10.11.2025
1

Murobaha savdosining zamonaviy ko‘rinishlari

Murobaha savdosining zamonaviy ko‘rinishlari

Savdo-sotiq va unga oid masalalar insoniyat tarixining ajralmas qismi bo’lib, bu sohaning taraqqiyoti turli davrlar va mamlakatlarda har xil shakllarda namoyon bo’lgan. Islom dini halol tijoratni ragbatlantirib, unga adolat va shaffoflik tamoyillarini tatbiq etadi. Qur’oni karimda ham Alloh taolo Niso surasida:

يَـٰٓأَيُّهَا ٱلَّذِينَ ءَامَنُواْ لَا تَأۡكُلُوٓاْ أَمۡوَٰلَكُم بَيۡنَكُم بِٱلۡبَٰطِلِ إِلَّآ أَن تَكُونَ تِجَٰرَةً عَن تَرَاضٖ مِّنكُمۡۚ

“Ey iymon keltirganlar! Bir-birlaringizning mollaringizni botil yo‘l bilan yemang. Magar ozaro rozilik ila tijorat bolsa, mayli”[1], deya marhamat qilgan.

Hozirgi zamonga kelib ham musulmon yoxud aholisining ko‘p qismi musulmon bo‘lgan mamlakatlar orasida shariat hukmlariga asoslangan islomiy moliya tarmog‘ini rivojlantirish, aholi orasida keng yoyish dolzarb masalalardan biri bo‘lib kelmoqda. Chunki, bugunga kelib islomiy moliya tarmog‘i jahonda jadal sur’atlarda rivojlanib borayotgan hamda o‘zida innovatsion moliyalashtirish mexanizmlarini jamlagan sohalardan biri hisoblanadi.

Qur’oni karim va hadislarda  ribodan qochish muhimligi ta’kidlanadi. Shuning uchun ham islom moliyasida foizsiz kreditlash va adolatli tijoriy munosabatlarni yolga qoyish maqsadida turli alternativ yo’llar ishlab chiqilgan. Ulardan eng kop qollaniladiganlaridan biri – murobaha savdosi hisoblanadi.

Shar’iy manbalarda murobaha savdosi tavliya savdosi bilan yonma-yon zikr etiladi. Bunga sabab, murobaha savdosi sotadigan odam bir narsani o‘zi olgan bahodan ziyoda bir ma’lum foyda olmoqni shart qilib bay qilmoqdir. Tavliya esa, sotmoqda shart qilmoq, ya’ni, bu bay o‘zi olgan bahoga, ya’ni o‘ziga qaysi bahoga tushgan bo‘lsa, o‘sha bahoga bermoqni shart qilgay.[2] Mazkur ikki savdo turi joiz hisoblanadi.

Quduriy rahimahulloh aytadi: Murobaha savdosi avvalgi savdo bitimida qo‘lga kiritilgan narsani avval to‘langan badal ustiga foyda qo‘yib (ya’ni avvalgi savdoda mol evaziga nimani badal o‘laroq bergan bo‘lsa, ikkinchi savdoda molni aynan o‘sha badal evaziga, ustiga qo‘shimcha qo‘yib sotib oluvchiga) sotishdir.[3]

Zamonaviy fiqhiy adabiyotlarda murobahaga quyidagicha ta’rif beriladi: Murobaha shunday savdo turi bo‘lib, unda sotuvchi savdo molining tannarxini va qo‘yilayotgan ustamani, ya’ni o‘z foydasini xaridorga ochiq-oydin bildiradi. Murobahada foyda tomonlar kelishuviga binoan yaxlit pul miqdori ko‘rinishida yoki molning tannarxi ustiga ma’lum miqdorda kelishilgan foiz qo‘yib shakllangan bo‘lishi mumkin. [4]

Aslini olib qaraladigan bo‘lsa, murobaha oddiy tannarx+ustama asosidagi savdodir. Ammo hozirgi kunda to‘lovni kechiktirish g‘oyasi kiritilgandan keyin, murobaħa savdosidan mijozning mahsulot sotib olishi uchun moliyalashtirish maqsadida ham foydalanish amalga kiritildi. Shuning uchun ham, murobaha islomiy moliyalashtirishning eng maqbul shakl hisoblanmaydi. Uni faqat boshqa savdo turlari ishlamaydigan hollardagina ishlatish maqsadga muvofiq bo‘ladi.

Murobaha asosan chegarali bo‘lgan moliyaviy muomaladir, undan chetga chiqish faqat foizli moliyaviy amaliyotga olib kelishi mumkin. Shu sababli, bu savdoni shariat talablariga muvofiq amalga oshirishda juda ehtiyotkor bo‘lish zarur.

Zamonaviy jamiyatda halol savdo tamoyillarini kengroq qo‘llash va murobaha tizimini rivojlantirish muhim ahamiyat kasb etadi. Bu tizim faqat moliyaviy manfaat emas, balki odamlar o‘rtasidagi ishonch va halollik muhitini shakllantirishga ham xizmat qiladi. Kelajakda murobaha va unga o‘xshash halol savdo usullarini kengroq joriy qilish orqali jamiyatning barqaror rivojlanishiga erishish mumkin.[5]

 

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

  1. Qur’oni karim.
  2. Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf / Tafsiri Hilol. 1-juz. “HILOL-NASHR” nashriyoti, Toshkent, 2017. 528 b
  3. Burhonuddin Marg‘inoniy / Hidoya sharh bidoyatil mubtadi.  4-jild. “HILOL-NASHR” nashriyoti, Toshkent, 2020. 604 b
  4. Maqsudxoja ibn Mansurxo‘ja/ Majma’ ul-Maqsud. 2-qism. “Adolat”, Toshkent, 1996-yil. 608 b
  5. Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy / Islom moliyasiga kirish.“Azon kitoblari” nashriyoti, Toshkent, 2023. 288 b
  6. Y.A.Baydaulet / Islomiy moliya asoslari. “O‘ZBEKISTON” NMIU, Toshkent, 2019. 432 b

INTERNET MANBALARI

  1. https://islommoliyasi.uz/uz/
  2. https://t.me/s/diniysavollar

 

 


1] Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf. Tafsiri Hilol, 1-juz. “HILOL-NASHR” nashriyoti. Toshkent, 2017.-B.526.

[2] Maqsudxoja ibn Mansurxo‘ja. Majma’ ul-Maqsud. 2-qism. “Adolat”, Toshkent, 1996-yil.-B.59.

[3] Burhonuddin Marg‘inoniy. Hidoya sharh bidoyatil mubtadi.  4-jild. “HILOL-NASHR” nashriyoti, Toshkent, 2020.-B.161.

[4] Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy. Islom moliyasiga kirish.“Azon kitoblari” nashriyoti, Toshkent, 2023.-B.115.

[5] Muftiy Muhammad Taqiy Usmoniy. Islom moliyasiga kirish.“Azon kitoblari” nashriyoti, Toshkent, 2023.-B.115.

Tayyorladi: Muhsina Yusufiy
Mas’ul ustoz: Surayyo Ibragimova

Другие новости

Intercultural Communication in Language Teaching: Building Bridges Through Education
29.10.2025 6
AbstractIn the twenty-first century, language learning has become more than the acquisition of grammar, vocabulary, and pronunciation. It is also the study of how people think, interact, and live across...
Подробнее
E`TIQOD MASALALARI “SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” ASARLARI QIYOSIDA
23.10.2025 12
E`TIQOD MASALALARI “SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” ASARLARI QIYOSIDAHazrat Navoiy iymonning asoslari va aqiydaning birlamchi unsurlarini bayon qilgach, musulmon kishi e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan yana bir qator aqiyda masalalari haqida...
Подробнее
“SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” MANTNLARARO MUNOSABAT
21.10.2025 12
“SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” MANTNLARARO MUNOSABATAlloh taoloning sifatlari zotidan boshqa emas, deyiladi. Aslida, ushbu masalaga bunchalik urg‘u berilishining asosiy sababi Alloh taoloning sifatlari hodis[1] emasligini isbotlashdir. Chunki Alloh taoloning...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry