17.09.2024
13

AL-HAKIM AT-TERMIZIYNING “NODIR ASLLAR” ASARI HADIS ILMI BORASIDA MUHIM MANBADIR

HhhhhAL-HAKIM AT-TERMIZIYNING “NODIR ASLLAR” ASARI HADIS ILMI BORASIDA MUHIM MANBADIR

 

Abu Abdulloh Muhammad ibn Ali ibn al-Hasan ibn Bashir al-Hakim at-Termiziy bo‘lib, tarjimai holiga oid ma’lumotlar o‘rta asr arab mualliflaridan Tojuddin as-Subkiy, al-Xatib al-Bag‘dodiy, Ibn Hajar al-Asqaloniy, as-Sullamiy va boshqalar asarlarida, shuningdek, uning o‘zining qalamiga mansub «Bad’u sha’ni Abu Abdulloh» («Abu Abdulloh ishining boshlanishi») nomli avtobiografik risolasida keltirilgan.

Taniqli olim Hoji Xalifa o‘zining «Kashf uz-zunun» nomli mashhur asarining bir necha o‘rinlarida al-Hakim at-Termiziy vafotini hijriy 255 (melodiy 869) yil deb ko‘rsatgan. Shuningdek, allomaning Termiz shahri yaqinida joylashgan maqbarasi ustida o‘rnatilgan qabrtoshdagi bitiklarda ham uning hayoti haqida ba’zi ma’lumotlar keltirilib, vafot etgan sanasi hijriy 255 (melodiy 869) deb yozilgan. Al-Hakim at-Termiziyning uzoq 120 yil umr ko‘rganligini e’tiborga olsak, alloma sakkizinchi asrning o‘rtalarida (taxminan 750—760 yillar oralig‘ida) tavallud topganligi ayon bo‘ladi. 

Al-Hakim at-Termiziyning otasi Ali ibn al-Hasan o‘z davrida hadis ilmining ko‘zga ko‘ringan olimlaridan biri sifatida mashhur bo‘lgan. Al-Hakim at-Termiziy o‘zining avtobiografik risolasi «Bad’u sha’ni Abu Abdulloh» va «Ar-Radd a’lol-muattila» kabi asarlarida yozishicha, uning onasi va bobosi ham o‘z davrida hadis ilmining yetuk bilimdonlaridan bo‘lgan. Ko‘rinib turibdiki, hadis ilmini ham birinchi navbatda oilasidan olgan, eng birinchi va asosiy ustozi otasi Ali ibn al-Hasan at-Termiziydir. “Tarix Bag‘dod” asarida  birinchi ustozi, uning otasi Ali ibn Hasan ibn Bashir ibn Horun Termiiyni mashhur muhaddislar sirasida vasf etib, uni Bag‘dodda Shidod ibn Hakam va Solih ibn Abdulloh at-Termiziydan hadis saboqlarini olganini va undan Muhammad iibn Maxlad hadis rivoyat qilganini bayon qilgan. 

  • Qutayba ibn Sa’iyd as-Saqafiy al-Balxiy taxminan 150/767 yilda tug‘ilgani, 90 yoshlarida Balx yaqinidagi Bag‘lon qishlog‘ida 240/854 yilda vafoti haqidagi ma’lumotlar «Tarixi Bag‘dod» nomli asarida keltiriladi.
  • Solih ibn Muhammad at-Termiziy. Uning haqidagi muxtasar ma’lumotlar “Tarixi Bag‘dod» va Ibn Hajar al-Asqaloniyning «Lison al-meyzon» kabi asarlarida keltirilgan. Muhammad ibn Marvon as-Saddiydan hadis rivoyat qilgan.
  • Sufyon ibn Vakiy’. Taniqli tarixchi Shamsuddin az-Zahabiy o‘zining «Meyzon al-e’tidol» nomli asarida uning ismini Sufyon ibn Vakiy’ Ibn al-Jarroh Abu Muhammad ar-Ravosiy deb to‘liq keltirgan.
  • Ahmad ibn Hizravayh. (vaf.240/854) to‘liq ismi Abu Homid Ahmad ibn Hazravayh al-Balxiy. U haqidagi ma’lumotlar Abu Nua’ym al-Isfahoniyning “Hilyat al-avliyo” kitobida keltirilgan. U Xurosonning mashhur mashoyixlaridan bo‘lgan. Abu Turob an-Naxshabiy va Hotim al-Aslam bilan do‘stona munosabatlar o‘rnatgan.
  • Abu Turob an-Naxshabiy. To‘liq ismi Askar ibn Husayn yoki Askar ibn Muhammad ibn Husayn. As-Sulamiy va ash-Sharoniylar o‘zlarining kitoblari u haqida ma’lumot keltirgan.

Al-hakim at-Termiziyning ko‘plab shogirdlari bo‘lib, shulardan mashhurlari qo‘yidagilar:

  • Abu Muhammad Yahyo ibn Mansur al-Qoziy (vaf 350/961)
  • Al-Hasan ibn Ali al-Juzjoniy
  • Mansur ibn Abdulloh ibn Xolid al-Hiraviy
  • Abu Ali al-Hasan ibn Ali al-Jurjoniy
  • Ahmad ibn Muhammad ibn Iso

- Abu Bakr Muhammad ibn Umar al-Hakim al-Varroq  at-Termiziy (vaf. 294/906-907)

- Abu Bakr Muhammad ibn Ja’far ibn Muhammad ibn al-Haysam ibn Umron ibn Burayda (vaf. 360/971).

Al-Hakim at-Termiziy qalamiga mansub asarlar haqida turli raqamlar keltirganlar. Ba’zilarining fikriga ko‘ra uning asarlarining soni to‘rt yuztaga yaqin bo‘lsa, yana boshqalar al-Hakim at-Termiziy saksonta yoki qirqta asar qoldirganligi haqida yozganlar. Jumladan, misrlik olim shayx Abdulfattoh Abdulloh Barakaning yozishicha, al-Hakim at-Termiziy to‘rt yuzdan ortiq asarlar qoldirgan bo‘lib, ulardan oltmishga yaqini bizgacha yetib kelgan. 

1958 yil nashr qilingan “Sodr, qalb, fuod va lubobning orasidagi farq” nomli risolaning muqaddimasida keltirilishicha Hakim Termiziyning 57 ta asari tilga olingan. Hakim Termiziyning asarlariga qadimda ham ishonchli manba sifatida katta ahamiyat qaratishgan, Jamoluddin Abu Gʻonim ibn Qozi Abulfazl u kishining barcha kitoblarini jamlagan hatto ba’zilarini o‘z qo‘li bilan nusxa qo‘chirgan.

Hakim Termiziy o‘z davrida hadis ilmini yaxshi o‘zlashtirgan olimlardan bo‘lganini u kishini hayoti va ilmiy faoliyatini o‘rgangan olimlar alohida ta’kidlashadi. Shu sababdanmi eng katta asari payg‘ambar alayhissalomning hadislariga bag‘ishlangan “Navodir al-usul fi ma’rifat axbor Rasul” (“Rasululloh xabarlarini bilishda nodir usullar”) nomli asaridir. Bu asar shuningdek “Salvat al-orifiyn” va “Bo‘ston al-muvahhadiyn” (“Oriflar ovunchog‘i va Allohning yagonaligiga ishonuvchilar bo‘stoni”) nomi bilan ham ataladi. Bu asar hadislarning sharhi bo‘yicha  eng qadimgi asar va eng nusxasi tarqalgan asarlardan biridir.  Mazkur asarning bir qo‘lyozma nusxasi O‘zbekiston musulmonlar idorasining kutubxonasida saqlanadi. Yana bir qo‘lyozmasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida saqlanadi (№ 10842). Bu asar hijriy 1294 (melodiy 1876) yilda Qustantiyniyada chop etilib, o‘zi tanlab olgan 291 hadisdan iborat ushbu kitobda al-Hakim at-Termiziy o‘z mazhabiy qarashlarini mufassal holda sharhlagan. Bu kitobning uchdan biricha keladigan muxtasari ham bor bo‘lib, u Ostonada 1292 yilda chop qilingan. 

Hakim Termiziyning bu kitobiga Mustafo ibn shayx Ismoil imom Dimashqiy “Mirqotul vusul Hovoshiy navodirul usul fi ahodisir-rasul” nomli hoshiya ham yozgan. 

  Hakim Termiziyning “Navodirul usul fi ahodisir-rasul” kitobining turli qulyozmalarida undagi asllar soni ham uch xil adadda ekani ko‘rinadi. Abdurahmon Amiyra tahqiq qilgan va Bayrutdagi “Doruljiyl” nashriyoti tomonidan to‘rt juzda chop etilgan. Bu nusxadagi asllar soni 291ta.

  Avaz Ismoil Ibrohim Mutavalli tahqiq qilib, Qohiradagi “Maktabul imom Buxoriy” muassasasi tomonidan nashr qilingan nusxadagi asllarning soni 293ta. Ba’zi qadimgi nusxalarida bu asllarning soni o‘n ikkita kam uchyuzta deyilgan. 

  Hakim Termiziy “Navodirul usul fi ahodisir-rasul” kitobidagi har bir aslga alohida nom bergan. Sarlavhadan keyin bevosita bir yoki bir nechta hadislarni keltirib keyin o‘sha hadislarni o‘z iboralari bilan sharhlaganlar. Kam hollarda bir hadis ikkita aslga bosh dalil qilib keltirilgan. Asllarga bosh dalil qilib keltirgan hadislarni sharh qilishda oyat va hadislardan keng foydalanganlar. Shuningdek, sahobalarYu tobe’inlar, katta ulamolarnig gaplarini ham keltirganlar. Sharh qilishda barcha diniy ilm va ma’rifatlarni ishga solgan. Sharhlardan odob-axloq, o‘zaro muomlalar, ibodat, taqvo, halollik, hikmat va boshqa ko‘plab mavzularning siru asrorlari haqida, shariatning maqsadlarini bayon qilishda ajoyib tarzda so‘z yuritganlar. Shuningdek, lug‘at ilmi asosida ko‘plab so‘zlaringg asl mohiyatini erinmasdan bayon qilib o‘tganlar.

Hakim Termiziyning boy ilmiy merosini shartli ravishda yetti yo‘nalishga taqsimlash mumkin: 

  • Qur’on ilmlari;
  • Hadis;
  • Fiqh;
  • Kalom;
  • Shariat falsafasi;
  • Tasavvuf tarixi;
  • Tasavvufiy qarashlar. Ba’zan bir asarida bir necha yo‘nalish balki yetti yo‘nalishning barchasini ko‘rish mumkin. Quyidagi taqsimotda har bir asarning asosiy mazmunidan kelib chiqilgan:

Tafsir va Qur’on ilmlariga oid asarlari:

  • “Kitob ul-Amsol min al-Kitob vas sunnat” («Qur’on va sunnatdagi masallar kitobi»).
  • Tahsiyl nazoir al-Qur’on («Qur’on ibratlarini o‘rganish»)
  • “Kitob ul-furuq va man’ ut-taroduf” («Farqlar va taroduf (ketma-ketlik)ni man qilish»).

Hadis ilmiga oid asarlari:

  • “Navodir al-usul fi ma’rifat axbor Rasul” («Rasululloh xabarlarini bilishda nodir usullar»)
  • “al-Manhiyot va kull mo jo’a min hadis bin-nahy”
  • “Bayon al-kasb”

Fiqh ilmiga oid asarlari:

  • “Kitob us-salot va maqosiduho” («Namoz va uning maqsadlari»).
  • “Kitob ul-hajj va asrorihi” («Haj va uning sirlari»).
  • “Sharh as-salo va maqosidiho”
  • “Sabab at-takbir fis-sslot”
  • “Ilal ash-shariy’a” («Shariy’at dalillari») yoki “Kayfiyyat as-salot val-vuzu vas-sivok”
  • “al-Masoil al-afina”

Kalom ilmiga oid asarlari:

  • “Kitob Radd a’lol-Muattila” («Al-Muattiliylarga raddiya kitobi»).
  • “Kitob ul-aql val-havo” («Aql va havoyilik haqida kitob»).
  • “al-Farq baynal-oyot val-karomot”
  • “ar-Radd alar-rofiza”
  • “Sharh qavl moal imon val-islom val-ehson”
  • “Kalom ala ma’na la iloha illo Alloh”

Shariat falsafasiga oid asarlari:

  • “Kitob al-aqyos val-mug‘tarrin”
  • “Isbot al-ilal filamr van-nahy”
  • “Bayon al-ilm”
  • “Huquq”

Tasavvuf tarixiga oid asarlari:

  • “Anvo al-maorif”
  • “ar-Risola fil-futuvva”
  • “Tarix al-mashoyix”

Tasavvufiy qarashlarga oid asarlari:

  • “Buduvv ash-shan Abiy Abdulloh”
  • “Adabun-nafs”
  • “Riyozot an-nafs”
  • “Xatm al-avliyo”
  • “Bayon al farq bayna as-sadr val-qalb val-fuad val-lubb”
  • “Ma’rifat al-asror”
  • “Manozil al-ibod minal-iboda”
  • “al-Masoil al-Maknuna”
  • “Odob al-maridin”
  • “Risolat mmkr an-nafs”
  • “Ilm al-avliyo”
  • “Abvob muxtalifa”
  • “al-Jumal al-lozim ma’rifatuho”
  • “Javob kitob Usmon ibn SA’d minar-Ray”
  • “al-Hikma minal-ilmil botin”
  • “Sifat al-qulub va ahvoliho va hay’at tarkibiho”
  • Urs al-muvahhidiyn
  • “Urs al-orifiyn”
  • “Gʻavr al-umur”
  • “Masoil at-ta’bir”
  • “Daqoiq al-ulum”

 

 

Xadichai Kubro ayol-qizlar ta’lim

 muassasasi o‘qituvchisi

D.Maxmudova

Другие новости

Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”
17.10.2024 46
Аҳмад Ол Қосимий: “Юртингизда бўлиб ўтган конференцияни эзгулик анжумани, деб аташ мумкин”ЖамиятТанлашРўйхатдан ўтингЧоп этиш11:56 / 17.10.2024Давлатимиз раҳбари ташаббуси билан Тошкент ва Хива шаҳарларида ўтказилган “Ислом – тинчлик ва эзгулик дини”...
Подробнее
ИСЛОМ – ТИНЧЛИК ВА ЭЗГУЛИК ДИНИ
15.10.2024 49
Тинчлик қарор топган юртда хотиржамлик ҳукм суради, жамиятда ҳар томонлама юксалиш бўй кўрсатади. Мамлакат тараққиёти, фаровонлиги, юрт аҳлининг тумуш ободлиги осойишталик туфайлидир.Шу нуқтаи назардан айтиш жоизки, давлатимиз раҳбарининг ташаббуси билан...
Подробнее
Ислом – маърифат, тинчлик, эзгулик дини Жамият
14.10.2024 49
Шу йилнинг 15-16 октябрь кунлари Тошкент ва Хива шаҳарларида “Ислом – тинчлик ва эзгулик” дини мавзусидаги халқаро конференция бўлиб ўтади. Ислом динининг пок ва маърифатга йўғрилган, тинчликпарвар ғояларини кенг тарғиб...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2024 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry