18.02.2025
161

NECHАKIM HАQ BILMАKI АQIDАDINDUR (1-QISM)

Sheʼriyat sultoni deya nom qozongan hazrat Navoiy islom olamida ham zabardast olimlar qatorida koʻplab asarlari bilan qalam tebratganliklariga birgina “Siroj ul- muslimin” asarlari ham yorqin dalil boʻladi. 

 Asarning asosiy qismida hazrat Alisher Navoiy oʻzlari aytganlaridek, dastavval aqoid hamda shariat hukmlari sharhiga toʻxtalganlar. Bunda shoir islom ahkomi ikki qism: aqida va amal (shariat)dan iborat deb yozar ekanlar, aqida pok boʻlmasa, amalning ahamiyati yuqori boʻlmasligini taʼkidlaydilar.

Buyuk islom olamidagi toʻrtta ahli sunna val jamoa mazhabining eng zabardast faqihlaridan boʻlgan Imom Abu Hanifa rahimahullohu alayhi hazratlari aqida ilmida ham oʻzlarining “Fiqh-ul Akbar” asarlarini yozib, bu ilmga ham oʻzlarining ulkan hissalarini qoʻshganlar. Biz bu oʻrinda mana shu ikki asarni muqoyasa qilar ekanmiz, hazrat Abu Hanifa rahimahullohning bayonlarini ham keltirib oʻtamiz.

NECHАKIM HАQ BILMАKI АQIDАDINDUR

Ya`ni, Haq deb bilmoq aqidadan boʻlgan bir necha narsalar bayoni

Yana bilkim, aqoiyid ichra mutlaq,

Necha ish keldi bilmak kerak haq.

Ya`ni, shularni bilki, aqoidda mutlaq haq deb bilish kerak boʻlgan narsalar bor.

Azobi qabr erur kufr ahli xosiy,

Yana din ahlidin baʼzi boʻlsa osiy.

Ya`ni, qabr azobi kufr ahliga xos, va yana shuningdek, baʼzi gunohkor din ahli ham

Yana ikki malakningdur savoli,

Yana ham Roʻyatulloh ehtimoli[1].

Ya`ni,  yana ikki farishta (Munkar va Nakir) savolga tutmogʻi, Аllohni koʻrmoq ham haqdir.

Yana haq bir sirotu, yana mezon,

Yana doʻzax, yana firdavsi rizvon.

Ya`ni, Sirot (koʻprigi) va mezon, doʻzax va jannat ham haqdir.

Shafoat anbiyodin ham erur haq,

Muhammad barchaning sarxayli mutlaq.

Ya`ni, Paygʻambarlarning shafoati haq erur, shubhasiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam barcha (maxluqotlar)ning mutloq sayyididir.

Yana haq keldi eʼjoz anbiyogʻa,

Aningdekkim, karomat avliyogʻa.

Ya`ni, Paygʻambarlarga moʻjiza berildi, xuddi shuningdek valiy zotlarga karomat hosil qilindi.

Yana bilgil aqoid ichra mahsub,

Ki, boʻlmas eldin amru nahiy maslub.

Ya`ni,  barcha (muslim va muslimalar)ning zimmasida amri maʼruf va nahyi munkar sobitdir, soqit boʻlmas. Bu ham aqoidga doxil hukmdir.

Yana kufr anglagʻil tasdiqi kohin,

Nechukkim, Tengridin maʼyusi emin.

Ya`ni, yana bilki, kohinni tasdiqlamoq kufrdir. Chunki bu Аllohdan noumid boʻlishdir.

Bu bobda esa hazrat Navoiy islom aqidasidagi – qabr azobi, qabrdagi savol-javob, sirot koʻprigi, tarozi, doʻzax, jannat, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam shafoati, nabiylar moʻjizalari, avliyolar karomati haq ekanini taʼkidladilar, hamda kohinni tasdiq etish kufr ekanini ham aytib oʻtdilar.

Xadichai Kubro ayol-qizlar o`rta 

maxsus  islom ta`lim muassasasi 

o`qituvchisi, ToshDO‘TAU II-kurs 

doktoranti Gulruh Kenjaboy Mirzo qizi

 


 

[1]A.Navoiy. “Siroj ul-muslimin”. – Toshkent: Fan.2000.- B. 6.

Другие новости

Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi
19.12.2025 7
Gunohlarning katta va kichik guruhlarga tasniflanishi Insonni yo‘qdan bor qilgan va mavjudodlari ichida mukarram aylagan zot -Alloh taolodir. Alloh taolo insonga ham aql, ham nafs istaklarini bergan. Nafsi aqlidan ustun...
Подробнее
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari
18.12.2025 7
Hidoya asaridagi dalil keltirish uslublari“Hidoya” asarini mutolaa qilgan kishi biror fiqhiy masalaga Imom Marg‘inoniy boshqa faqihlar kabi Qur’oni Karim, sunnat, sahobalarning osorlari, ijmo, qiyos, istehson kabi bir nechta dalillar keltirganining...
Подробнее
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni
17.12.2025 8
Rofiziy firqasining imomat masalasi bayoni Islom dini - insoniyat tarixida eng buyuk ma’naviy uyg‘onish harakatlaridan biri bo‘lib, uning asosiy manbalari Qur’oni karim va Rasululloh Muhammad (sollallohu alayhi vasallam)ning sunnatlaridir. Tarix...
Подробнее
Мы в соц сетях

Наши контакты

Телефон: +998 (71) 248-47-52
E-mail: xadichai-kubro@umail.uz
Адрес: Toshkent shahar, Olmazor tumani, Fayziobod ko'chasi, 1-uy
©2025 All Rights Reserved. This template is made with by Cherry