29.09.2024
234

O‘zbekistonda Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligi keng nishonlanadi

O‘zbekistonda Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligi keng nishonlanadi
Prezident 2024-yil oktabr oyida Abu Iso at-Termiziy tavalludining 1200-yilligini keng nishonlashga doir qarorni imzoladi. Shu munosabat bilan uning ikkita asarini akademik tarjima qilish va sharhini tayyorlash, “Islom — tinchlik va ezgulik dini” mavzusida konferensiya o‘tkazish rejalashtirilmoqda.

Qarorga ko‘ra, 2024-yil oktabr oyida Imom Termiziy tavalludining 1200-yilligi keng nishonlanadi. Tadbirni yuqori saviyada nishonlash bo‘yicha chora-tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

Jumladan, Imom Termiziyning “Ash-Shamoil al-Muhammadiyya” va “Sunani Termiziy” asarlarini moturidiylik aqidasi va hanafiylik mazhabiga tayangan ko‘p jildlik akademik tarjimasi va sharhini tayyorlash hamda ularni nashr etish rejalashtirilmoqda.

Bundan tashqari, 2024-yil oktabr oyida Toshkent shahrida “Islom — tinchlik va ezgulik dini” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkaziladi. Uning doirasida Termizda “Imom Termiziy ilmiy merosining islom sivilizatsiyasida tutgan o‘rni” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tadi.

2024-yil sentabr-oktabr oylarida Termiz davlat universiteti va O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Termiziy allomalarning ilmiy-ma'naviy merosi: o‘tmish va bugun” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi hamda Imom Termiziy hayoti va ilmiy faoliyatiga oid ilmiy maqolalar tanlovi o‘tkaziladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasiga imom-xatiblar va diniy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Imom Termiziy asarlari bo‘yicha hadislar bilimdoni” tanlovini o‘tkazish va g‘oliblarni munosib taqdirlash tavsiya etildi.

Eslatib o‘tamiz, bir necha kun avval Termizda Imom Termiziy nomidagi islom instituti tashkil etilgandi. Ta’lim muassasasida o‘qish 4 yil bo‘lib, bakalavr darajasidagi oliy diniy ma’lumotli hadis ilmlari, diniy fanlar va arab tili bo‘yicha mutaxassislar tayyorlanadi. Bu bilan mamlakatdagi oliy diniy ta’lim muassasalari soni 4 taga yetdi (Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, Mir Arab oliy madrasasi, Hadis ilmi maktabi).

“Xadichai Kubro” ayol-qizlar o'rta maxsus islom ta'lim muassasasi matbuot hodimi Abdumannopova Irodaxon 

Другие новости

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan nasriy va  nazmiy asarlar tahlili (2-qism)
10.01.2026 0
Jadid adabiyoti har qancha o‘ziga xosliklarga ega bo‘lmasin, u ,avvalo, mumtoz adabiyotda mavjud an’analardan ozuqa olib rivojlandi. Xususan, Sharq mumtoz adabiyotida tanqidni she’riy yo‘lda ifodalash an’anasi XX asr boshlari adabiyotida...
Подробнее
ARAB TILINI NEGA O‘RGANAMIZ? (3-qism)
07.01.2026 3
ARAB TILINI NEGA O‘RGANAMIZ? (3-qism)Bugungi kunda turli millat va elat vakillari bo‘lgan musulmonlar orasida arab tilini o‘rganishga bo‘lgan qiziqish va rag‘bat tobora ortib bormoqda. Buning asosiy sababi shundaki, arab tili...
Подробнее
Arab tilini nega o‘rganamiz? (2-qism)
06.01.2026 3
Arab tilini nega o‘rganamiz? (2-qism)Arab tili boshqa tillardan o‘zining o‘ziga xos xususiyatlari, boy lug‘aviy zaxirasi va chuqur ma’no qatlamlariga egaligi bilan ajralib turadi. U fasohatli, ohangdor va ifodaga boy til...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry