23.12.2024
304

KITOB -MA'RIFAT CHIROG'I

Dunyoni faqat ilm bilan zabt etish mumkinligi bugungi kunda hech kimga sir emas. Ilmni chuqur egallashning yo'li esa bitta – kitob o'qishdir. Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev mutolaa haqida fikr bildirib, jumladan, shunday degandi: "... hammamiz uchun ayni paytda juda muhim ahamiyatga ega bo'lgan masala, ya'ni kitobxonlikni keng yoyish va yoshlarimizning kitobga boʻlgan muhabbatini, ularning ma'naviy immunitetini yana-da oshirishga qaratilgan ishlarimizni yangi bosqichga olib chiqish vazifasi turibdi". "Kitob bilim manbai", deymiz. Bu isbot talab qilmas haqiqat. Zero, inson bilimni asosan kitob orqali oladi, uning tarbiyasi ham kitob yordamida shakllanadi. adabiyotlarni Yoshlarimiz badiiy o'qiganda, ularning dunyoqarashi kengayadi, hayotga munosabati oʻzgaradi. Zero, kitob  tafakkur qanoti va ma'rifat chirog'idir. 
Shuningdek, TTJ talabalarini kitobga bo'lgan ishtiyoqlarini oshirish maqsadida bir necha kitoblar tafsiya etildi. Talabalar oz fursatda Adham Sharqoviyning "Nabaviy tarbiya" va Shayh Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning"Olamlarga rahmat payg'ambar" kitoblarini yakunladilar va shu munosabat bilan joriy yilning 20-dekabr kuni TTJ rahbari Shalimova Musallam boshchiligida "Kitob - ma'rifat chirog'i" nomli musobaqa o'tkazildi.
Musobaqa uch shart asosida o'tkazildi. Tadbirni Muassasa direktori Maryam Abdullayeva ochib berdilar. Tadbir davomida ushbu kitobni o'rganayotgan fanlarimizga qanday manfaatlari borligi haqida Gaipova Joziba ustoz yoritib berdilar. So'ng musobaqa uch shart asosida bo'lib o'tdi.
1-shart har bir guruh o'zlariga tushgan mavzuga javob  berish,
2-shart tezkor savol javob, 
3-shart "Nabaviy tarbiya" kitobidan biror mavzuni yoritib berish.
 

 

Talabalar barcha shartlarda faol ishtirok etdilar va uchinchi shartda o'zlari yozgan she'r va manaloglar bilan qatnashdilar.

So'ng natijalar musobaqa hakamlar hay'ati : Muassasa direktori Maryam Abdullayeva, o'quv bo'limi boshlig'i Muhammedova Sanobar, Hadis fani  ustozlari Mahmudova Dildora va Gaipova Joziba ustozlar tomonidan baholanib, g'oliblar diplom, estalik sovg'alar va turli hil kitoblar bilan taqdirlandilar.

1-o'rin Ansoriyyalar guruhi
2-o'rin Nabaviy tarbiya ixlosmandlari guruhi
3-o'rin Siyrat oshiqlari va Sayyidalar guruhlari

Hadis fani o'qituvchisi: J.Jamol

Другие новости

Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan nasriy va  nazmiy asarlar tahlili
01.01.2026 1
Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Oyna” jurnalidan nasriy va nazmiy asarlar tahlili XIX asr oxirlaridan boshlangan milliy uyg‘onish davri bosqichiga kelib endi she’riyatdagi mavzu ham, uslub ham keskin o‘zgardi. Agar jadid she’riyatining birinchi...
Подробнее
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi
19.12.2025 9
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi Insonni yo‘qdan bor qilgan va mavjudodlari ichida mukarram aylagan zot -Alloh taolodir. Alloh taolo insonga ham aql, ham nafs istaklarini bergan. Nafsi aqlidan ustun...
Подробнее
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari
18.12.2025 9
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari“Hidoya” asarini mutolaa qilgan kishi biror fiqhiy masalaga Imom Marg‘inoniy boshqa faqihlar kabi Qur’oni Karim, sunnat, sahobalarning osorlari, ijmo, qiyos, istehson kabi bir nechta dalillar keltirganining...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2026 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry