16.02.2025
73

“Shohnomayi Andalib” asari muqaddimasiga oid mulohazalar


Ma’lumki, Sharq mumtoz adabiyoti kitobatchiligi tuzilishida  hamd va na’t qismlaridan tashkil topgan muqaddimalar alohida o‘rin olgan bo‘lib, ularning shakllanishi Islom dinining O‘rta Osiyoga kirib kelishi bilan [ Ҳ.С.Кароматов. Ўзбек адабиётида Қурон мавзулариТ, 1993. – Б.13.] bog‘lanadi.  Muqaddima asarning kirish qismi hisoblanib, unda hamd, na’t, bag‘ishlov hamda asarning ta’lif etilish sabablari bayon etiladi. Navoiy va unga zamondosh shoirlar asarning muqaddima qismiga ijodiy yondashib, alohida asar kabi munosabatda [N.Mallayev.An’anaviy muqaddimot haqida.O’zbek tili va adabiyoti.1971,I-son]

bo‘lganlar. Keyinchalik muqaddimalar ancha soddalasha borgan. Lekin shunday bo‘lsa-da, muqaddimalar o‘quvchilar tasavvuriga muallif ijodiy faoliyati, mazkur asarini yozilish sabablari va davr ruhiyati kabi qimmatli ma’lumotlarni tortiq qilishi mumkin. Ushbu muqaddimada hamd va na’t tarkibida Islom tarixiga oid ayrim ma‘lumotlar ham beriladiki, kitobxon uni tushunishda tarixni bilmasa ijodkor niyatini tushuna olmaydi. 

Ana shunday asarlar sirasiga Qo‘qon xonligida yaratilgan “Shohnomayi Andalib” asarini kiritish mumkin. Asar muallifi Andalibning ushbu asari  adabiy-tarixiy asarlar sirasiga kirib, u nafaqat davr adabiyoti, balki siyosiy-ijtimoiy holati haqida ham qimmatli ma’lumotlarni bera oladi. Bunga “Shohnoma”ning birgina muqaddima qismini o‘rganish orqali xulosa qilishimiz mumkin. Mazkur asar, asosan, XIX asr o‘rtalarida Buxoro va Qo‘qon xonligi o‘rtasida kechgan qonli urushlar haqida boradi. Asar basmala bilan boshlanadi. So‘ngra asarning muqaddima qismi  o‘zgacha yondashuv bilan bilan ochib beriladi. 

Mutaqaddim shoirlar odatda o‘z kitoblarini hadisi shariflarga amal qilgan holda basmala bilan boshlaganlar. Ba’zan asarlarning hamd qismi uzoq misralar bilan tasvirlansa, ba’zan basmalaning o‘zi bilan cheklanilgan. Shohnoma ham shunday uslubda yozilgan. Asar basmala bilan boshlangan va Payg‘ambar sallohu alayhi vasallamning madhlariga kirishilgan. Hamd qismida esa basmalaning o‘ziga cheklanilgan.

                              Aylay raqam emdi bir hikoyat,

Momom Hojar firoqidin hikoyat.

Bu gardish charxdin g‘ammoz,

Bizlarga jafoni qildi og‘oz.

Ham g‘ussa falak sitam o‘qini,

Insonlarga to‘kub bor-u, yo‘qini,

Kuydurdi firoq o‘tinda jonim,

Ham o‘rtadi mag‘z-u ustuxonim.

Asardagi basmala qismi kotib tarafidan ham kiritilgan bo‘lishi mumkin. Lekin katta ehtimol bilan basmalani Andalibning o‘zi asarga kiritgan. Chunki basmalaning ostidan kirish so‘zlari hamda, uning ortidan na‘t qismi yozilgan. Odatda na’t qismi shakllangan asarlarda o‘z-o‘zidan hamd qismi ham bo‘lishi maqsadga muvofiq bo‘ladi.

                     Haq bizga inoyat aylab erdi,

                    Lutf aylab, karomat aylab erdi.

                    Shafqat bila ul Hudoyi Akbar,

                    Bizga berib erdi ikki gavhar.

 

 Shu o‘rinda muqaddimadagi “ikki gavhar” so’zi e’tiborimizni o‘ziga tortdi. Bu so’z bu o‘rinda nimaga ishora? Ikki gavhar o‘zi nima? Bundan shoir nimani nazarda tutgan? Shu haqidagi savollarga javob topish uchun biz Qo‘qon xonligi tarixiga chuqurroq kirib borishga harakat qilamiz.

Andalib “ikki gavhar” deb Qo‘qon xonligining ikki maskanida mavjud bo‘lgan mo‘yi muborakka ishora qilib, shu muborak mo‘y zamirida Rosululloh sallohu alayhi vasallamning madhlariga kirishib ketadi:

                    Ne gavhar erurki Nurulloh,

                   Mavjudi tufaylidin sivalloh.

                  Anvori azal qilib tajalliy,

                           Farg’ona bo‘lib oning mahali

         Ya‘ni, Alloh Taolo o‘zga narsalarni u sababidan yaratgan, Allohning nuri bo‘lgan Muhammad sallollohu alayhi vasallamning sochlari go‘yoki gavhardir. Uning nurlari Farg‘onani makon tutib, unga tajalliy qilmishdir.

         Bu  “Dunyo Muhammad sababidan yaratilgandir. Agar Muhammad bo‘lmaganida dunyo ham, insonlar ham yaratilmagan bo‘lardi”, – deyilgan rivoyatga ishoradir. Lekin bu shar‘iy manbalarda asossiz gap hisoblanib, faqatgina xalq tilida paydo bo‘lgan mashhur rivoyatdir. Chunki sahih hadis manbalarida bunday hadis uchramaydi. [(5/489).البيهقي في "دلائل النبوة"]

                              Ul ikki namunai shafoat, 

                              Sarishtai davlati saodat.

                    Ikki shohi zulf anbari afshon.

                   Bizlarga yuborgan edi Subhon.

Yuqoridagi “ikki zulf” va “ikki namunai shafoatdan” murod Rosululloh sallollohu alayhi vasallamning ikki sochlaridir. U Zoti sharifning ikki zulflarini shafoatchi, anbar hidlidavlatni saodatga eltuvchi deya madh qilib, bundan u Zotning ayni o‘zlaridagi mazkur sifatlarga ishora qilinmoqda. Bu yerda shoir majoz yo‘li bilan 

 

Rosululloh sallollohu alayhi vasallamning madhlarini bayon qilib o‘tmoqda. Ya‘ni “juz” zikri bilan “kul” iroda qilinmoqda. Buni balog‘at fanida majozi mursal deb ataladi. [Зокиржон Шарипов Балоғат фани. Т.:, Мовауннаҳр, 2014. – Б.193.]

Andalib мadhni davom ettirib:

Bo‘lg‘ay edi mulkimiz Madina,

Go‘yoki Madinai sakina.

Jon birla Xudoga shukr aytardik,

Ko‘z ichra qo‘yarga fikr etardik.

Har lahzaki yuz barq urardi,

Atrofida barcha charx urardi.

Ikki mo‘yni Farg‘onani maskan tutganini, Payg‘ambar sallollohu alayhi vasallamning  ishqida yongan oshiqlar u mo‘yi saodatni oldida charx urib aylanganliklarini tasvirlaydi.

Tarixga nazar solsak, Qo‘qon xonligi davrida xonlik tasarrufida bo‘lgan ikki maskan Sarmazor va Ovchi qishlog‘ida Muhammad sallollohu alayhi vasallamga nisbat beriladigan mo‘y saqlangandir. Shulardan eng mashhuri Ovchi qishlog‘ida saqlangan mo‘y bo‘lib, uning atrofida qad rostlagan obidalarning qoldiqlari hozirgacha saqlanib qolgan.

Qo‘qon shahrining Qoratepa qishlog‘ida Mo‘yi Muborak deb nomlangan muqaddas go‘sha bo‘lib, bu joy o‘zida uch xil, arxeologik, me‘morchilik, ma‘naviyziyorat yodgorlikni mujassam qilgan.

         Mazkur obidalar joylashgan Qoratepa qishlog‘ini “Ovchi mahalla” deb ham ataganlar. Ovchi mahalla deb nomlanishi Ashirxuri mergan, To‘xli mergan  va Qurbon mergan deb atalgan va Qo‘qon xonligini asos solinishiga sabab bo‘lgan uchta aka-ukalarning nomiga bog‘liqdir. Ularning xotirasiga mazkur qishloqni “Ovchi mahalla” deb  ataganlar.

Mo‘yi muborak obidasini paydo bo‘lishiniнг uzoq tarixi bor. Islom olamida “Mo‘yi Muborak” degan atama bo‘lib,  payg‘ambar Muhammad sallollohu alayhi vasallam sochlarini oldirgan vaqtlarida sahobalar bu muborak sochlarini yig‘ib yurganlar. Keyinchalik xalifalik turk sultonlari qo‘l ostiga o‘tgach, Makka va Madina kabi shaharlarda saqlanayotgan Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning sochlari, kiyimlari va boshqa ashyolari Istanbulning To‘pqopi saroyiga ko‘chirib olib kelinadi. Har zamonda turk xalifalari bu mo‘ylarni o‘zga yurtniнг podshohari yoki elchilariga hadya o‘laroq berib turganlar.

Ta’lim muassasasi o‘qituvchisi, ToshDO‘TAU tayanch doktoranti:    Maxamatxonova Muxlisa 
 

Другие новости

Ilmning Fazilatlari
09.07.2025 1
Islom dini ilm-fan, tafakkur va aqlni yuksak qadrlagan dindir. Ilm — insonni jaholat zulmatidan najot topishga, to‘g‘ri yo‘lni tanlashga, Alloh taologa yaqinlashishga yordam beradigan eng ulug‘ ne’matlardan biridir. Ilmning fazilati...
Подробнее
QABUL - 2025
28.06.2025 16
#qabul_2025QABUL - 2⃣0⃣2⃣5⃣✅ "Xadichai Kubro" ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta'lim muassasasida 2025-2026 o‘quv yili kunduzgi ta’lim uchun abituriyentlarning hujjatlari offlayn shaklda qabul hay’ati tomonidan 2025-yil 25-iyundan 20-iyulgacha qabul qilinadi.📝 QABUL...
Подробнее
Bid’at tushunchasi, uning turlari va hukmlari
20.06.2025 20
Bid’at tushunchasi, uning turlari va hukmlari"Bid’at" so‘zi lug‘atda bir narsani yangitdan paydo qilish ma’nosini anglatadi."Bid’at"ning shar’iy istilohi – ta’rifiga keladigan bo‘lsak, ulamolar bu masalada bir xil fikrga ittifoq qilmaganlar. Mazkur...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry