-large.jpg)
“Shohnomayi Andalib” asari muqaddimasiga oid mulohazala
Mo‘yi muborak obidasini paydo bo‘lishiniнг uzoq tarixi bor. Islom olamida “Mo‘yi Muborak” degan atama bo‘lib, payg‘ambar Muhammad sallollohu alayhi vasallam sochlarini oldirgan vaqtlarida sahobalar bu muborak sochlarini yig‘ib yurganlar. Keyinchalik xalifalik turk sultonlari qo‘l ostiga o‘tgach, Makka va Madina kabi shaharlarda saqlanayotgan Payg‘ambarimiz sallollohu alayhi vasallamning sochlari, kiyimlari va boshqa ashyolari Istanbulning To‘pqopi saroyiga ko‘chirib olib kelinadi. Har zamonda turk xalifalari bu mo‘ylarni o‘zga yurtniнг podshohari yoki elchilariga hadya o‘laroq berib turganlar.
Qo‘qonga Mo‘yi Muboraklar bir necha marta kelgan. Eng dastlabkisi 1760- yillarda Qo‘qonning Sarmazor degan joyiga, ikkinchisi Marg‘ilon shahriga olib kelingan.
Ikkinchi marta 1832-yilda Muhammadalixonning Abdurahmon Sharbatdor va Ernazar Oxund degan elchilari turk sultonlari bilan yaxshi muzokaralar olib borganligi sabab sulton elchilarga bir necha mo‘ylarni tortiq qiladi. Abdurahmon Sharbatdor Eronda vabo kasalligidan vafot etadi. Ernazar Oxund mo‘ylarni Qo‘qonga olib keladi. Dastlab mo‘ylar Qo‘qonning “Madrasayi Oliy” degan joyiga qo‘yiladi. Lekin mo‘yni ziyorat qilgani kelgan ziyoratchilar сонининг кўплиги sababli mo‘ylarni kengroq joyga ko‘chirishga qaror qiladilar va Ovchi qishlog‘iga olib keladilar. Mo‘yni ko‘chirish jarayonida uni tobutga solib olib keladilar. Chunki bu mo‘ylar insonning bir qismi bo‘lib, go‘yoki mayyitni tobutga solgandek, ularni ham tobutga soladilar. Tobutni bir tarafidan Muhammad Alixon, boshqa tarafidan uning yaqin mulozimlari ko‘tarib olib keladilar. Qoratepa qishlog‘ida maxsus bino qurib ichiga yetti qavatdan iborat sandiqni qo‘yadilar. Bino eshigi sandiq qo‘yilganidan so‘ng, sandiq bu eshikdan chiqa olmaydigan qilib quriladi. [https://youtu.be/b5-exeRYMJk?si=-HhVSNZbapFhwy9o]
Sandiqlarning eng kattasi qolib, qolgan oltita kichik sandiqlar olib ketilgan. Katta sandiqni o‘g‘irlashga uringan kimsalar uni eshikdan chiqara olmaganlar. Yetti qavat sandiqning eng oxirgisiga, tilla va shishadan iborat maxsus idishga mo‘yni joylashtirganlar.
[ https://youtu.be/lxVE5ymUFQI?si=MULKytTqqjESWRT4]
Bizdin na gunoh bo‘ldi sodir,
Ummat elidinki jurm vofir.
Mo‘yi siri hazrati payambar,
Bizdin yuz o‘girdilar muqarrar.
Azl ayladilar bu mulkimizdin,
Ul ikki bo‘yligimizdin.
Ummatlarini qilib dil afkor,
Bizlarni visoliga qilibdilar zor.
Furqat o‘tida kabob aylab,
Ham kuyduribon turob aylab.
Devonalaring harob bo‘ldi,
Mo‘y hasratida kabob bo‘ldi.
[Shohnomayi Andalib, LB.,№ 596/II , 2Ҳ-varaqning a va b betlari]
Ushbu baytlardan muborak mo‘ylar shoir tiriklik chog‘larida Qo‘qondan olib chiqib ketilganligiga ishora bo‘lishi mumkin.
Qo‘qondagi mahalliy manbalarning xabar berishicha, Sovet ittifoqi davrida NKVDning maxsus xodimlari Sarmazordagi va Qoramozordagi mo‘ylarni olib ketganlar. Lekin bu mo‘ylar ruslarning qo‘liga o‘tib ketmasligi uchun Qo‘qondagi oliynasab kishilarning qo‘lida yaqin davrlargacha saqlanib kelganligi borasida ham ma‘lumotlar bor.
Har ikki holatda ham Rosululloh sallollohu alayhi vasallamning mo‘ylarini ko‘rish istagida bo‘lgan avom xalq mo‘yni ziyorat qilish baxtidan mahrum bo‘lganlar. Buni shoirning ushbu baytlari ham tasdiqlamoqda:
Devonalaring harob bo‘ldi,
Mo‘y hasratida kabob bo‘ldi.
Andalib “Shohnoma”ning xotimasida Buxoro amiri amir Nasrulloning Qo‘qondan o‘z qo‘shinini olib chiqib ketish sahnasini gavdalantirib, asar xotimasini shunday tarzda yakunlaydi:
Ketti boshimizdin ul falokat,
Boshdin oyog‘i edi kasofat.
Ho‘qandni xasratida ketti,
Oxir turubon yo‘lini tutti.
Ul qavmni sharridin Hudoyo
Saqla hammani o‘zing Ollohim.
Ko‘rsa tom yuzini buzadi bora,
Ko‘p qildi yuragimizni pora.
Vallohi a‘lam bissovab,
Tammatil kitabu biavni mulki abvob.
[Shohnomayi Andalib, LB.,№ 596/II , 18-varaqning b betlari]
Shoirning “Ketti boshimizdin ul falokat” degan so‘zidan shoirning maskani Qoʻqon bo‘lgani va shohnomaning muallifi bilan Nurmuhammad Andalibning ikki davrda yashab ijod qilgan ikkita alohida shaxs bo‘lganligi bizga ayon bo‘ladi.
Demak, sharq adabiyotida yaratilgan asarlarning muqaddima qismi adabiyot olamida alohida o‘rin tutgan bo‘lib, o‘quvchiga asarning umumiy mazmuni, asar muallifi, davrning adabiy va siyosiy jarayonlari borasida qimmatli ma‘lumotlar berishi mumkin. Ana shunday asarlar sirasiga adabiy- tarixiy qimmatga ega bo‘lgan “Shohnomayi Andalib” asarini ham kirgizish mumkin. Asarning birgina muqaddima qismining o‘zi ham o‘quvchiga asarning umumiy mazmuni, yozilish sababi, asar muallifi va tarixiy-siyosiy jarayonlar haqida muhim ma‘lumotlarni bera oladi.
Foydalanilgan adabiyot va manbalar:
- Зокиржон Шарипов Балоғат фани –T.: Мовауннаҳр, 2014.
- N.Mallayev.An‘anaviy muqaddimot haqida.O‘zbek tili va adabiyoti.1971,I-son.
- Ҳ.С.Кароматов. Ўзбек адабиётида Қурон мавзулари–Т, 1993.
- البيهقي في "دلائل النبوة" (5/489)
5. OʻzFA Sh, №596/II, “Shohnomayi Andalib”.
6. OʻzFA ShI,№696/I, “Shohnomayi Andalib”.
7.https://youtu.be/b5-exeRYMJk?si=-HhVSNZbapFhwy9o
8. https://youtu.be/lxVE5ymUFQI?si=MULKytTqqjESWRT4
Xadichayi Kubro madrasasi o‘qituvchisi: Maxamatxonova Muxlisa
Другие новости

-middle.jpg)
-middle.jpg)