04.05.2024
155

Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm yuritmaganlar kofir" mi?


Ayrim toifalar demokratiyani kufrda ayblash, konstitutsiyani kufr nizomi sifatida  baholash borasidagi o'z g'oyalarini xaspo'shlash yo'lida Qur'oni karimning Moida surasi 44-oyatidan ustalik bilan foydalangan. Ushbu oyatda Alloh taolo shunday degan:
"Kim Alloh nozil qilgan narsa ila hukm yuritmasa, o'shalar kofirlardir".
Ularning qarashlariga ko'ra ushbu oyatga muvofiq bugungi kundagi Konstitutsiyaga amal qilayotgan , qonunlar loyihasini ishlab chiqayotgan barcha insonlar  kofir hisoblanadi. Aslida, Islom ummatining eng donishmand, eng mo'tabar ulamolari mazkur oyatni turlicha tafsir qilishgan. Ulamolarimiz mazkur oyati karimani, asosan, 3 xil tafsir qilishgan:
1. Ushbu oyati karimada Islom millatidan chiqaradigan kufr nazarda tutilmagan. Balki, gunohkorlik nazarda tutilgan.
2. Kimki, Qur'onni rad etgan holda, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning so'zlarini inkor etgan holda  "Alloh nozil qilgan narsa bilan hukm qilmasa" ana o'sha kofirdir.
Demak, oyati karimani shu tafsiriga ko'ra tushunganimizda ham Konstitutsiyaga amal qilayotgan, qonunlar loyihasini ishlab chiqayotgan barcha insonlar kofir hisoblanmaydi. Chunki ko'plab tartib-qoidalar Alloh nozil qilganidan o'zgasi bilan hukm qilish bobidan emas. Bu odamlar hayotini tartibga soladigan va Allohning shariatiga xilof kelmaydigan qoidalardir. Ushbu qoidalar dunyoviy tartib-qoidalar bo'lib, hech kim unga diniy tus bermaydi yoki buni Allohning hukmi deb qabul qilmaydi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam sahobalarga qarata: "Sizlar dunyoyingiz ishini biluvchiroqsiz" deganlar.
3. Ushbu oyati karima yahudiylarning kofirlari haqida nozil bo'lgan.
Bugungi toifalar Moida surasining 44-oyatini dalil qilib, zamonaviy davlat tuzumlarini  bir og'izda kofirga chiqarishlari aslida ularning tarixda o'tgan qonxo'r va buzg'unchi toifa  xavorijlardan  ekanliklarining yana  bir isbotidir. Boshqacha qilib aytganda, mazkur toifalar uyushtirayotgan fitnalarning boshlanishi Hazrati Ali roziyallohu anhuning davrlarida xavorijlar sodir qilgan fitnalarining davomidir. Payg'ambar sollallohu alayhi vasallam o'zlaridan keyin xavorij degan toifa chiqishini va zalolatda bo'lishini xabarini berganlar: "Xavorijlar – jahannam ko'ppaklaridir".
Xavorijlar gunoh sodir etgan yoki diniy amallarni bajarishda kamchilikka yo'l qo'ygan musulmonni kufrda ayblab, uning qonini halol, ya'ni o'ldirishni muboh sanashgan edi. Xavorij nomi aynan shu buzg'unchi oqimga nisbatan aytilsa-da, ko'plab ulamolar bugungi kundagi ilmi oz bo'lsa-da o'zini dono sanab, o'zidan boshqa musulmonning iymoniga shubha bilan qaraydigan ayrim toifalarni ham "zamonamiz xorijiylari" deb atamoqdalar. O'zidan boshqalarni kufrda ayblash islom dini ta'limotiga zid ekani haqida Nabiy sollallohu alayhi vasallam shunday deganlar: "Agar bir kishi o'z birodariga : "Ey kofir" desa, ikkisidan biri o'shanday bo'ladi". Inson har qanday masalada, ayniqsa shar'iy masalalarda, iymon va kufr masalalarida o'ta xushyor bo'lishi lozim. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: " Fatvoga jur'atlilaringiz do'zaxga jur'atlilaringizdir, deganlar".
Manba: "Fiqh va aqidaga oid ixtilofli
masalalar yechimi" kitobi

Tayyorladi:  M.Mamajonova 
Mas'ul ustoz: S.Muxamedxo'djayeva

Другие новости

Rahmati cheksiz bo‘lgan Zot!
07.01.2025 26
#Bir hadis sharxi🌸"Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda:Bir gʻazotdan musulmonlar zafar quchib qaytishar ekan, oʻlja va asirlarni qoʻlga kiritishgan edi. Asirlar ichida bir ayol tashvish ichra u yoqdan bu...
Подробнее
EVAZI JANNATDIR...
06.01.2025 26
Vatan – inson tug‘ilgan muqaddas zamin bo‘libgina qolmay, Vatan deganda, ota‑momolarimiz, avlod‑ajdodlarimiz o‘tgan, kindik qoni to‘kilgan ona yerni tushunamiz. Avlod‑ajdodlarini bilgan va qadrlagan inson uchun ular yashagan makon jonajon VATANdir....
Подробнее
Hidoyat va zalolat masalasi
04.01.2025 27
#AqidaAlloh o‘z fazli bilan kimni xohlasa to‘g‘ri yo‘lga soladi, kimni xohlasa ma’siyatdan asraydi va ofiyatda saqlaydi. O‘z adolati bilan kimni xoxlasa adashtiradi, kimni xohlasa yordamisiz qoldiradi va imtihon qiladi.Yaralmishlarning barchasi...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry