08.10.2024
249

Ayol: tarix, islom va bugun

 

Tarixda ayolning o‘rni doim bahs mavzusi bo‘lib kelgan. Ayol ba’zan shunchalik qadrsiz ko‘rilganki, uni odam o‘rniga ham qo‘ymaganlar, ba’zan esa uni ulug‘lashgan. Ba’zi sivilizatsiyalar ayolni baxtsizlik ramzi deb bilgan bo‘lsa, boshqalari unga baraka timsoli deb qaragan. Xristianlik va yahudiylik kabi ko‘plab dinlarda ayolning   haqqoniy qadriga yetilmagan. Holbuki, Islom dini ayolni erkakdan ajratmagan va uni ayniqsa Johiliyat davridan kelib chiqqan salbiy munosabatlardan qutqargan. Ilohiy buyruqning muxotabi bo‘lgan ayollar Qur’oni karimning ko‘plab oyatlarida tilga olingan va ayol haqida oyatlar nozil qilingan. Hech bir din ayolga Islom dinidek qadr va huquqlarni bermagan. Islomda ayolning ahamiyatini yanada yaxshiroq anglash uchun o‘tmishdagi ayol mavqeiga nazar tashlash va taqqoslash o‘rinli bo‘ladi.

Tarixda ayolning mavqei o‘rganilganda, ko‘pincha ayollarning ikkinchi darajali qilib qo‘yilgani va kamsitilganiga guvoh bo‘linadi. Qadimgi Xitoyda ayol odam o‘rniga qo‘yilmagan. Qadimgi Rim va Eron sivilizatsiyalarida esa ayolning odam yoki odam emasligi doimiy muhokama mavzusi bo‘lgan.  Antik Yunon sivilizatsiyasiga nazar tashlansa, erkakning ayol ustidan cheklanmagan hukmronligi ko‘riladi. Ushbu sivilizatsiya qarashlarida ayollar faqat uy ishlari bilan shug‘ullanishi mumkin degan fikr hukmron bo‘lgan. Ayollar xuddi qul kabi olinib sotilgan. Yahudiylikda ham holat bundan yaxshi emas. Ayollar odat kunlarida ma’lum bir ibodatlarni bajarmaganliklarini sabab qilib shu kunlarda ayollar tegingan har qanday narsa nopokka aylanadi degan e’tiqod mavjud bo‘lgan. Klassik yahudiy adabiyotlaridada har kungi tong ibodatida o‘qiladigan duolarda “Rabbim, meni ayol qilib yaratmaganing uchun senga shukurlar bo‘lsin!” deb aytilgan.

Xristianlikda esa ayolga barcha gunoh, fitna va buzuqliklarning onasi, yomonlik manbai deb qaralgan. Odam alayhissalomning ta’qiqlangan mevani yeyishlariga Havvo onamiz sababchi degan e’tiqodlari bunga sabab bo‘lgan. 

Islomdan avvalgi arab jamiyatida ham holat bundan yaxshi bo‘lmagani barchamizga ma’lum. Ularning qarashlariga ko‘ra nasab faqat erkak sababli davom etadi. Shu sababli dunyoga kelgan qiz bolaning hech qanday qadr-qimmati yo‘q, bundan tashqari qiz farzand tug‘ilishi sharmandalik ham  hisoblangani uchun ko‘plab qiz bolalar o‘zining eng asosiy yashash huquqidan mahrum etilib, tiriklay ko‘milgan. Ko‘plab ayollar esa erlarining farzandlarini tiriklay ko‘mib yuborishlarini bilishlariga qaramay, bu holatga qarshi turolmagan. Bu jamiyatda ayolning eng asosiy vazifasi farzand tug‘ish edi. Ayol, xususan o‘g‘il farzand dunyoga keltirganida qadr topgan va ba’zan xizmatchi, ba’zan esa faqat farzandlariga qaraydigan enaga sifatida qabul qilingan. Bu tushuncha hukmron bo‘lgan qabilalarda ayol na oilada, na jamiyatda erkaklar kabi qadrlanmagan.

Endi Islomda ayol tushunchasiga nazar tashlab, Islomdan oldin va keyingi farqlarni yaxshiroq ko‘rib chiqaylik.

 Xadichai Kubro ayol-qizlar

 o‘rta maxsus islom ta’lim 

muassasasi o‘qituvchisi                                                    K. Abduvaliyeva                                                     

Другие новости

Murobaha savdosining zamonaviy ko‘rinishlari
10.11.2025 6
Murobaha savdosining zamonaviy ko‘rinishlariSavdo-sotiq va unga oid masalalar insoniyat tarixining ajralmas qismi bo’lib, bu sohaning taraqqiyoti turli davrlar va mamlakatlarda har xil shakllarda namoyon bo’lgan. Islom dini halol tijoratni rag‘batlantirib,...
Подробнее
Intercultural Communication in Language Teaching: Building Bridges Through Education
29.10.2025 11
AbstractIn the twenty-first century, language learning has become more than the acquisition of grammar, vocabulary, and pronunciation. It is also the study of how people think, interact, and live across...
Подробнее
E`TIQOD MASALALARI “SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” ASARLARI QIYOSIDA
23.10.2025 17
E`TIQOD MASALALARI “SIROJUL MUSLIMIN” VA “ SABOTUL-OJIZIN” ASARLARI QIYOSIDAHazrat Navoiy iymonning asoslari va aqiydaning birlamchi unsurlarini bayon qilgach, musulmon kishi e’tiqod qilishi lozim bo‘lgan yana bir qator aqiyda masalalari haqida...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry