarni chuqur oʿrganib, asarlar yozib bu fanni yanada rivojlanishi va mavzular koʿlami kengayishi hamda takomillashishi uchun katta hissa qoʿshdilar.

Xadichai Kubro ayol-qizlar ta’lim muassasasi 
oʿqituvchisi Nigmatova Mohira

Другие новости

Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni
17.12.2025 1
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni Islom dini - insoniyat tarixida eng buyuk ma’naviy uyg‘onish harakatlaridan biri bo‘lib, uning asosiy manbalari Qur’oni karim va Rasululloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlaridir. Tarix...
Подробнее
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi
16.12.2025 7
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi“Oyna” jurnali o‘z davrining mashhur jurnallaridan edi. Jurnalda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, tarixiy-adabiy, diniy va ilmiy mavzular bisyor edi. Jurnalni tadqiq etish jarayonida biz bu...
Подробнее
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalar
15.12.2025 8
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalarShuning uchun ham Islomda tashqi ko‘rinishga ahamiyat berishga ruxsat etilgan. Bunda ziynatlanishni harom qiladigan holatlar quyidagilardir:a) kofir yoki axloqsiz odamlarga o‘xshash uchun qilinsa;b)...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry