03.05.2024
415

Qur'on tilovati savobini o'tganlarga bag'ishlash

 

Qur'on tilovat qilib, savobini o'tganlarga bag'ishlash barcha musulmonlar, xususan, Markaziy Osiyo xalqlari o'rtasida keng tarqalgan. Hanafiy mazhabi bu amalni mustahab deganlar. Ammo ba'zi mazhabsizlar bu masalani bid'at deb ixtilof qilmoqdalar. Ko'pchilik ulamolar Qur'on tilovatining savobi dunyodan o'tganlarga yetadi deganlar. Hanafiy mazhabining zabardast ulamolaridan Abu Ja'far at-Tahoviy "Al-Aqidatut Tahoviy" kitoblarida: "Tiriklarning duo va sadaqalaridan o'lganlarga manfaat bordir", – deb keltiradilar. Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilingan hadisda shunday deyiladi: "Bir kishi: "Ey, Allohning Rasuli! Onam vafot etdi, uning nomidan sadaqa qilsam foyda qiladimi? – deb so'radi. Rasululloh: "Xa", – dedilar. U aytdi: "Meni bitta serhosil xurmozor bog'im bor, sizni guvoh qilib aytamanki, uni onamning nomidan sadaqa qildim".
Zamondosh olimlardan Shayx Sa'id ibn  Abdullatif Fuda "Sharhul kabor ala Aqidatut Tahoviy" kitobida shunday yozadi: "Kim qiroati hech xilofsiz mayyitga yetishini xohlasa, shu ishini "Ey Alloh! Qiroatimning savobini falonchiga bergin" deb duo qilsin". Dinimizda inson o'lishi bilan unut bo'lmaydi. Ularning tiriklar zimmasida haqlari bo'ladi.Shuning uchun ham Islomda o'tganlarning haqlariga duo qilishga targ'ib etilgan.
Sahobiylar ichida qabr boshida Qur'on tilovat qilishni vasiyat qilib ketganlari bor edi. Chunki ular  shu narsada mayyitga foyda borligini Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallamdan eshitganlar. Ummu Sharik roziyallohu anhodan rivoyat qilinadi: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bizga o'liklarga "Fotiha"ni o'qishni buyurdilar". Boshqa odam qilgan ishning savobi o'zgaga foyda bermaydi degan gapga javoban Oisha  roziyallohu anhodan rivoyat qilingan hadisni keltirish mumkin: "Nabiy sollallohu alayhi vasallam vafot etgan betobliklarida muavvazot suralari bilan o'zlariga suflar edilar. Kasalliklari og'irlashganda esa, men u suralarni o'qib suflar va baraka umidida qo'llari bilan siypalar edim". Misr muftiysi Ali Juma qabr oldida Qur'on o'qish haqida shunday dedilar: "Qur'on tilovati shariat buyrug'ida umumlashtirilgan holda aytilgan. Umumiy buyruq esa jamiki makon, zamon, shaxs va holatlarni o'z ichiga oladi. Ushbu umumiylikni faqat dalil bilan cheklash mumkin, xolos. Agar dalil keltirmasdan cheklansa, bid'at ishni qilgan bo'lib, Alloh va Rasuli keng qilib qo'ygan ishni toraytirish bo'ladi".  Faqat bir narsani yaxshi bilish kerakki, Qur'on o'quvchi xolis o'qishi kerak va unga biror ehson beriladigan bo'lsa ham, Qur'on o'qiganning haqqi deb emas, balki hadya deb beriladi. Hadya olgan kishi ham  berganning haqqiga duo qilib qo'yishi maqsadga muvofiq bo'ladi.

Tayyorladi: M.Mamajonova 
Mas'ul ustoz: S.Muxamedxo'djayeva

Другие новости

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi
16.12.2025 3
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan Axloqiy-ta’limiy maqolalarning bibliografik tavsifi“Oyna” jurnali o‘z davrining mashhur jurnallaridan edi. Jurnalda ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy-madaniy, tarixiy-adabiy, diniy va ilmiy mavzular bisyor edi. Jurnalni tadqiq etish jarayonida biz bu...
Подробнее
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalar
15.12.2025 4
Ayollarga xos boʻlgan masalalarga doir zamonaviy hukmiy masalalarShuning uchun ham Islomda tashqi ko‘rinishga ahamiyat berishga ruxsat etilgan. Bunda ziynatlanishni harom qiladigan holatlar quyidagilardir:a) kofir yoki axloqsiz odamlarga o‘xshash uchun qilinsa;b)...
Подробнее
Xalq orasidagi bid’atlar
14.12.2025 4
Xalq orasidagi bid’atlarInsonga uning bilmagan narsasini oʻrgatib, musaffo aqidaga yoʻllagan Alloh taologa hamdu sanolar boʻlsin. Bu musaffo aqidani bizlarga mukammal holda yetkazgan paygʻambarimiz Muhammad Mustafoga hamda u zotning ahli oilalariga...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry