01.05.2024
128

Soxta salafiylarning hanafiy mazhabi ta’limotlariga yod g’oyalari…

 

XX – XXI asrlarga kelib turli xil diniy oqimlar soni ko‘payib ketdiki, bizning tinch va osuda diyorimizda ham uning salbiy ta’siri biroz kuchaydi. Buning oldi olinmasa, yoshlarimizning ongini zaharlashni maqsad qilgan g‘animlarimiz ularning tarbiyasida ushbu oqimlar ta’sirini kuchaytirish, ma’naviy va ma’rifiy, g‘oyaviy kurashni amalga oshirishga tinmay urinmoqdalar. Biz bugun ana shunday diniy oqimlardan biri bo‘lgan soxta salafiylik haqida to‘xtalib, bu oqimning maqsad, g‘oya va iddaolarini, boshqacha qilib aytganda, asl basharasini ochib o‘rganishga harakat qilamiz.
Soxta salafiylik – Islomdagi ahkom va fatvolarni har bir zamon taqozosiga qarab emas, hijriy sananing dastlabki uch davriga muvofiq ravishda hayotga tadbiq etishni targ‘ib qiluvchi oqimdir.
“Salafiylik” iborasi arab tilidagi “سلف” so‘zidan olingan bo‘lib, “ajdodlar”, “avval yashab o‘tganlar” ma’nolarini anglatadi. Qur’oni karimning Zuxruf surasida “salaf” so‘zi “avval yashab o‘tganlar”, “o‘tmish (kishilari)” ma’nolarida ishlatilgan.
Diniy istilohda “salaf” so‘zi muayyan bir davr bilan bog‘liq ma’noni beradi. Abdulloh ibn Mas’ud roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisi sharifda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Eng yaxshi davr mening davrim, so‘ng ularga yaqin bo‘lgan, so‘ng ularga yaqin bo‘lgan davrlardir” (Imom Buxoriy rivoyati).
Shunga ko‘ra, Islom ulamolari ilk musulmonlarni “salaf solih”, ya’ni “solih ajdodlar” deb hisoblashda yakdildirlar. Ulardan keyingi davrlarda yashagan musulmonlarga nisbatan “salaf” yoki “salafiy”lar tushunchalarini ishlatish umuman mantiqsizlik.
Oxirgi yillarda aksar bemazhablar tarafdan sahoba va tobeinlar manhaji niqobi ostida “salafiylik” bayrog‘ini baland hilpiratish holatlari ko‘paydi. Najdlik Muhammad ibn Abdulvahhobning izdoshlari ham bugun “vahhobiy” degan atamadan voz kechishib o‘zlarini solih salaflar yo‘lidamiz deb iddao qilishmoqda. Nosiruddin Alboniy shaxsiyati xuddi o‘sha “salafiylik” targ‘ibotchilari orasida dohiylik kasb qilgan shaxslardan biridir. Salafiylar Nosir Alboniy shaxsiyatiga baho berishda juda haddan oshishgan. Uni “Asr muhaddisi”, “Sunnat bilimdoni”, “Sunnat homiysi” va hokazo balandparvoz ilmiy unvonlar bilan laqablab olishgan. 
Shuningdek, salafiylar orasida oxirgi yillarda fiqhiy va hatto aqidaviy ahkomlarda ham Alboniy fikrlariga murojaat qilish holatlari birlamchi odatga aylandi.
Bizning davrimizda ham ikki yuzdan ortiq soxta salafiylikka o‘xshash yot oqimlar mavjud.
Islomda biron bir musulmonga tajovuz qilish yoki uni nohaq o‘ldirishga aslo ruxsat berilmagan. Bunday xunrezlikni qilgan kimsa uchun oxiratda ulkan azob bordir. Alloh taolo bunday ogohlantiradi: “Kim musulmonni qasddan o‘ldirsa, uning jazosi jahannamdir. U yerda u uzoq vaqt qoladi. Unga Allohning g‘azabi va la’nati bo‘lsin! Hamda U (Alloh taolo) unga ulkan azob tayyorlab qo‘ygandir” (Niso surasi, 93-oyat).
Oyati Karimadan bilamizki, musulmonni kofirga chiqarishdan juda ehtiyot bo‘lmoq lozim. O‘zlariga Qur’on va hadisi shariflarda kelgan chiroyli nomlar qo‘yib, chin ma’nodagi musulmonlikni da’vo qilayotgan turli xil oqimlarning yot g‘oyalariga aldanishdan ogoh bo‘lish zarur. Islom tinchlik, mehr-oqibat va odob-axloq dini ekanini aslo yoddan chiqarmasligimiz, kelgusi avlodlarga ham asl maqsadni, shariatni, ulamolarimiz yo‘llarini yetkazishda sobitqadam bo‘lishligimiz lozim va lobuddir.

Tayyorladi: 3-kurs talabasi O.Orifjonova
Mas’ul ustoz: G.Maxamedova

Другие новости

MAXLUQOTLAR ALLOHGA OʻXSHAMAS
24.12.2024 2
Imom Abu Ja'far At-tahoviy o'zlarining "Aqiydatut Tahoviyya" nomli kitoblarida shunday keltiradilar: لا يُشْبِهُهُ الأنامُ Ya'ni, Alloh taologa hech narsa oʻxshamaydi.Yuqoridagi matnda kelgan أنام soʻzi 3 xil ma'noda ishlatiladi: 1.Har bir...
Подробнее
KITOB -MA'RIFAT CHIROG'I
23.12.2024 3
Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yo'li esa bitta – kitob o'qishdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan,...
Подробнее
Kichik amalning ulkan ajri!
23.12.2024 4
Bir hadis sharhi🌸“Suygan narsalaringizdan ehson qilmaguningizgacha, sira yaxshilikka (jannatga) erisha olmaysizlar. Nimaniki ehson qilsangiz, albatta, Alloh uni biluvchidir”-, deya marhamat qilgan Alloh taologa cheksiz hamd-u sanolar bo’lsin.“Jonim izmida bo‘lgan Zotga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry